Savol: Uni nima ekanligini toping.
Javob: Uglerod.
Izoh: Olmos, grafit uglerod elementidan tashkil topgan, ya’ni bular uglerodning allotropik ko‘rinishi. Uglerod organik moddalar asosidir.
Manba:
1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Uglerod
2. 9-sinf Kimyo darsligi 47-bet.
9. U turli jarohatlarga va hattoki inson o‘limiga sababchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Uni o‘tkazmay, yakkalab qo‘yish uchun shisha, rezina, sopol kabi moddalardan foydalaniladi.
Savol: U nima ekanligini yozib bering.
Javob: Elektr toki.
Izoh: Yuqoridagi materiallar elektr tokini o‘tkazmaydigan dielektrik – “o‘tkazmas”lar hisoblanadi. Ulardan izolyator – “yakkalantiruvchi” tayyorlanadi.
Manba: Fizika. 8-sinf. 7-bet.
10. Bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkinchi modda molekulalarining birinchi moddaga o‘zaro o‘tishi shunday ataladi. Misol uchun, atir sepilganda uning hidini xona bo‘ylab tarqalishi, paketli choyning issiq suv bilan aralashishi kabi.
Savol: Bu jarayon qanday atalishini bir xorijiy so‘z bilan toping.
Javob: Diffuziya.
Izoh: Diffuziya deb o‘zaro tutashgan bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkinchi modda molekulalarining birinchi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi.
Manba:
1. 6-sinf Fizika. 24-bet
2. https://futurenow.com.ua/ru/dyffuzyya-vokrug-nas-prymery/
11. Ushbu mamlakat Buyuk Britaniya, Italilya yoki Yaponiya kabi mamlakatlardan hududi katta bo‘lsa-da, aholi soni bu mamlakatlardan kamroq. Bunga sabablardan biri – mamlakat hududining 50 foizidan ko‘prog‘i cho‘llardan iboratligi.
Savol: Hududi sharqdan g‘arbgacha 1 400 kilometrdan uzoqqa cho‘zilgan Osiyoda joylashgan ushbu mamlakatni toping.
Javob: O‘zbekiston.
Manba:
1. Geografiya 7-sinf darsligi 79-bet.
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сельское_хозяйство_Узбекистана
12. O‘zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev vatanimiz tarixidagi ko‘plab buyuk insonlar portretini yaratgan. Misol uchun, uning Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk siymolar portretlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |