2023 yil son Buxoro shaxri Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 9- va 11-sinf bitiruvchilarining yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish to’grisida
Download 19.77 Kb.
|
имтихон буйруги 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUYURAMAN : I.
- Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori : X.Xusenov
- 9-sinf uchun
- 11-sinf uchun
- Markaz direktori: X.M.Xusenov
«____»________2023 yil ________-son Buxoro shaxri Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 9- va 11-sinf bitiruvchilarining yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish to’grisida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab Ta’limi vazirining 2023-yil 6-martdagi 46-sonli “2022-2023-o’quv yilida mumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida “gi buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida BUYURAMAN : I. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab Ta’limi vazirining 2023-yil 6-martdagi 46-sonli “2022-2023-o’quv yilida mumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida “gi buyrug’i ijro uchun qabul qilinsin. II. Buxoro olimpiya va paralimpia sport turlariga tayyorlash markazida 2022-2023-o’quv yilida 9- va 11-sinf bitiruvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari yuqori saviyada, shaffof, adolatli va o’z muddatida o’tkazilishi nazoratga olinsin. III. Markazda o’quv mashg’ulotlari 2023 –yil 25-mayda tugallanishi belgilab qo’yilsin. IV.O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari K.Obidovga: - Markaz o’quvchilarining Davlat Ta’lim Standartlari asosida egallashi lozim bo’lgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan o’tkazish maqsadida 9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari ilovaga muvofiq belgilangan fanlardan tashkil etilsin; -2022-2023-o’quv yilida umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini o’tkazish bekor qilinsin; -Markaz 9- va 11-sinf o’quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 2023-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin (“Jismoniy tarbiya” fani bundan mustasno) ; -Umumta’lim fanini bilish darajasi to’g’risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fani bo’yicha kamida B-1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo’lgan o’quvchilar yakuniy davlat nazorat imtihonining muayyan fanidan ozod qilinsin; -Markazning 9-sinf o’quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2023-yil 1-6-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida o’tkazilsin; -Yakuniy nazorat imtihonlari o’tkaziladigan fanlarning ro’yxati, imtihon o’tkazish shakllari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin V. Buyruq ijrosining nazorati o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari K.Obidov zimmasiga yuklatilsin. Asos: O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab Ta’limi vazirining 2023-yil 6-martdagi 46-sonli “2022-2023-o’quv yilida mumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida “gi buyrug’i Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori : X.Xusenov 1-ilova
Izoh: - 9- va 11-sinfda har bir o’quvchining ixtiyoriy tanloviga ko’ra tanlov ( variativ) fanlarida biri yakuniy davlat attestatsiyasi o’tkazilishidan bir oy oldin o’quvchining arizasiga ko’ra tanlanadi; -9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may, Ona tili va adabiyoti fanidan -26-may, Matematika fanidan -30-may kunlari bitiruv imtihonlari o’tkaziladi. -11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan 29-may, Matematika fanidan -1-iyun kunlari bitiruv imtihonlari o’tkaziladi. Markaz direktori: X.M.Xusenov Download 19.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling