2023 yilning 1-mavzusi
Download 366.38 Kb.
|
., [25.05.2023 14:16] 2023 yilning 1-mavzusi INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM – YANGI O‘ZBЕKISTONDA USTUVOR YO‘NALISH Davlatimiz rahbari Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida yakuniga yetayotgan yilni sarhisob etdilar. Shuning barobarida kelgusi yilda mamlakatimizni taraqqiy ettirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdilar. Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o‘zgarishi kerakligini, «Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat» degan g‘oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga, kundalik hayotimizga singdirishimiz kerakligini alohida ta’kidladilar. Avvalambor, ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qildilar. Bu borada Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, hukumatning ish uslubi tubdan takomillashtirilishi, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 taga kamaytirilishi ko‘zda tutilgan. Davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 30–35 foizga qisqartirilib, iqtisod qilinadigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarga yo‘naltiriladi. «Imom Moturidiy bobomizning: «El-u yurt bilan hamdard bo‘lib yashagin, toki xalq hamisha sen bilan birga bo‘lgay», degan hayotiy hikmati har bir vazir, har qaysi rahbarning ongi, qalbi va harakatida muhrlanishi lozim», – deya ta’kidladilar Yurtboshimiz. Ikkinchi yo‘nalish, Yangi O‘zbekistonni «ijtimoiy davlat» tamoyili asosida qurish maqsadini o‘z ichiga oladi. Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash kelgusi yilda eng asosiy vazifalardan biriga aylanadi. Jumladan, boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchilarning maktabdan o‘zbek tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishiga, ularda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakl¬lantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Maktab ta’limi xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilinadi. 2023-yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 ta maktab kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelgusi besh yilda ularning soni mingtaga yetkaziladi. Hozirda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 70 foizni tashkil etmoqda. Kelgusi besh yilda ushbu qamrovni 80 foizga yetkazish, buning uchun 600 ming yangi bog‘cha o‘rni barpo etish rejalashtirilmoqda. Prezidentimiz so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalari 2,5 barobar ko‘payib, 198 taga yetgani, qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga oshganini qayd etdilar. Bu ko‘rsatkichlarni yanada ko‘paytirish ko‘zda tutilayotganini, lekin ta’lim sifatini oshirishga har bir oliygoh o‘zi harakat qilishi lozimligini ta’kidladilar. Salomatlik – tuman boylik. Yangi yilda bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasiga o‘tish jarayoni boshlanib, keyinroq bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi. Kelgusi ikki yil davomida oilaviy poliklinikalar va shifokor punkt¬lariga eng kerakli uskuna va jihozlar yetkazib beriladi, ekspress laboratoriyalar to‘liq yangilanadi. Ushbu yo‘nalishdan xalqimizning sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan yana bir qator tashkiliy chora-tadbirlar o‘rin olgan. Mahalla institutining tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, ma’rifat va tarbiya qo‘rg‘oni sifatidagi nufuzini oshirish borasida ham muhim yangiliklar amalga oshiriladi. Jumladan, «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi. Natijada har bir mahalla o‘zining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega bo‘ladi, boshqa ijtimoiy muammolarini mustaqil ravishda hal eta oladi. ., [25.05.2023 14:16] 🔤Uchinchi yo‘na¬lish, inson huquq va erkinliklarini ishonch¬li himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati ekanligi belgilandi. Ushbu yo‘nalishning ayrim jihatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish prokurordan sudga o‘tkaziladi. Tergovning faoliyati shaxsni ayblashga emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlashga yo‘naltiriladi. Yurtboshimiz bu boradagi yana qator dol¬zarb vazifalarni belgilab berar ekanlar: «Hech kimning unu¬tishga haqqi yo‘q – qonun talablari va inson huquqlari – biz uchun oliy qadriyat», – dedilar. To‘rtinchi yo‘nalishga ko‘ra tabiatni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda har bir mahalla aholisining amaliy harakatiga aylanadi. Jumladan, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar yanada kuchaytiriladi. Beshinchi yo‘nalish, ya’ni erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ham muhim vazifalar belgilab berildi. Jumladan, kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratiladi. Tadbirkorlarga subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar esa toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo‘ladi. Bu yil qish mavsumida elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar aholiga birmuncha qiyinchiliklar keltirib chiqardi. Ana shu muammolarni hal etish choralari ko‘rilyapti. Kelgusi yilda 4,5 ming megavattli 11 ta yirik loyiha yakuniga yetkaziladi. Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dastur qabul qilinadi. Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish yo‘nalishidagi rejalar ham ulkan. Shuning hisobiga umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyiha amalga oshiriladi. «Kelgusi yili katta xususiylashtirishni boshlaymiz, mingga yaqin korxona savdoga chiqariladi. Bugun ko‘nglimdagi bir niyatimni sizlarga ochiq aytmoqchiman. Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin. Shu¬ning uchun topshiriq berdim: kelgusi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi», – dedilar davlatimiz rahbariyati mamnuniyat bilan. Prezidentimiz milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish, millatlararo do‘stlik, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik, ijtimoiy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirish borasida to‘xtalib: «Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz», – dedilar. Xullas, kelgusi yilda respublikamizni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishib chiqar ekanmiz, insonga e’tibor va sifatli ta’lim eng ustuvor yo‘nalish ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Prezidentimiz: «Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir», – deya ta’kidlaganlari bejiz emas. Bobomurod TOSHЕV. 📌Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/3754)📌Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/320)📌ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1597)📌Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/321)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/322)🟢 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular 🟢 (https://t.me/c/1236166091/3753) ., [25.05.2023 14:16] 2-mavzu MILLIY ARMIYAMIZ – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONIDIR Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari bugun mustaqilligimiz, davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilishning muhim tayanchi, kafolatiga aylandi. Zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlangan, ixcham, tezkor va professional armiyamiz Vatanimizning mustahkam qalqonidir. So‘nggi yillarda harbiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi, harbiy tuzilmalar¬ning tarkibi va vazifalari chuqur qayta ko‘rib chiqilib, qo‘shinlarni boshqarish tizimi takomillashtirildi. 2018–2021-yillarda qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash va harbiy texnikalarni ta’mirlash, modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dastur doirasida qator muhim loyihalar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda milliy armiya¬mizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarda «Inson qadri uchun» ta¬moyili markaziy o‘ringa qo‘yilmoq¬da. Shu asosda barcha harbiylar¬ning xizmatlarini munosib qadrlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlanti¬rish, oilasi va farzandlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Quvonarli jihati, ushbu sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, O‘zbekiston mudofaa tizimi xalqaro miqyosda yetakchilar qatorida e’tirof etilmoqda. Xususan, «Global Firepower» tashkiloti tuzgan yangi reytingga ko‘ra, dunyo¬ning eng kuchli armiya¬lari qatorida O‘zbekiston armiyasi 55-o‘rinni egalladi. 142 ta davlat armiyalari joy olgan reytingda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Markaziy Osiyo mintaqasida peshqadamlikka erishgan. Xalqimiz va harbiylarning hamjihatligi mustahkamlanmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Armiya va xalq – bir tan-u bir jon» degan ulug‘vor g‘oya qanchalik xalqchil hamda yoshlar ta’lim-tarbiyasida nihoyatda samarali ekanligi amalda o‘z ifodasini topayotir. Shubhasiz, mamlakat mudofaa¬sini tashkil qilishda Qurolli Kuchlarimizning ajralmas qismi hisoblangan Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi harbiy tuzilmalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, nisbatan katta shaxsiy tarkibga ega, mamlakatdagi muhim obyektlar xavfsizligi ishonib topshirilgan Qorovul qo‘shinlari, Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari ana shunday harbiy tuzilmalar sirasidandir. Mazkur qo‘shinlarda xizmat qilayotgan harbiylar xizmati davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etib kelinmoqda. Fidoyi xiz¬mati, ko‘rsatgan jasorati uchun ko‘plab harbiy xizmatchilar davlat mukofot¬lariga sazovor bo‘lish¬moqda, vazirlikning «A’lo xiz¬matlari uchun», «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun», «Qo‘shin a’lochi¬si» ko‘krak nishon¬lari va boshqa mukofotlar bilan rag‘batlantirilyapti. Masalan, o‘tgan yili birgina Qoro¬vul qo‘shinlari harbiy xizmatchila-ridan 68 nafari «Qo‘shin a’lochisi», 29 nafari «Benuqson xiz¬matlari uchun» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Xuddi shuningdek, Prezidentimizning farmoniga muvofiq, bir guruh harbiy xizmatchilar «Shon-sharaf», «Mardlik» ordenlari, «Sodiq xizmatlari uchun», «Shuhrat» medallariga munosib ko‘rildi. Bundan tashqari, Qorovul qo‘shinlari shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish maqsadida harbiy xizmatchilarga imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun 373 ta xonadon ajratildi. Uy-joy bilan ta’minlanmagan harbiy xizmatchilarga esa ijarada turganlik uchun kompensatsiya pullari to‘lab berilmoqda. Ortda qolgan 2022-yilda xalqaro sport musobaqalarida katta natijalar qo‘lga kiritildi. Masalan, 21–26-iyul kunlari Qirg‘izistonda sportning «Usmonov Kombat sistems» turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 3-darajali serjant Yahyoxon Yusupov va oddiy askar Aziz Muydinov barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lishdi. 26–30-may kunlari poytaxtimizda universal jang bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Dunyo¬ning o‘ttizdan ortiq davlatlaridan qatnashgan 700 nafarga yaqin sportchilar orasida Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari – kapitan Jamol Amonov va kichik serjant Jasur Daminov o‘z vazn toifalarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. ., [25.05.2023 14:16]
Umuman olganda, vazirlik harbiy tuzilmalarida sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar, intellektual o‘yinlar o‘tkazish, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar, intensiv sinovlarni tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan. Bundan tashqari, «Ma’naviyat marshruti» loyi¬hasi doirasida harbiy xizmatchilarning tarixiy obidalar, madaniy obyektlar, muzey va ziyoratgohlarga tashriflari ham muntazamlik kasb etmoqdaki, Vatan himoyachilarining bilim va ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘layotir. 2022-yilning 12–15-sentabr kunlari Forish tumanidagi tog‘ dala-o‘quv maydoni bazasida Qorovul qo‘shinlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning «Eng ilg‘or batalon komandiri» nominatsiyasida 7534-sonli harbiy qism ta’minot bataloni komandiri, mayor Orifjon Rasulov, «Eng ilg‘or vzvod komandiri» nominatsiyasida 7531-sonli harbiy qism 3-bataloni 7-o‘qchi vzvod komandiri, kapitan Abdulaziz Jo‘rayev, «Eng ilg‘or guruh komandiri» nominatsiyasida 7535-sonli harbiy qismning maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi 1-jangovar guruhi komandiri, katta leytenant Do‘styor Po‘latov, «Eng ilg‘or serjant» nominatsiyasida 7534-harbiy qism 1-bataloni boshqaruv guruhi komandiri – qorovul boshlig‘i, katta serjant Sherali Vosiyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shu o‘rinda Ichki ishlar vazirligi tizimida shaxsiy tarkibda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilayotganini alohida qayd etish joiz. Shu maqsadda ichki ishlar organlarida «Vatanparvarlik burchaklari» tashkil etilgan, «Vatanparvarlik oyligi» doirasida ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazil¬yapti. Bunday chora-tadbirlar yurt posbonlari, ayniqsa, yosh xodimlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, bugun har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz bor. Vatan himoyachilari tom ma’noda, xalqimiz, mamlakatimizning ishonch¬li va mustahkam qalqonidir. Shu ma’noda, harbiyla¬rimiz, armiyamiz xalqimizga qancha yaqin bo‘lsa, davlatimiz ham shuncha qudratli bo‘ladi. Qudratli davlatni esa hech qanday kuch yenga olmaydi. Kamol OLLOYOROV,
📌Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/324)📌Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/325)📌ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1599)📌Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/325)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/327)🟢 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular 🟢 (https://t.me/c/1236166091/3753)⚫️2022 йил барча мавзулар / 2022 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/2808)⚫️ ., [25.05.2023 14:16]
Davlat tili – birligimiz, borligimiz ramzi Til – millat ko‘zgusi. Uning ta’rifini dunyodagi eng buyuk zot – Ona nomi bilan birga ta’kid etamiz. Aslida ham shunday. Murg‘aklikdan qalbimizga eng ezgu fazilatlar ona allasining sehrli ohanglari, ona tilimizning betakror jozibasi bilan oqib kirib, jismi jonimizga, ruhimizga singadi. O‘z tilini yo‘qotgan inson esa o‘zligini yo‘qotishi tayin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu bois, o‘zbek tili davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi kabi qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori e’zoz va ehtiromda. Tarixga nazar solsak, o‘sha kezlarda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadam edi. Shukrki, o‘tgan yillar mobaynida o‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari birlashtiradigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqib ulgurdi. Ayniqsa, keyingi yillarda davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Tegishli qonunlarga asosan reklama va targ‘ibot materiallarini davlat tilida e’lon qilish tartiblari hamda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda o‘zbek tilini bilish darajasi bo‘yicha aniq talablar belgilandi. Shu o‘rinda ona tilimizga bo‘lgan e’tibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etganligini aytib o‘tishimiz joiz. Xususan, ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy «Xalq orasidan chiqqan iste’dod ahli salohiyat va qobiliyatlarini o‘z tillari turganda o‘zga til bilan zohir qilmasalar va ishga solmasalar edi. Agar ikkala tilda ijod etish qobiliyatlari bo‘lsa, o‘z tillarida ko‘proq yozsalar edi», deya ona tilimiz taqdiri uchun kuyungan. Ayni paytda haqiqiy millatparvar shoir sifatida o‘zbek tili va adabiyotimizning nechog‘lik boy, rang-barangligi va cheksiz imkoniyatlarini butun ijodi va serqirra faoliyati bilan isbotlab, uning nufuzini jahon miqyosiga olib chiqa olgan. Shuningdek, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi haqida qayg‘urgan ma’rifatparvar bobolarimizdan biri bo‘lgan Mahmudхo‘ja Behbudiyning «Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur», degan purma’no fikrlarini eslaylik. Bugungi globallashuv, dunyo xalqlarining turmush tarzi tobora yangicha umumiylik kasb etgan bir davrda bu so‘zlarning zalvori ikki hissa ortdi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki tilimiz taraqqiy etish barobarida, yangi so‘zlar kirib kelmoqda. Misol uchun, pitsa, hotdog, lavash, shaurma, millenium kabi so‘zlar kundalik turmushimizda so‘zlashuvimizga singib ulgurdi. Bunda tilshunoslarimiz ona tilimizning jonkuyarlari sifatida, uning lug‘at xazinasini boyitish va tozaligini ta’minlash, leksik me’yorlarning muntazamligiga erishishda o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlariga tayanish kerakligini, o‘zbek tilining o‘z qonuniyatlari asosida yangi so‘zlar yasash, u yoki bu sababga ko‘ra iste’moldan chiqqan qadimgi va eski turkiy so‘zlarni tiklash, tilimizning teran tomirlari bo‘lmish shevalardan so‘z olish maqsadga muvofiqligini ta’kidlashadi. Masalan, «raport» so‘zining o‘zbekcha muqobili sifatida «bildirgi» so‘zi yasaldi va adabiy tildan joy oldi. Yoki «rayon» so‘zi avval «nohiya» so‘zi bilan almashtirildi, ammo leksik me’yor maqomini olmadi. Keyinroq eski o‘zbek tilidagi «tuman» so‘zi iste’molga kiritildi, u faol lug‘atimizda o‘z o‘rnini topdi. ., [25.05.2023 14:16]
Biz bugun bir haqiqatni unutmasligimiz lozim. O‘zbek tili ayni damlarda ko‘p millatli xalqimizni yuksak ma’rifatli jamiyat barpo etishdek ezgu maqsad yo‘lida jipslashtiruvchi, yurtdoshlarimiz qalbiga yagona Vatan, umumiy farovon kelajak tuyg‘usini singdirishda alohida ahamiyatga ega. Uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, boyitib borish ozodligimiz, erkin va farovon hayotimizni asrash bilan barobardir. XX asr boshida yashab ijod qilgan, o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillaridagi so‘zlarni o‘z ichiga olgan bebaho lug‘at kitobini yaratgan ma’rifatparvar bobomiz Is’hoqxon Ibratning «Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu Vataniy ishdir», degan hikmatli so‘zlari biz uchun muhim dasturilamal, hayot yo‘limizni yoritadigan mayoq bo‘lib xizmat qilishi kerak. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, dunyoda o‘zbek tili borligi uchun o‘zbek degan millat bor, o‘zbek degan millat borligi uchun O‘zbekiston degan davlat bor. Mustaqil yurtimizning davlat tili bo‘lgan o‘zbek tili birligimiz, borligimiz ramzidir. Gulnoza TURG‘UNBOYEVA 📌Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/c/1236166091/3779)📌Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/328)📌ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1602)📌Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/329)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/330)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ⏺2022 йил барча мавзулар / 2022 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/2808)⏺ ., [25.05.2023 14:16]
JADIDLAR JASORATI – MILLATIMIZ FAXRI Yuqoridagi fikr milliy uyg‘onish va millatparvarlik harakatining oldingi saflarida turgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Is’hoqxon Ibrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin kabi yuzlab fidoyi insonlarning ulug‘ xizmati va ezgu intilishlarini nazarda tutib aytilgandi. Darhaqiqat, taraqqiyparvar jadidchilar XIX asr oxiri va XX asr boshida Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shib olinib, xomashyo bazasiga aylantirilgan, iqtisodiy-madaniy inqiroz yoqasiga kelib qolgan Turkistonning yangilikka tashna islohotchilari edi. Ular mustamlakaga aylangan o‘lkaning taraqqiyotdan ancha ortda qolganini zakiylik bilan ko‘ra olgan, Turkistondagi ichki nizolar, eskicha idora usullari xalq xo‘jaligi va umumiy rivojlanishga ulkan zarar yetkazayotganini o‘z vaqtida anglab yetgan va bu qoloqliklarni bartaraf etish uchun ilmga, ta’limga katta e’tibor qaratish lozimligini ayta olgan vatanparvar ziyolilar edi. Jadidlar aql-zakovatda favqulodda yuksak maqomga ega edi. Chunki taraqqiyparvar ziyolilarning deyarli barchasi diniy va dunyoviy ta’lim sohibi bo‘lgan. Masalan, Behbudiy muftiy, Munavvarqori imom, Ibrat qozi bo‘lgan. Ehtimol, shuning uchun ham jadidlarning islohotlari negizida Qur’oni karim va hadisi sharif birinchi o‘rinda turgan. Ular Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Navoiy, Jomiy, Bobur, Fuzuliy, Munis, Ogahiy she’riyati, o‘rta asrlarda yaratilgan falsafiy risolalarni ham o‘qib va uqib olishgan. Jadidlar o‘z bilimini jahon madaniyatining ilg‘or yutuqlari bilan boyitishga intildi. Jumladan, Abdulhamid Cho‘lpon «Ulug‘ hindiy» nomli maqolasida Rоbindranat Tagor ijodida hind ruhi va g‘arb uslubi uyg‘unlashganini qadrladi. Fitrat «Munozara» asarida o‘lkadagi ahvolga xorijlik olim nazari bilan qarab, optimal yechimlar qidirdi. Behbudiyning «Bir til emas, to‘rt til kerak» nomli maqolasida jadidlarning til haqidagi konsepsiyasi o‘z ifodasini topdi. Bularning barchasi, jadidlar dunyo madaniyatini bag‘rikenglik bilan qayta o‘zlashtirish tarafdori bo‘lganini ko‘rsatadi. Ziyolilarimiz bog‘chasaroylik Ismoil Gaspiralining «Vaqt» va «Sho‘ro» gazetalaridan turkiy birdamlik, maktab, ma’orif sohasidagi yangiliklar, dunyoda kechayotgan jarayonlar haqidagi axborotlarni o‘qib o‘rganishdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy I. Gaspirali bilan uchrashdi, Ismoilbek Buxoroga kelib, nainki jadidlar, balki amir bilan ham yangi maktab va maorifning ahamiyati xususida suhbatlashdi. Bunday aloqalar o‘lkamizda milliy matbuot va yangi maktablarning vujudga kelishiga samarali ta’sir etdi. Ta’kidlash o‘rinliki, Said Azimboyev, Mirkomilboy kabi o‘ziga to‘q kishilar «Xurshid», «Shuhrat», «Osiyo», «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona», «El bayrog‘i», «Kengash», «Turon», Hurriyat», «Najot», «Buyuk Turkiston», «Tujjor», Oyina» singari gazeta va jurnallarga homiylik qilishdi. Jadidlar mamlakatni qoloqlikdan chiqarishni ma’rifat va turkiy xalqlar birligida deb bilishdi. Ular maktab, maorif, kutubxona, qiroatxona, matbuot, teatr, adabiyot va san’atdan siyosatga o‘tib, ommaviy ta’sir etish, bilimsizlik va jaholatga qarshi kurashishda xalq ongida fikriy-hissiy inqilob yasashdi. Binobarin, ular o‘z o‘tmishdoshlaridan ancha ilgarilab ketgan yangi avlod edi. Bunday hol Qozog‘istondagi «Alash O‘rda» harakati (keyinchalik «Alash O‘rda» hukumati) faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘ldi. Shubhasiz, bu jarayon Cho‘qon Valixonov, Oltinsarin, Abay Qo‘nonboyev singari ma’rifatparvar ziyolilar ijodi va faoliyati ta’sirida vujudga keldi. Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan Mustafo Cho‘qay (Cho‘qayev) «Birlik tug‘i» gazetasi muharrirligidan Munavvarqori Abdurashidxonov yetakchilik qilgan «Sho‘roi islom» harakati faollaridan biri va Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri darajalarigacha ko‘tarildi. ., [25.05.2023 14:16] Kadrlar masalasiga katta ahamiyat qaratgan jadidlar «Xayriya jamiyati» ko‘magida ko‘plab Turkiston yoshlarini Turkiya, Germaniya, Saratov, Qozon kabi shaharlardagi nufuzli ilm dargohlariga o‘qishga jo‘natishgan. Maorif sohasida ta’limning yangi shakllarini yaratishdi va amaliyotga joriy qilishdi. Maktablarni darslik va qo‘llanmalar, o‘quv qurollari bilan ta’minlashdi. Ilg‘or texnologiyalar (grammafon, fotosurat, harakatli kino, tipografiya)ni o‘lkamiz hayotiga joriy qilishdi. Ayol-qizlarga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirib, oilada farzandlarni kamol toptirishda ularning iqtidor va salohiyatidan foydalanish zarurligiga ishontirishdi. Barcha ishlarni amalga oshirishda matbuotdan faol targ‘ibot-tashviqot minbari hamda teatrdan vositali ta’sir quroli sifatida barakali foydalanishdi. Anglashiladiki, o‘z davrining eng tashabbuskor islohotchi va fidoyi insonlarini birlashtirgan jadidchilik harakati XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Turkiston xalqlari manfaatlarini ifodaladi. Ming afsuski, jadid bobolarimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarini amalga oshirishga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yo‘l bermadi. Ma’rifat fidoyilari o‘sha davrning turli johil kimsalari tuhmat-malomatlariga duchor bo‘ldilar. Avval chor hukumati, keyinchalik sovet hukumati ularni ayovsiz quvg‘in va qatag‘on qildi. Shu tariqa, milliy uyg‘onish va taraqqiyot harakati el-yurtimiz uchun armon bo‘lib qoldi. Ma’lumki, millat madaniyati, tili, geografik hududi, iqtisodiy-madaniy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyligi asosida tarixan o‘zligini anglagan eldan vujudga keladi. Uning faxr-iftixor hissini tuyish va g‘ururlanishga arziydigan shonli tarixi, dunyo tamadduniga qo‘shgan salmoqli ilmiy, madaniy-ma’rifiy ulushi, ardoqlash va ibratlanishga loyiq ulug‘ siymolari bo‘ladi. Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida «Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur», deya ta’kidlanishi bejiz emas. Jadid ziyolilarimiz bilan haqli tarzda g‘ururlanish va iftixor tuyish hissi millatning ko‘ksini yuksaltiradi, ulug‘ maqsadlar yo‘lida dadil olg‘a intilishida madadkor kuch vazifasini o‘taydi. Jadidlar o‘lkamizda yashovchi barcha millatlarning ota-bobolari, onalari-yu momolari edi. Shu bois bu millatlarning dovyurak qahramonlari, fidoyilarining barcha ezgu harakat-intilishlari biz uchun hamisha mardlik va jasorat namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Islomjon YOQUBOV, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori. 📌Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/c/1236166091/3820)📌Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/331)📌ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1624)📌Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/332)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/333)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 5-mavzu ALISHЕR NAVOIY ASARLARIDA VATANPARVARLIK VA INSONPARVARLIK G‘OYALARI Alisher Navoiy turli xalq va millat vakillarini chin dildan sevgan, hurmat qilgan. Shu bois uning barcha asarlarida turli xalq, din, millat va elat vakillari qahramon darajasiga ko‘tarilgan. Masalan, Farhod xitoylik bo‘lsa, Shirin armani, Layli va Majnun arab, Bahrom fors, Iskandar yunon millatiga mansub edi. Buyuk mutafakkir, g‘azal mulki¬ning sultoni Alisher Navoiy ijodida vatanparvarlik va insonparvarlik, xalqlar, millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik mavzulari asosiy o‘rinni egallaydi. Shoir jahon xalqlariga murojaat etib, ularni bir-biriga ko‘makdosh, yelkadosh, hamkor va do‘st bo‘lishga chaqiradi: Olam ahli bilingizkim,
Navoiy insonning qanchalik buyuk xilqat ekani, uning sha’ni, obro‘-e’tibori hamisha ustun turishi lozimligini e’tirof etgan. Tarixiy manbalarda buyuk mutafakkir o‘zga yurtlardan panoh so‘rab kelganlarga boshpana bergani, o‘z hisobidan karvonsaroylar, xonaqohlar, maktab va madrasalar, shifoxonalar va muruvvat uylari barpo etgani yozib qoldirilgan. Shuningdek, u mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, o‘z hamyurtlarining huquq va manfaatlarini himoyalashga ham alohida e’tibor qaratgan. «Iligimdin kelgancha, zulm tig‘in ushotib, mazlum jarohatig‘a intixol malhamin qo‘ydum» deyiladi uning «Vaqfiya» asarida.
Mir Alisher Navoiy muhrdor, «amiri kabir» (bosh vazir), Astrobod hokimi lavozimlarida ishlagan paytlarida ham, adolat va insoniylik yo‘lidan borib, mamlakatda tinchlik, osoyishtalik, farovonlikni ta’minlashga hissa qo‘shdi. Shu bilan birga, ulug‘ mutafakkir adolatsizlik, jabr-zulm keng qanot yoygan, inson sha’ni, haq-huquqlari toptalgan joyda rivojlanish taraqqiyot bo‘lmasligini ham ta’kidlab o‘tgan: To hirs-u havas xirmani barbod o‘lmas, To nafs-u havo qasri baraftod o‘lmas, To zulm-u sitam jonig‘a bedod o‘lmas, El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas. Ya’ni, yurtda ochko‘zlik, badnafslik, tamagirlik, ado¬latsizlik barham topmas ekan, xalq farovonligi, odamlarning roziligi, mamlakat obodligini ta’minlab bo‘lmaydi. Navoiy mualliflik huquqiga ham e’tibor qaratgan. Jumladan, «Majolisun-nafois» tazkirasida Hirot shoirlari haqida so‘z yuritib, boshqalarning she’rini o‘zining ijod mahsuli sifatida o‘qib yurgan Anisiy taxallusli bir shoirni tanqid ostiga olgan. Bir rivoyatga ko‘ra, buyuk shoir yoshligida darveshdan eshitib, yodida qolgan quyidagi bir baytdan o‘z g‘azalida foydalanish uchun uni topib, uy-joy, maosh, ish bilan ta’minlagan ekan. Mana o‘sha bayt: Ko‘kragimdur subhning pirohanidin chokroq,
Shoir insonning ulug‘ligi, shu bilan birga, vatanparvarlik, xalqsevarlik g‘oyalarini ilgari surgan. Uning «Vatan tarkini bir nafas ay¬lama», degan baytlari ham bevosita Vatanni sevish, uni asrash, obod qilish shavqi bilan yashashga da’vat etadi. Navoiyning abadiyatga daxldor merosi, betakror asarlari nafaqat o‘zbek, balki butun bashariyatning bebaho ma’naviy xazinasiga aylangani rost. Bugungi kunda ul zotning umrboqiy asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan. Bu asarlardagi ezgulik, insonparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari, sadoqat, iymon-e’tiqod tarannumi butun insoniyatni birlikka, hamjihatlikka da’vat etib kelayotir. ., [25.05.2023 14:16] Gohida Navoiy asarlarini mutolaa qilish asnosida uning betimsol zakosi, idroki, uzoqni ko‘ra bilishini his etib, cheksiz hayrat girdobiga tushasiz. Nazarimizda, ul zot yuksak darajada taraqqiy etgan zamonamiz¬ning o‘ziga xos jihatlarini, hatto muam¬molarni besh yarim asr ilgari teran nigoh bilan ko‘ra olgandek. Alisher Navoiy nainki o‘z asarlari, balki ezgu amallari bilan ham el-ulusga ibrat ko‘rsatgani tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan. Ul zot yozganlarki: Fil bo‘lsa, agar hasming,
Ya’ni, dushmaning fil bo‘lsa ham, ziyon ko‘rmaslikni istasang, bu olamda pashshaga ham zarar yetkazmagin. Atrofga teranroq nazar solaylik. Har kuni o‘nlab begunoh insonlar maqsadsiz urush va nizolar, ziddiyatlar, harbiy harakatlarning qurboni bo‘layotir. Navoiy bobo-mizning asr¬lar osha yashab kelayotgan shoh satrlari uyg‘oq ruhning yangroq faryodidek jaranglaydi: Uning naqadar vatanparvar bo‘lgani, el-yurt manfaatini har doim o‘z manfaatidan ustun qo‘yganliklari ortiqcha e’tirofga muhtoj emas. Menga qilsa yuz jafo,
Ushbu baytda ham soflik, sami¬miyat va vatanparvarlik yaqqol ufurib turibdi. Bugun biz ilm-fan, texnika, axborot texnologiyalari yuksak darajada rivojlangan bir davrda yashayapmiz. Bu zamon har birimizdan ma’naviya¬timiz, milliy qiyofamiz, qadriyatlari¬mizni turli yot ta’sirlardan himoyalash, xususan, yoshlarimiz¬ning ongini turli illatlardan asrash, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashni taqozo etadi. Navoiy asarlarining yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning yorug‘ kelajagini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotir. Bu asarlarda ilgari surilgan sharqona odob-axloq, ibo va hayo, or-nomus, mardlik va jasorat, Vatanga sadoqat, ota-onaga hurmat, mehr-u muhabbat g‘oyalari bizning zamonamizda ham dol-zarbligicha qolmoqda. Shoir butun olam aslida insoniyat bilan go‘zal ekanini, shu bois bu sayyoraning har a’zosi imkon qadar uni obod etishi, buzg‘unchilik bilan emas, bunyodkorlik, yaratuvchanlik bilan uning farovonligini, oso¬yishtaligini ta’minlashi lozim: To bani Odam ila olam erur, Olam ichinda bani Odam erur. Adl ila olam yuzin obod qil, Xulq ila olam elini shod qil. Alisher Navoiy o‘zining oltmish yillik umri davomida mangulikka daxldor ishlarni amalga oshirdi. O‘lmas asarlar, dilbar she’rlar bitdi. Ona tilimizning shuhratini, beqiyos go‘zalligi va nafosatini yaqqol namo¬yon etdi. Umri davomida el-yurt g‘ami, quvonch va tashvishlari bilan yashadi. Butun insoniyatni o‘zidan yaxshi nom qoldirishga da’vat etdi: Bu olam ichraki,
Vaqt hamma narsadan ustun, u hech kimga bo‘ysunmaydi. Zamonlar, davr-u davronlar o‘taveradi. Lekin Alisher Navoiydek buyuk ajdodlarimiz yaratib qoldirgan bebaho ma’naviy xazinalar asrlar suroniga bardosh berib, yanada sayqal topib, qadr-qimmati oshib boraveradi. Biz esa Navoiy bobomizning nomi bilangina faxrlanib qolmasdan, ana shu xazinadan bahramand bo‘lib yasha¬mog‘imiz kerak. Navoiyni faqatgina bayramlarda, tavallud ayyomlarida emas, har kuni, har lahzada qalbimizda, ruhimizda yashatmog‘imiz zarur. Rustam JABBOROV,
📌Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/3833)📌Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/335) 📌ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1646)📌Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/337)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/338)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] BOBUR – MOHIR SARKARDA VA XALQPARVAR PODSHOH Otasi fojiali ravishda hayotdan ko‘z yumgach, Zahiriddin Muhammad Bobur 12 yoshligida mamlakat taxtiga o‘tiradi. Bu paytda temuriy shahzodalar o‘rtasida o‘zaro nizolar avjiga chiqqan palla edi. Bu ham yetmagandek, Umarshayx Mirzo saltanatidagi bir qancha beklar va hokimlar yosh hukmdorga bo‘ysunishni istashmaydi. O‘z amakisi va tog‘asi ham unga qarshi chiqishadi. Xullas, hukmdorligining dastlabki 2–3 yilini o‘zaro nizo va kelishmovchiliklarni bartaraf etishga, o‘z mavqeini mustahkamlashga sarflaydi. Lekin uning asl maqsadi bundanda ulug‘vorroq – bobosi Amir Temur saltanatini qayta tiklash edi. Buning uchun avvalo bir paytlar ulug‘ saltanatning poytaxti bo‘lgan Samarqandni egallash lozim deb hisoblardi. Shu maqsadda amalga oshirgan 1495–1496-yillardagi harbiy yurishlari muvaffaqiyatsiz kechadi. Nihoyat 1497-yilda 7 oylik qamaldan so‘ng Samarqandni qo‘lga kiritadi. Ammo turli iqtisodiy, harbiy va boshqa qiyinchiliklarga duch kelavergach, yuz kundan keyin shahardan chiqib ketadi. Bobur ikkinchi marta Samarqandni 1500-yilning kuzida egallaydi. Shayboniyxonning shaharda qoldirgan lashkari mahv etiladi. Ammo kelasi yil bahorida Shayboniyxon katta qo‘shin bilan bostirib keladi. 1501-yil aprelida bo‘lgan jangda Bobur Mirzo mag‘lubiyat alamini tortadi. Uning tug‘ma sarkardalik iste’dodi toj-u taxt uchun kurashlarda ana shunday biri-birini almashtirib turgan g‘alabalar va mag‘lubiyatlar orqali tobora toblanib boradi. Tug‘ma iste’dod deyishimizga sabab, uning tomirida temuriylar qoni oqardi. Tarixchi olim Baxtiyor Haydarov ta’kidlaganidek, uning otasi Umarshayx Mirzo Amir Temurning beshinchi avlodi bo‘lsa, onasi Qutlug‘ Nigorxonim Chingizxonning o‘n to‘rtinchi avlodi edi. 1501–1504-yillardagi kurashlardan so‘ng Bobur Mirzo ota yurtini tark etishga majbur bo‘ladi. Hisor tog‘lari osha Afg‘onistonga yo‘l oladi. Aynan sarkardalik mahorati va bu yerda yuzaga kelgan qulay siyosiy vaziyatdan to‘g‘ri foydalanishi tufayli G‘azni va Kobul shaharlarini egallaydi. 1507-yilda esa Hindistonga yurish qiladi. Dastlabki urinishi ko‘zlagan natijani bermaydi. 1519-yildan bu o‘lkani egallashga jiddiy kirishadi. Bir necha harbiy yurishlari muvaffaqiyatli kechadi. Nihoyat 1526-yilda Panipatda Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning 100 ming kishilik lashkarini 12 ming kishilik qo‘shini bilan yengib, bu shaharni qo‘lga kiritadi. Shu tariqa jangda g‘alaba qozonish uchun askarlar soni emas, harbiy san’at muhimligini isbotlaydi. Atrofidagilarning sadoqati, mardlik va jasorati ham unga yordam beradi. So‘ng Rano Sangoni mag‘lubiyatga uchratib, Shimoliy Hindistonning juda katta qismini egallaydi. Ushbu tajribali sarkarda bilan jang oldidan u otashin nutq so‘zlab, butun qo‘shinining ruhini ko‘taradi. Ushbu muhorabada to‘plarni ishlatadi. Shuningdek, «to‘lg‘ama», ya’ni dushman lashkarining qanotlarini aylanib o‘tib, qaqshatqich zarba berish usulini qo‘llaydi. Yovning jangovar fillari tomon Boburning navkarlari yondirilgan g‘ildiraklarni dumalatib yuborishadi. Otashdan cho‘chigan jonivorlar ortga burilib, yog‘iy askarlarini yanchib, qochishga tushishadi. Ana shu g‘alabadan so‘ng Bobur Hindiston zaminida ulug‘ saltanat barpo qiladi. Boburiylar bu o‘lkada 300 yildan ortiq, ya’ni inglizlar istilosigacha hukmdorlik qilishadi. Ayniqsa, Hindistonning taraqqiyotiga Bobur va uning avlodlari beqiyos hissa qo‘shishadi. Avvalambor, mamlakatni birlashtirib, markaziy hokimiyatni kuchaytiradi. Natijada o‘zaro urushlar barham topib, yurtda tinchlik-osoyishtalik hukm suradi. Bu esa madaniyatning, savdo-sotiqning rivoj topishiga qulay shart-sharoit yaratadi. ., [25.05.2023 14:16]
Bobomurod TOSHEV tayyorladi. 📌Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/3849)📌Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/339)📌ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1655)📌Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/340)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/341)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16]
DUNYODAGI GEOSIYOSIY VAZIYAT VA UNING O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI Tahlikali olam Bashariyat uchinchi ming yillikka qadam qo‘yganiga ham salkam chorak asr bo‘lyapti. Bu ming yillikda insoniyat jahon va ayrim mamlakatlarning taqdiri qanday kechadi, xalqaro munosabatlar qaysi yo‘nalishda rivoj topadi, mintaqaviy, etnik, diniy, milliy ziddiyatlar kundan-kunga ko‘payib borayotgan yer yuzida vaziyat qay tarzda bo‘ladi, degan savollar qarshisida turadi. Aytish joizki, siyosatshunoslar, tarixchilar, faylasuflar, futurologlar, astrologlar va boshqalar XXI asrda insoniyatni qanday taqdir kutayotgani haqida allaqachon o‘z farazlarini ilgari surishgan. Xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solayotgani ham ayon gap. Turli mojarolar, xunrezliklar jahonning qaysi mamlakatida ro‘y bermasin, bundan albatta ko‘nglimiz g‘ash tortadi. Ayrim mintaqalarda qon to‘kilayotgani, nizo va adovatlar avj olayotgani, millatchilik, shovinizm kabi xavfli ofatlar maydonga chiqayotgani, bir so‘z bilan aytganda, vaziyat tobora keskinlashib, xavf-xatarlar ortib borayotgani barchamizni tashvishlantiradi. O‘tgan asrdayoq asos solingan va bugungi kungacha unchalik jiddiy o‘zgarishlarga uchramagan geosiyosat davlatlararo aloqalarga, bu esa, o‘z navbatida, xalqaro munosabatlarga amaliy ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Har bir davlat o‘z milliy manfaatlarini ilgari surar ekan, bu bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda jahon darajasiga ko‘tarilmoqda, ichki va tashqi ziddiyatlarni, boshqa geosiyosiy vazifalarni hal etish uchun o‘z milliy xavfsizligi doktrinasi negizida ham xalqaro imkoniyatlardan, ham milliy imkoniyatlaridan hamda kuch-qudratidan foydalanishga harakat qilmoqda. Tarixga murojaat qilsak, o‘rta asrlardan to hozirgi zamonaviy dunyoda buyuk davlatlar, imperiyalar, strategik maqsadlar yo‘lida birlashadigan davlatlar ittifoqlari, boshqa jahoniy kuchlar xalqaro munosabatlar ruhi va dunyo siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab bergan va hamon belgilab bermoqda. Binobarin, o‘sha lider davlatlar bevosita yoki bilvosita o‘z azm-u irodasini boshqa davlatlarga zo‘rlab o‘tkazmoqdalar, jahonning geosiyosiy xaritasini tuzmoqdalar, davlatlararo boshqaruvchi va hakamlik vazifasini bajarmoqdalar va shu tariqa xalqaro tartib-taomillarni belgilab bermoqdalar. To‘g‘ri va maqbul yo‘l Xo‘sh, dunyodagi keskin geosiyosiy vaziyat va uning O‘zbekistonga ta’siri va mintaqadagi roli qanday? Mamlakatimiz Markaziy Osiyodagi muhim strategik ahamiyatga ega davlatlardan biridir. Birinchidan, O‘zbekiston mintaqadagi eng ko‘p aholi yashaydigan davlat. Bu holat uning mintaqadagi demografik ulushi ancha katta ekanligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, o‘zbeklar mintaqadagi eng ko‘p sonli millat hisoblanadi. Ikkinchidan, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan farqli o‘laroq, jahon miqyosidagi yirik davlatlarning birontasi bilan ham bevosita chegaradosh emas. Geosiyosiy nuqtai nazardan bu muhim ustunlikdir. Yurtimiz Markaziy Osiyoning o‘rtasida, qoq markazida joylashgan, besh davlat bilan chegaradosh bo‘lgan yagona davlatdir. Uchinchidan, davlatchilik, fan, madaniyat rivojlanishida sezilarli iz qoldirgan sivilizatsiya manzillari aynan shu hududda joylashgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon va Toshkent kabi shaharlar qadim madaniyat o‘choqlari sifatida e’tirof etiladi. Bu shaharlar Markaziy Osiyo va Yevroosiyoning boshqa hududlarida islom madaniyati markazlari bo‘lib kelgan. To‘rtinchidan, yurtimiz mintaqada eng rivojlangan iqtisodiy salohiyat, kommunikatsiyalar infratuzilmasi va malakali mehnat resurslariga ega. Shuningdek, u tabiiy resurslarga ham boy o‘lkadir. O‘zbekiston mis, uran va oltin ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning peshqadam mamlakatlari qatoriga kiradi. ., [25.05.2023 14:16] Bugun dunyoning ayrim mintaqalari zamonaviy ko‘rinishdagi geosiyosiy o‘yinlar maydoniga aylangani va bu jarayon Markaziy Osiyoni ham chetlab o‘tmagani qardosh respublikalarning o‘zaro integratsiyalashuvini birmuncha qiyinlashtirmoqda. Tashqi tahdidlar ta’sirida ular o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik munosabatlari, shu jumladan, ko‘p formatli hamkorlik mexanizmi jiddiy sinovdan o‘tyapti. Bunday murakkab vaziyatda O‘zbekiston to‘g‘ri va maqbul yo‘lni tutdi. Mamlakatimizning ichki siyosatida kuzatilayotgan keng qamrovli islohotlar, ochiqlik va yangilanishlar uning tashqi siyosatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida, mintaqa va global darajada faol tashqi siyosat yo‘lga qo‘yilib, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar rivojlantirilmoqda. Bunday izchil, aniq va konstruktiv tashqi siyosatni xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar ham e’tirof etmoqda. Prezidentimiz qo‘shnilarimiz – Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo‘nalish sifatida belgilab berdi. Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining qo‘shni davlatlar rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida Markaziy Osiyoda siyosiy muloqot va o‘zaro ishonch mustahkamlandi, davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan ochiq, konstruktiv, puxta o‘ylangan va pragmatik siyosati natijasida suvdan foydalanish, respublikamiz va qo‘shnilarimiz o‘rtasidagi davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat chegaralarini kesib o‘tish kabi murakkab va chalkash muammolarga yechim topildi. Zero, Prezidentimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatida «Biz jonajon Vatanimizning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashga har tomonlama qodirmiz. Tinch va osoyishta hayotimizni asrab, mustaqilligimizni mustahkamlab, barqaror taraqqiyot yo‘limizni jadal davom ettiramiz!» deb alohida ta’kidladilar. Bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi Globallashuv jarayonlarining kuchayishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyatni keskin burilish pallasiga yetaklamoqda. Bashariyat mutlaqo o‘zgacha muhit, yangicha talab va ilgari kuzatilmagan xavf-xatar hamda tahdidlar kuchaygan bir sharoitda yashashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga ham jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Turli mintaqa va davlatlarda sodir bo‘layotgan ayanchli voqealar tahlili ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar va elektron nashrlar ba’zi hollarda buzg‘unchi kuchlar qo‘lida zararli g‘oya va mafkuralarni targ‘ib etishning qulay, tezkor vositasiga aylanib qolayotganligini ko‘rsatyapti. Bu kabi tahdidlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yemirilishiga, zo‘ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, mas’uliyatsizlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik kabi illatlarning ildiz otishiga zamin yaratmoqda. Mamlakatimizda yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinyapti. Prezidentimiz rahbarligida ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, har tomonlama yetuk, malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash hamda Vatanga sadoqatli yangi avlodni voyaga yetkazish mexanizmlarini yaratish maqsadida olamshumul islohotlar amalga oshirilmoqda. ., [25.05.2023 14:16] 8-mavzu Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasi istiqboli Ta’kidlash kerakki, pande¬miya barcha sohalar singari, ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. UNES¬COning ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1,7 milliard o‘quvchi darslar to‘xtatilgani bois an’anaviy o‘qishdan mahrum bo‘lishdi. Shundan so‘ng avval ishlamagan, joriy etilsa-da, foydalanilmay turgan zamonaviy texnologiyalarni keng ko‘llashga majbur bo‘lindi. Ta’lim muassa¬salarining aksariyati to‘liq raqamli ta’limga o‘tishdi. Bugun ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limga o‘tgan bo‘lsa-da, axborot texnologiyalari imkoniyatidan keng foydalanish, sohani raqamlashtirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab oliy ta’lim muassasalari talabalar va o‘quvchilar uchun virtual ta’lim tizimlarini ishga tushirdi. Masalan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maktab va akademik litsey o‘quvchilari, talabalar va AT sohasida bilim olishni xohlovchilar uchun virtual ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Boshqa oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida ham masofaviy ta’lim platformalari, mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga tushirilib, onlayn darslar tashkil etilmoqda. Individual foydalanish uchun elektron darsliklar keng joriy etilmoqda. Muhimi, masofaviy ta’lim va zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilim olish imkoniyatini kengaytiryapti. O‘quvchi yoki talaba o‘ziga qulay vaqtda, uyidan chiqmasdan turib, individual o‘qituvchidan saboq olyapti. Imtihonlar ham masofadan turib o‘tkazilmoqda. Bugun ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalarning qanchalik samara berayotganini ko‘pchiligimiz ko‘rib, his qilib turibmiz. O‘zingiz o‘ylang, bir paytlar mamlakatimizning chekka bir hududi¬da yashaydigan abituriyent poytaxtdagi qaysidir oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi uchun kelib-ketishida qanchalik ovora bo‘lardi. Keyin titul varag‘ini olishi uchun yana, imtihon kuni va imtihon javobi chiqqandan keyin yana va yana Toshkentga bo¬rishiga to‘g‘ri kelardi. Bu sargardonlik uchun qan¬cha vaqt, qancha mablag‘ ketishini faqat shunday kunlarni boshidan o‘tkazganlar biladi. Bugun esa o‘sha kunlar tarixda qoldi. Hozir respublikamizning eng chekka hududida yashaydigan yoshlar ham uyidan chiqmay turib, birvarakayi¬ga 4–5 ta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi, imtihon natijalarini ham o‘tirgan joyi¬da bilish imkoni bor. Avval ota-ona farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun ko‘plab qog‘ozlar to‘g‘rilashi, bir-necha kun ovora bo‘lib bog‘chaga borishi, kamiga, kimnidir rozi qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, bugun bola elektron ro‘y¬xatga olinyapti. Navbati kelgach, yashash joyiga yaqin hududdagi MTTga joylashtiriladi. Yaqin kunlarda umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnomalarning ham elektron shaklda berilishini ana shunday qulayliklar sirasiga kiritish mumkin. Joriy etilayotgan tartibga ko‘ra, 9 va 11-sinf bitiruvchilariga beriladigan elektron shahodatnomalar o‘zbek va ingliz tillarida bo‘ladi. Bitiruv¬chilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi. Endi o‘zingiz o‘ylang, bu kabi qulayliklar evaziga budjetning qancha mablag‘i, qancha qog‘oz va vaqt tejaladi?! Korrupsiya degan illat kamayib, shaffoflik yuzaga keladi. Bularning hammasi ta’lim sohasiga joriy etilayotgan axborot texnologiyalari samarasidir. Maktab ta’limida oxirgi yillarda bo‘lgan eng katta o‘zgarish sifatida o‘quvchilarni baholash jarayoni onlayn platformaga o‘tkazilgani va shu sabab qog‘oz jurnal, kundaliklardan voz kechilganini aytish mumkin. Soha vakillarining aytishicha, bu o‘zgarish qog‘ozbozlikni 70 foizgacha qisqartirgan. Fan olimpiadalari shaffof va haqqoniy tizimga aylantirilganini e’tirof etish mumkin. ., [25.05.2023 14:16]
Basharti mamlakatimizda ham darsliklar elektron shaklga o‘tkazilsa, davlatning, xalqning qanchadan qancha puli iqtisod qilinardi. Shuning uchun ta’limda axborot texnologiyala¬ridan keng foydalanishni davrning o‘zi taqozo qilmoqda. Xo‘sh, bu¬ning uchun nimalar qi¬lish kerak? Birinchidan, albatta, mamlakatimizda internet infratuzilmasini yaxshilash, mobil operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshi¬rish, eng muhimi, aholining, ayniqsa, yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini o‘zlashtirishiga shart-sharoitlar hamda imtiyoz¬lar yaratib berish lozim. Shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish va axborot resurslari, o‘qitish vositalari va masofaviy o‘qitish texnologiyalarini rivojlantirish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, laboratoriyalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan markazlarni tashkil etish shart. Bundan tashqari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib bo¬rish ham muhimdir. Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta’lim sifatini tushirmagan holda, yoshlarning bugungi kun talabi darajasida bilim olishiga erishamiz. Foziljon MAMASHARIPOV,
📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/3904) 📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/350)📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1663)📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/351)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/352)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 9-mavzu AYOL – HAYOT CHAROG‘BONI Mamlakatimizda 9 milliondan ziyod oila mavjud. Bu degani, millionlab odamlarning, ayniqsa, xotin-qizlarning dard-u tashvishi, quvonchi, kelajak rejasi mana shu kichik makonlarda mujassamlanadi. Oilada ma’naviy muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyat, milliy qadriyatlarni singdirish va qator tashabbuslarda faol, shijoatli va tashabbuskor ayollarning o‘rni bor. Yurtimizda 17 milliondan ortiq xotin-qizlar istiqomat qiladi. Bugungi kunda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni har bir sohada, jabhada ko‘rish mumkin. Xususan, Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan «Xotin-qizlar.uz» milliy platformasi yaratilib, unda mahalla xotin-qizlar faollarining sa’y-harakati bilan xotin-qizlarning anketa so‘rovnomalari to‘ldirilib, ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi. Bu degani, har bir xotin-qizning holati, u nimaga muhtoj-u qanday yutuqlarga ega ekanligigacha aniq ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Misol uchun, 14 mingga yaqin xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘rildi. Xotin-qizlarimizni qiynaydigan aksar muammolarning ildizi bilimlarning yetishmasligi, huquqiy savodxonlik darajasi yetarli emasligi bilan bog‘liqdir. Afsuski, oiladagi ajrimlar, kelishmovchiliklar sabab uysiz, joysiz qolayotgan, hattoki bolalarining ta’minoti uchun ham pul talab qila olmayotgan ayollarimiz bor oramizda. Bugun xotin-qizlarning ta’lim oli¬shi borasidagi orzulari amalga oshmoqda, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Xotin-qizlar ta’limiga alohida e’tibor berilayotganligi tufayli ayni paytda talabalarning 46 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Prezidentimizning 2022-yil 7-martdagi «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022–2023-o‘quv yilidan boshlab bir qancha imtiyozlar berildi. Xususan, yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinishi, magistraturada o‘qiyotgan qizlar¬ning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab berilishi, ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan talaba qizlarning ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lanishi, qizlarimizni nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalav¬riat va magistratura dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuborilishidagi imtiyoz¬lar muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi «Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishi uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Jamiyatimizda olima ayollar ulushini sezilarli oshirish maqsadida doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratilishi, davlat boshqaruvida ayollar faolligini oshirish bilan bog‘liq ko‘rsatmalar ta’lim sohasida faoliyat yuritib kelayotgan olima opa-singillarimiz uchun ko‘rsatilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi.
., [25.05.2023 14:16] Ayni paytda yurtimizda 396 nafar qizlar «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Har yili 28 nafar o‘z sohasidagi iste’dodli, muvaffaqiyatlarga erishgan qizlar «Zulfiyaxonim izdoshlari» nomini olishga muyassar bo‘lishmoqda. 1147 nafar «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni sohibalari bor. Ta’lim muassasalarida, mahallalarda «Qizlarjon» klublari ishi takomillashtirilib, ularning soni 20 ming nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan. Shu o‘rinda joriy yilning 19-yanvarida «Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masa¬lalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi «To‘maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilinganini ham aytish lozim. Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish hisoblanadi. Mamlakatimiz mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrashga munosib hissa qo‘shayotgan ayol harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «To‘maris» ko‘krak nishoni ta’sis etilgani ham ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tiborning yuksak namunasidir. Keyingi paytlarda xalqimiz orasida gender tengligi deganda, ayollar ustunligini ta’minlash degan noto‘g‘ri fikr ham shakllanayotgani bor gap. Aslida unday emas. Azaldan oilada ayolga hurmat bilan qarashgan. Aynan bizning qadriyatlarimiz asosida otaga hurmat, uni ulug‘lash va e’zozlash qad¬riyatlari shakllantiriladi. Bugun ayollar mulkdor bo‘lishi, har bir jabhada erkaklar bilan teng huquqlarga ega bo‘lishi uchun harakat qilinyapti. Xususan, SHHT doirasida o‘tkazilgan sammitda O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berildi. Birgina tadbirkorlikni oladigan bo‘lsak, ular¬ning 35 foizini ayollar tashkil qilyapti. Rahbarlik lavozimlarining 27 foizini ayollar tashkil qiladi. «Gender-madad» elektron huquqiy maslahat platformasi hamda uning mobil ilovasi ishga tushirildi. «Davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish dasturi» ishlab chiqilib, Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha 60 soatlik malaka oshirish kurslarida 319 nafar rahbar xotin-qizlar o‘qitildi. Kelgusida oldimizga qo‘ygan maq¬sadlarimiz bisyor. Har bir oilaga kirib borish, ayollar bilan alohida ishlash bo‘yicha tizimli ishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Maqsadimiz esa aniq: barcha oilalarga sog‘lom muhitni kiri¬tish. Xotin-qizlarning esa muam¬molarini o‘z joyida hal etish. Bu borada bugungi kunda Qo‘mita tomonidan shakllantirilgan «Oqila ayollar» harakatining bir yuz ellik mingga yaqin a’zolari bilan ishni hamkorlikda olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Mahallalar¬dagi 118115 nafar «Ko‘chaboshi», «Uyboshi» ayollarning faoliyati tahlil qilinadi. Ularni farzand tarbiyasi, ota-onalarning mas’uliyati borasidagi targ‘ibot ishlaridagi faolligi oshiriladi. Ayni paytda ichki ishlar organlari¬ning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda mahallalarda uyma-uy yurib, aholining tashvish va muammolarini o‘rganish asosida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning o‘z qobiliyati hamda imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Bu esa muammosi hal bo‘layotgan xotin-qizlarning ichki ishlar organlari xodimlari, ayniqsa, ayol xodimlarga bo‘lgan ishonchi va mehrining oshi¬shiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, sohada rahbar ayollarning soni oshayotgani ham tizimda yanada samarali ishlar amalga oshirilishiga zamin bo‘lmoqda. ., [25.05.2023 14:16]
Zero, ayolni, onani e’zozlangan yurtning qudrati ortib boraveradi, kelajagi buyuk va nurafshon bo‘ladi. Ozoda PARPIBOYEVA,
📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/3927)📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/354) 📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1665)📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/355)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/356)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 10-mavzu Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati «Menda ikkita yo‘l bor edi: bi¬rinchisi – o‘g‘irlash hamda do‘stlarim va qarindoshlarimni «Forbes» ro‘yxatiga kiritish, bu bilan xalqimni qup-quruq yer ustida qoldirish, ikkinchisi – xalqimga xizmat qilish va mamlakatni dunyoning eng yaxshi mamlakatlari o‘ntaligiga kiritish. Men ikkinchisini tanladim». Bu so‘zlar g‘oyat qiyin va murakkab sharoitda Malayziya tarkibidan ajralib chiqqan Singapurni qisqa vaqt ichida jahonning iqtisodi baquvvat, korrupsiyadan xoli, bugun ham rivoj¬lanishdan to‘xtamayotgan mamlakatga aylantirgan, barcha xalqaro reytinglarda birinchilikni saqlab kelayotgan ushbu mamlakatga uzoq yillar boshchilik qilgan mashhur davlat arbobi Li Kuan Yu¬ning qimmatli so‘zlaridan bir parcha, xolos. Xo‘sh, korrupsiyani yengish mumkinmi? Ko‘pchilik dunyoda korrupsiya balosini yengish ancha dushvor ish, uning ildizlari shu darajada tomir otganki, uni tag-tubi bilan sug‘urish qiyin, deyishadi. Biroq singapurlik davlat arbobining korrupsiyani yengib, «yanchib» o‘z yurtida chinakam «mo‘jiza», farovonlik sari «buyuk sakrash»ni amalga oshirgani yuqoridagi savol va ikkilanishga munosib javob bo‘lishi mumkin. Ushbu davlat allaqachon shiddat bilan rivojlangan mamlakatlar ro‘yxatidan joy olishga ulgurdi. Endi u o‘zining yirik biznes markazlari, banklariga, osmono‘par binolariga, chiroyli yo‘llar, eng yaxshi ta’lim va rivojlangan sog‘liqni saqlash tizimiga ega. «Singapur tajribasi» yoki «Singapur sifati» degan atama paydo bo‘lgan. Singapur qanday qilib qisqa vaqt ichida bunday natijalarga erishdi? 1950-yillarda Singapurda pora ochiq tarzda olingan va hatto bu illat mahalliy hokimiyatlarda an’anaga ham aylanib ulgurgandi. To‘g‘ri, mamlakatni modernizatsiya qilishda ustuvor yo‘nalishlar: investitsiya va innovatsiyalarni rivoj¬lantirish, ijtimoiy modernizatsiya, siyo¬siy barqarorlik muhim omil bo‘ldi. Biroq mamlakat taraqqiyoti¬ning eng muhim omili sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvorlik kasb etdi. Hukumat rahbari shaxsiy aloqalaridan qat’i nazar, korrupsiyani yo‘q qilishni asosiy vazifa qilib belgiladi. Shu vaqtdan boshlab mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus byuro tuzilib, u Bosh vazirga shaxsan hisobot beradigan bo‘ldi. Mazkur Byuro xodimlariga keng vakolatlar bilan birga, korrupsiyada gumon qilinganlarni qidirish, hibsga olish, ularning qarindoshlari va kafillarini tergov qilish, korrupsiya ishini yuritish jarayonida aniqlangan har qan¬day huquqbuzarliklarni tekshirish topshirig‘ini berdi. Hattoki Li Kuan Yu korrupsiya bilan qo‘lga tushgan qarindoshlarini ham ayovsiz jazoladi. Shuningdek, hukumat rahbari sudya va davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirdi. Mas’uliyatli lavozimlarda ishlaydigan davlat xizmatchilarining ish haqi xususiy korporatsiyalarning top-menejerlari bilan taqqoslanadigan darajaga ko‘tarildi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. Shuningdek, davlat xizmatchisining axloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham mazkur davlatda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Darhaqiqat, dunyo olimlari va siyosatchilari davlat arbobi Li Kuan Yu qat’iyat va ishonch bilan o‘tkazgan islohotlarni bejiz «inqilobiy» deb atashmagan. ., [25.05.2023 14:16] Islohot islohot uchun emas, inson qadri uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatimizda ham davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, sohada normativ-huquqiy bazani tizimli ravishda takomillashtirib borish choralari ko‘rilmoqda. Fikri¬mizning isboti o‘laroq, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qonunning kuchga kirgani, shuningdek, turli qonunosti hujjatlarining qabul qi¬linganini keltirish mumkin. Shu¬ningdek, qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar¬ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, jazo muqarrarligini ta’minlash va bu borada xalqaro hamkorlikni ta’minlash kabi choralar mustahkamlab qo‘yildi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarning asosida davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bundan tashqari, budjet xarajatlarini tartibga solish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, budjet qonunchiligining buzilishi faktlari to‘g‘risida xabardor qilish va budjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish tartib-taomilini tashkil etish bo‘yicha «Openbudget» – «Ochiq budjet» portali ishga tushirildi. Bir so‘z bilan aytganda, islohot islohot uchun emas «inson qadri uchun» tamoyiliga asoslanib amalga oshirilmoqda. Halollik – insoniylik belgisi
Halollik haqida ko‘p va xo‘p gapiramiz-u, ammo unga amal qilish oson emas. Halollikni shior qilgan inson bunday fazilat bilan hamisha faxrlanadi. Biroq ayrimlar egri va nopok yo‘lni tanlab, boshi berk ko‘chaga kirib qolganliklarini kech anglashadi. Bunga, albatta, nafs balosi sababchi bo‘ladi. O‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, ehtiyojga erk berish esa nafsni rag‘batlantiradi. Bunday holatda nafsni jilovlab bo‘lmaydi. Ulug‘ alloma Nosir Xisrav aytganlaridek: G‘avvos tama qilib marvarid, marjon,
Darhaqiqat, halollik inson tabiatidagi eng go‘zal tuyg‘u bo‘lib, aynan mana shu tuyg‘u orqali u boshqalarning mehr-muhabbatini qozonadi. Qalbi pok va toza, halol yo‘ldan yurgan insonning hamisha ko‘ngli ravshan, xotirjam bo‘ladi. Keyingi paytlarda ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, shaxsiy tarkib o‘rtasida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifat jihatdan yangi pog‘o¬nalarga ko‘tarildi, xodimlarning bilim saviyasini yanada yuksaltirish, halol, sadoqatli va fidoyi xodimlarni shakl¬lantirishga alohida e’tibor qaratil¬moqda. Natijada halollikni shior qilgan xodimlar ko‘plab uchramoqda. Xodimlar fuqarolar tomonidan taklif etilayotgan poralarni olmasdan, uning huquqiy oqibatlari haqida qayta-qay¬ta tushuntirishmoqda, o‘z fikridan qaytmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda vakolatli organga murojaat qilishmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotla¬riga ko‘ra, o‘tgan yil davomida respublika bo‘yicha jami 2965 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 12 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd. so‘mi undirilgan. ., [25.05.2023 14:16] Reytingda yana yuqoriladik O‘zbekiston «Open Data Watch» tashkilotining «Open Data Inventory» (ODIN) Ochiq ma’lumotlar reytingida 66 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 40-o‘rinni, Markaziy Osi¬yoda esa 1-o‘rinni egalladi. Mazkur reyting mamlakatning statistik takliflari qanchalik to‘liqli¬gini va ulardagi ma’lumotlar xalqaro ochiqlik standartiga mos kelishini baholaydi. Uning 2022-yilgi natijalarida birinchi o‘rinni Singapur egallagan. Keyingi pog‘onalarni esa Daniya, Finlandiya band etgan. Mintaqa mamlakatlari hisoblangan, Qozog‘iston 48, Qirg‘iziston 89, Tojikiston 120, Turkmaniston 192-o‘rinlarda qayd etilgan. Xulosa o‘rnida Inson har bir ishda halollikni ustuvor bilsa, erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyat ham barakali va fayzli bo‘ladi. Shuningdek, ko‘zi to‘q, halol va pok, kishilarga ezgulik ulashuvchi insonning umri oso¬yishtalikda, farovonlikda o‘tib, el-yurt orasida obro‘-e’tibor qozonadi. Eng muhimi, yurtda tinchlik, jamiyatda barqarorlik hukm suradi. Shunday ekan, korrupsiyaga qarshi mu¬rosasiz kurashish adolatli jamiyat barpo etishdek ulug‘vor maqsadga erishishimizda muhim o‘rin tutishini hech qachon unutmasligimiz lozim. Azizjon FAYZIYEV, mayor. 📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/3963)📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/357)📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1674)📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/358)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/359)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 11-mavzu NAVRO‘Z – YANGILANISH VA YASHARISH AYYOMI Ona zamin uzra ko‘klam nafasi taralib, qalb¬larda o‘zgacha orziqish, ko‘tarinki kayfiyat, shod-u xurramlik va ezgu niyatlar butun borliqqa ko‘chib, yangilanish, yasharish ayyomi – Navro‘zi olam bilan hamohanglik kasb etadi. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rk-u ziy¬nati bo‘lib kelayotgan bu fayziyob bayram kun bilan tunning tenglashuvi, kunlarning uzayib, bog‘-u rog‘, dalalarga rizq-ro‘z qadash, mehnatning boshlanishidir. Tarixiy manbalarda «Yangi kun» ma’nosini beruvchi ushbu qadim va boqiy bayram hamda uning nishonlanishi haqida turli ma’lumotlar bor. Xususan, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Firdavsiyning «Shohnoma», Umar Xayyomning «Navro‘znoma» kabi asarlarida Navro‘zni bayram sifatida nishonlash miloddan avvalgi VI–V asrlarda boshlanganiga oid ko‘plab ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Navro‘zning qahraton qishning qirovli kunlaridan keyin odamlar bahorning muattar havosidan to‘yib nafas olayotgan pallada nishonlanishi zamirida ham katta ma’no mujassam. Ayniqsa, musaffo osmon uzra saxiy quyosh¬ning charaqlab nur sochishi, qir-u adirlar yam-yashil o‘t-o‘lanlar, boychechak-chuchmoma, lolaqizg‘aldoqlarga burkanib, yangi kun, bahorni olqishlayotgan qushlarning yoqimli ovozi har qanday inson ruhiyatiga ko‘tarinkilik bag‘ishlab, mehnat qilishga, yaratuvchanlik ishqi bilan yashashga chorlaydi. Yosh-u qari birdek orziqib kutadigan va katta tantana bilan nishonlanadigan Navro‘z bayrami umuminsoniy fazilatlar, milliylikka yo‘g‘rilgan urf-odatlar-u qadriyatlarimiz ifodasi yanglig‘ qalblarga olam-olam surur baxsh etadi. Sohibkor bog‘bon-u dehqonlar, keksalar ko‘klamning har daqiqasi qadrlanib, g‘ayrat-shijoat bobida yoshlarga ibrat bo‘lishadi. Ular bosh bo‘lib qadagan har urug‘, har bir nihol ertangi kunga baraka, dasturxonlarga rizq-ro‘z, el-u yurtga nasiba, farovon turmush omili bo‘lib unadi, ko‘kka bo‘y cho‘zadi. Tabiatning yangilanishi bilan boshlanuvchi Navro‘z qadimdan to bugunga qadar turli marosimlarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Xalq sayillari o‘yin-kulgi, kurash, ko‘pkari musobaqalari, teatr tomoshalari tashkil etiladi. Ayniqsa, beg‘ubor osmon bag‘rida bahoriy nasimlarga qonib, yengil parvoz qilgan varraklar, bolalarning qiy-chuv¬lari-yu shodon kulgulari tabiatning uyg‘onishiga rang kiritadi, go‘yo. Chillak, qo‘g‘irchoq, arqon tortish, tosh ko‘tarish va boshqa o‘yinlar¬ning zavqi esa o‘zgacha. Atlas va adrasdan tikilgan milliy liboslaridagi bir-biridan chiroyli qizlar, beqasam to‘nlar kiygan ko‘rkam yigitlarning qiyofasida yangi kunning nashidasi ufurib turadi. Aynan Navro‘z kunlarida amalga oshiriladigan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari, mehr-saxovat tadbirlari, insoniy fazilatlar boshqa vaqtdagi ezgu amallarga qaraganda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Ota-bobolarimizdan milliy qadriyat bo‘lib kelayotgan ushbu bayramni asrab-avaylash va o‘zimizning xayrli amallarimiz bilan yanada mazmunli davom ettirish bizning burchimizdir. Navro‘z haqida so‘z ketganda, beixtiyor ushbu boqiy ayyomning shoh taomi – sumalak va uning tayyorlanishi bilan bog‘liq rivo¬yatlar tilimizda tez-tez aylanadi. Bu rivoyatlar bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilish, jipslashuv, yaxshi-yomon kunlarda birga, sabr va irodali bo‘lishdek ezgu g‘oyalar bilan sug‘orilgani bilan ahamiyatlidir. Shu o‘rinda hozirda aynan sumalak, halim va ko‘k somsa, ko‘k chuchvara singari ko‘klam taomlari ilik uzildi paytida kishilarga quvvat bo‘lishi, darmondorilarga boyligi bilan zamonaviy tibbiyotda ham tan olinayotganini aytib o‘tish joiz. ., [25.05.2023 14:16] Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, Navro‘z oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha-tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan va har jihatdan uning ong-u shuuriga singib ketgan ayyom. Zotan, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, «xalqimiz milliy yuksalish va milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi vaqtda barcha ezgu qadriyat va an’analarimiz qatori Navro‘z bayramining ham hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda». Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, har yili xalqimizga xos azaliy urf-odatlar, qadriyatlarni tarannum etuvchi Navro‘zi olam kishilarga ezgu amallar va yuraklarga shodlik-xurramlik ulashib kelaveradi. Jannatmonand diyorimizda osuda osmon ostida tinch-totuv umr kechiradigan har bir yurtdoshimiz ona tabiatning betakror, fusun¬kor ekanini ulug‘ ayyom kunlarida yana bir bor yurakdan his etadi. Tabiat uyg‘onishi bilan insonlar qalbi, bahri dili ham ochilib, yangicha kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat jo‘sh uradi. Keksa-yu yosh o‘zini borliqning ajralmas bir bo‘lagi ekanini his etib, o‘tayotgan har bir kunning qadriga yetishni anglaydi. Va barcha dillarda, tillarda ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiyning go‘zal bayti takrorlanadi: Zulf-u ruxsor ila kominga
📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/3992)📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/364) 📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1681)📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/365)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16]
BUYUK MUTAFAKKIR VA QOMUSIY OLIM (Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi) Amerika — sehrli diyor, Uxlar edi Kolumb ham hali, Dengiz ortin yoritdi ilk bor, Beruniyning aql mash’ali. O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov mazkur to‘rtligida ona yurtimizning asl farzandi ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniyning naqadar kuchli iste’dod sohibi ekanligiga ishora qilgan. Beruniy asarlarini mutolaa qilgan har bir kitobxon xuddi o‘zini ushbu asarlar sehri ostiga tushib qolgandek his qilib, undagi ilm sirlaridan bahra oladi. Qomusiy olim Muhammad ibn Ahmad Abu Rayhon Beruniy 973-yil¬ning 4-sentabr kuni qadimgi Xorazmning Kat shahrida tavallud topgan. U o‘zining tinimsiz izlanishlari tufayli ko‘hna diyor ilm fani¬ning yuksak cho‘qqilarini zabt etadi. Ul zot siymosida o‘rta asrlar sharqining astronomi, geografi, ma’dan¬shunosi, etnografi, tarixchisi hamda shoiri mujassamlashgan edi. Uning ilmiy sa’y-harakatlari samarasi o‘laroq, fanning turli sohalariga oid juda ko‘plab yirik asarlar yaratildi. Beruniy Abu Nasr Iroq rahbarligida yoshligidan riyoziyot va falakiyotni o‘rganib, 16–17 yoshlaridayoq, Quyosh¬ning choshgohdagi baland¬ligini armilada o‘lchagan. Oradan 30 yil o‘tib, yoshligida o‘zi o‘lchagan natijalarni tahlil qilar ekan, ular anchagina ishonchli bo‘lganligini ta’kidlaydi. Yoshlik yillarida quyosh tutilishini ham kuzatishga muyassar bo‘ladi. U 22 yoshida Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib, globusni ixtiro qildi. Ajdodlar qoldirib ketgan ko‘plab kitoblarni o‘rgandi va bizgacha yetib kelgan, turli xalqlarning yil hisoblari to‘g‘risidagi ilk yirik asari – «Osorul boqiya» (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar)ni bitadi. Unga ko‘ra, yunonlar, rimliklar, forslar, sug‘diylar, xorazmiylar va boshqa ko‘plab qabila va xalqlarning o‘tmishi, bayram va taqvimlari, shuningdek, sharq mamlakatlarining madaniyat va adabiyot tarixi to‘la-to‘kis talqin etilgan. Ushbu asarda Beruniy o‘zini nafaqat elshunos olim balki arab, yunon, fors, suryoniy va boshqa tillar hamda adabiyotlarning bilimdoni sifatida ham namoyon etadi. Abu Rayhon Beruniyning ustozi Abu Nasr ibn Iroq o‘z davrining yetuk bilimdoni edi. Tirikligidayoq «o‘z davrining Ptolemeyi» degan nomga sazovor bo‘lgan olim Beruniy¬ni o‘z xonadonida tarbiyalab voyaga yetkaz¬di. Ana shu ikki buyuk siymo tufayli Gurganch saroyida ilm ahli uchun barcha sharoitlar yaratildi. Yaqin va o‘rta sharqdagi ko‘plab olimlar bilan shaxsiy yozishmada bo‘lgan Ibn Iroq va Beruniyning takliflariga binoan, 1004-yildan boshlab, Nishopur, Balx va Buxorodan hatto arab va Iroqdan ham olimlar Gurganchga kela boshladi. Shu tariqa, Gurganchda «Dorul hikma», ya’ni «Donishmandlar uyi» nomini olgan ilmiy muassasa paydo bo‘ldi. Unda xuddi Bag‘dodda barpo etilgan «Baytul hikma»dagi kabi ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borildi. Beruniy keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda suryon va yunon tillaridan ba’zi tarjimalar ham bajarilgan. Ali ibn Ma’mun vafotidan so‘ng (1009) uning ukasi Abul Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Xorazmshohlar hukmdori bo‘ldi. U Beruniyni saroyga taklif qilib, o‘ziga eng yaqin maslahatchi etib tayinladi. Natijada Ma’mun akademiyasi faoliyati uchun yanada keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Qirqdan ortiq olimlar faoliyat yuritgan ilmiy markazda o‘z davrining yetuk insonlari matematika, astronomiya, ruhiyat, kimyo, mantiq, tibbiyot, falsafa, tarix, tilshunoslik, ta’lim-tarbiya, adabiyot, musiqa, geografiya, geodeziya, topografiya va mexa¬nika singari turli fanlar bilan shug‘ullanib, ularning kelajakdagi taraqqiyotiga mustahkam zamin yaratildi. ., [25.05.2023 14:16] Ammo ushbu akademiya¬ning faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi. 1017-yilda Xorazm yirik istilochi Sulton Mahmud G‘aznaviy qo‘l ostiga o‘tdi. Xorazmshohning qat’iy talabi va ko‘magi bilan Gurganchdan yunon, yahudiy, arab va boshqa xalqlarning vakillaridan iborat kichik ilmiy karvon Abu Ali ibn Sino boshchiligida chiqib ketadi. Sulton Mahmud shaharda qolgan olimlarning ba’zilarini dahriylikda ayblab qatl ettiradi, qolgan mashhur olimlarni o‘z mamlakatining poytaxti G‘azna shahriga olib keladi. U yerda Beruniy «Hindiston tarixi» asarini hamda 1025-yilda «Geodeziya», 1030–1041-yillar oralig‘ida esa «Al-qonun al-Mas’udiy», 1041–1048-yillarda «Mineralogiya» hamda «Kitob as-saydana fit-tibb» asarlarini yaratadi. Olim tomonidan 152 ta risola yaratilib, shundan 30 tasi bizgacha yetib kelgan. Ta’kidlash joizki, Abu Rayhon Beruniy bundan ming yil oldin Hindistonda bo‘lib, uning tarixi, madaniyatini o‘rganish uchun qadimgi hind yozuvi – sanskritni o‘rganib, o‘zining mashhur «Hindiston» asarini yozdi. Mazkur asarda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar, geografiya, elshunoslik, qonun va urf-odatlar, din, tarixiy-diniy rivoyatlar hamda hind yozuvining turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ilm-fanning hamma sohalarini yaxshi bilgan qomusiy olimning Ibn Sino bilan yozishmalarida ham fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi hamda nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borgan. 1048-yilda G‘azna shahrida vafot etgan buyuk ajdo¬dimizning nomini abadiylash¬tirish maqsadida yurtimizdagi ko‘plab ilmiy markazlar, markaziy ko‘chalar hamda shahar va qishloqlarga uning nomi berildi. Bobokalonimiz tavalludining 1050 yilligini keng nishonlash bo‘yicha o‘tgan yilning avgust oyida davlatimiz rahbarining qarori ham qabul qilinib, unga ko‘ra, 2022–2023-yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi YUNЕSKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonla-nishi ko‘rsatib o‘tildi. Unga muvofiq, «Buyuk Beruniy merosi» xalqaro sayyohlik marshrutlarini yo‘lga qo‘yish, joriy yil yakuniga qadar, Qoraqal¬pog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasini qurish, alloma il¬miy-ijodiy merosiga mansub qo‘l¬yozma va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish hamda Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi va Xorazm Ma’mun akademiyasida madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etish ko‘zda tutildi. Shuningdek, qaror doirasida o‘quvchilar o‘rtasida Xorazm viloya¬tida tegishli fan bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasini o‘tkazish, shu nomdagi xalqaro mukofot ta’sis etish hamda allomaning to‘liq asarlari turkumini o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish va boshqa bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Bu jonajon yurtimizda buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat-e’tibor va qadr-qimmatning yuksak ifodasidir. Mixli SAFAROV,
📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4009)📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/367)📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1688)📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/368)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/369)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 13-mavzu EKSTRЕMIZM VA TЕRRORIZM – JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TAHDID Dunyo miqyosida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi Iqtisod va tinchlik xalqaro institutining terrorizmning global indeksi bo‘yicha bergan ma’lumot¬lariga ko‘ra, Afg‘oniston, Iroq, Somali, Burkina-Faso, Suriya, Nigeriya, Mali, Niger va Pokiston davlatlarida terrorizm xavfi yuqori hisob¬lanadi. Oxirgi o‘n yillikda terrorchilik harakatlari oqibatida yuzaga kelgan o‘lim holati 182 ming nafarni tashkil etganligi bu illatning shaxs, jamiyat, davlat va insoniyat uchun qanchalik xavfli ekanligini ko‘rsatmoqda. Dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmasliklari yoxud ijtimoiy-moddiy qiyinchiliklar, turmush daraja¬sining pasayishi natijasida ayrim yoshlarimiz ekstremistik oqimlar hamda terrorchi tashkilot va guruhlar aldoviga uchmoqda. Ularning «hijrat», «jihod», «shahidlik», «xalifalikni tiklash» kabi g‘oyalariga ko‘r-ko‘rona ishonib, turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlari bo‘lgan Suriya, Iroq, Afg‘oniston va Pokistonga borib qolishmoqda. Bunday shaxslarning xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etishlari, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxslarning AQSH, Shvetsiya, Turkiya va boshqa chet davlatlarda terroristik harakatlar sodir etishlari, terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilgan shaxs¬larning jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin yana qayta jinoyatga qo‘l urishi mazkur illatga qarshi kurashish borasidagi ishlarni sustlashtirmasligimiz kerakligini anglatadi. Dunyoda sodir etilayotgan voqealar tahlili shuni ko‘rsatmoqda-ki, bugungi kunda ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari diniy aqidalar niqobi ostida yoshlarni milliy o‘zligini, madaniy-ma’rifiy va oilaviy qadriyatlarini yo‘qotishga undash yo‘li bilan jamiyatda zo‘ravonlik va radikal qarashlarni tarqatishni davom ettirmoqda. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, terrorchilik faqat islom mamlakatlariga xos emas. U turli dinlar tarqal¬gan mintaqalarning barchasida siyosiy kurashning zo‘ravonlik shakli sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Xristian olamida Shimoliy Irlandiya katoliklari va pro-testantlar orasida, Ispaniyada basklar (katoliklar), Yugoslaviyada serb millatchilari orasida (provaslavlar), Hindistonda sikxlar va tamillar, Shri-Lankada tamillar orasida (induizmning turli oqimlari va nisbatan mustaqil shakllariga e’tiqod qiluv¬chilar), Yaponiyada «Aum sinrikiyo» oqimi tarafdorlari orasida ham terrorchilik kurash vositasi ekanligini ko‘ramiz. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish yo‘nalishida sodir etilgan jinoyatlarning ko‘p qismi yoshlar tomonidan sodir etilayotganligi, bunga internet orqali ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolayotganligi sabab bo‘layotganligi, jinoiy javobgarlikka tortilgan yoshlar orasida oliy ta’lim muassasalari talabalari ham borligi eng achinarli holatlardan biridir. Ayrim holatlarda ota-onalar o‘zi¬ning voyaga yetmagan farzandlari¬ga dunyoviy ta’lim berish o‘rniga ularni begona shaxslar bilan chet davlatlariga chiqarib yuborish holatlari ham uchramoqda. Chet davlatlarda «huj¬ra» sharoitida diniy ta’lim olayotgan bunday voyaga yetmaganlar dunyoviy fanlarni o‘zlashtirmasdan, faqatgina diniy ta’lim bilan cheklanmoqda. Bu esa yetarli an’anaviy diniy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmagan, ota-onasi yoki qonu¬niy vakillari hamrohligisiz qolayotgan yoshlarning turli xalqaro terroristik va ekstremistik tashkilotlar yollovchilari g‘oyalari ta’siriga tushishi xavfini yuzaga keltirmoqda. ., [25.05.2023 14:16]
Bugungi globallashuv jara¬yonida dinlar, konfessiyalar, millat hamda elatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, bir-birini to‘g‘ri tushu¬nishga erishish naqadar zarurligini va aynan bu omillar jamiyatning tinchligi va barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tinchlik va barqarorlik esa taraqqiyot va farovonlikning asosiy garovidir. Nafaqat terrorizm va ekstre¬mizmga qarshi kurashish borasida, balki barcha sohalarda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimiz natijasida bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda, «Yangi O‘zbekiston» iborasi tilga olinmoqda. Prezidentimiz boshchiligida xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Bugun bir haqiqatni qat’iy ishonch bilan aytish mumkin: dunyo¬da turli xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali vaziyatda O‘zbekistonda shakllangan yangi tizim o‘zini oqlamoqda. Yurtboshimizning xalqaro minbarlardagi nutqlari jamoatchilik, xalqaro ekspertlar tomonidan qizg‘in kutib olinib, boshqa davlat va hukumat rahbarlari, diplomatlar tomonidan yuksak baholanayotganligi, bir qator g‘oya va takliflari qabul qilinib, ijroga qaratilayotganligi yuqoridagi so‘zlarimizning yana bir isbotidir. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda terro¬rizm va ekstremizm ko‘rinishidagi jinoyatlarga qarshi kurashish, yosh avlodning bunday illatlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, fuqarolar tomonidan terrorizm va ekstremizmning xavfli oqibatlarini to‘laqonli anglab yetishlari uchun amalga oshirilayotgan keng qam¬rovli islohotlarga shu aziz Vatan farzandi bo‘lgan har birimiz o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim. Xushnudbek YAKUBOV,
📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4029)📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/370)📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1691)📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/371)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/372)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 14 mavzu | KONSTITUTSIYANING YAGONA MANBAYI VA MUALLIFI – XALQDIR Yangi O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda katta yutuqlarga erishildi. Xususan iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit, debitor-kreditor masalalaridagi muammolar hal qilingani, qo‘shnilarimiz bilan oramizdagi chorak asrlik «muzlar erigani» kabi salmoqli yutuqlarimizni nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda. Ushbu erishilgan yutuqlar, huquq va erkinliklardan kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ular albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo‘yilishi zarur. Shu ma’noda, Yangila¬nayotgan Konstitutsiya O‘zbe¬kiston jamiyatining evol¬yutsion rivojlanishidan kelib chiqib hayotiy zaruriyatdir, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun o‘ta ahamiyatlidir, ado¬latli jamiyat qurish yo‘lida qilinayotgan ulkan qadamdir. Bu Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekis¬tonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslash¬tirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, loyiha yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflarini qabul qilish, umumlashtirish va ularga javob qaytarish mexanizmlari joriy qilinganligi, «Meningkonstitutsiyam.uz» elektron platformasi, qisqa raqamli call-markazi, pochta aloqasi, mahallalar, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolardan 220 mingdan ortiq takliflar qabul qilinib, ularning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi, uning yagona manbai ham, muallifi ham xalq ekanligidan dalolatdir. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda. Moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy qonuni¬mizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi. O‘zbekiston – huquqiy davlat deb belgilanmoqda. Unda insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Kons¬titutsiyaga muvofiq e’tirof etilishi va kafolatlanishi qayd etilmoqda. Amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanib, O‘zbekiston «ijtimoiy davlat» degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlanmoqda, davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq normalar 3 baravar oshirilmoqda. Aholidan kelib tushgan takliflarning qariyb 20 foizi, ya’ni 18 mingtasi aynan parlamentni isloh qilish bilan bog‘liq. Shundan kelib chiqib, xalq hokimiyatchiligini kuchaytirish, xalq vakillik organi bo‘lmish parlamentning rolini va o‘rnini, mas’uliyatini oshirish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, umuman, mamlakatimizda parlamentarizm, xalq hokimiyatchiligini yanada kuchaytirishga qaratilgan bir qator normalar loyihaga kiritilgan. Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida Senatni ixchamlashtirish, senatorlar sonini amaldagi 100 nafardan 65 nafarga qisqartirish taklif etilmoqda. Konstitutsiyada shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi belgilanmoqda. Ushbu qoida zarracha aybi yo‘q shaxsga nisbatan aybdor sifatida qarash kabi sarqitlardan xoli etishga qaratilgan. Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilanmoqda. Davlat organlari va mansabdor shaxslar faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishi alohida norma tarzida aniq qayd etilmoqda. ., [25.05.2023 14:16] Qonunlardagi noaniqliklar ham bundan buyon inson foydasiga hal bo‘ladi. Davlat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar turli tushunmovchiliklar, inson va fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklari oldi olinadi. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilmasligi yoki boshqa davlatlarga berilmasligi belgilanmoqda. Bu esa fuqarolarimizni doimiy ravishda davlat himoyasida ekanligiga ishonchini mustahkamlashga, o‘z yurtidan chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi kabi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda. Ushbu norma chet ellarda yashayotgan, ishlayotgan, ta’lim olayotgan vatandoshlarimizni O‘zbekiston bilan doimiy aloqada bo‘lishiga, tili, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini saqlab qolish hamda rivojlantirishga, o‘zlarining tarixiy Vatani – O‘zbekistonning obro‘sini yanada oshirishga o‘z hissasini qo‘shishga xizmat qiladi. Konstitutsiyamizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari kafolatlanmoqda. Bosh qomusda davlatning Internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishi mustahkamlanmoqda. Shu bilan birga ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi qayd etil¬moqda. Ushbu norma jurnalistlarning erkin, turli ma’muriy bosimlardan qo‘rqmasdan faoliyat yuritishini ta’minlaydi hamda mamlakatimizda axborot erkinligining yanada yuksalishiga, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik, qonuniylik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga, kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga va so‘z erkinligini ta’minlashga erishiladi. «Inson qadri uchun» tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shart. Shu bois, Konstitutsiya loyihasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Xulosa sifatida shuni qayd etish joizki, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, bir so‘z bilan aytganda, bu loyiha tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligidan, ya’ni uning manbayi ham, muallifi ham xalq ekanligidan dalolatdir. Sherzod ZULFIQOROV, JXU professori, yuridik fanlari doktori. Anvarjon MIRKAMILOV, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bo‘lim boshlig‘i. 📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4048)📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/374)📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1696)📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/376)📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/375)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 15- mavzu Ma’naviyatda diyonat va e’tiqodning o‘rni Ma’naviyat har qanday davr va zamonda ham, har qanday jamiyatda ham insoniyatning birlamchi va asosiy ehtiyoji bo‘lib kelgan, unga hamisha zarurat seziladi. Ma’naviyat – ochlik, yo‘qchilikka go‘zal sabrni, jahl-u nafsni tiyish va yengishni, xullas, barcha illatlarga qarshi tura olishni ko‘rsatadi, o‘rgatadi. Uni chin ma’noda, borligicha his qila olmaydiganlar, anglab yetmaganlargina inkor etadi, past baho beradi, ahamiyatsiz ko‘radi. Jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishi¬ning ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi, inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti yo‘nalishining bosh omilidir. U muayyan iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o‘zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Millatning ma’naviy qiyofasi, jamiyatning moddiy-ijtimoiy, tari¬xiy sharoitlarga qarab ma‘naviyatning boyib borishi qonuniy hodisa. Ma’naviyatning muhim unsuri bo‘lgan milliy ong nisbiy mustaqildir. U jamiyatning moddiy va ma’naviy qiyofasini tubdan o‘zgartirishga faol ta’sir qilishi mumkin. Milliy ong va uning shaklla¬nishi, eng avvalo, milliy uyg‘onish zamirida sodir bo‘ladi. Milliy ong va ang¬lash har bir odamdan o‘zining qaysi millatga tegishliligi, milliy tarixi, madaniyati, merosi, urf-odatlari, tilini to‘g‘ri, har taraflama chuqur bilishni talab etadi. Milliy o‘zlikni anglash, ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun qo‘llanma darajasiga ko‘tarilsa, u, shubhasiz, milliy mafkuraga aylanadi. Ma’naviyatda diyonatning o‘rni muhim. Diyonat keng ma’noda o‘z ichiga din, e’tiqod, diniy ta’limot, ishonish, vijdon, vijdonlilik, insof tushunchalarini qamrab oladi. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Dunyoda diyonat hali mavjuddir, hali mard yigitlar yashab yuribdi» degan satrlarida ham bu so‘zning ma’nosi aks etgan.
«E’tiqod» arabcha so‘z bo‘lib, «aqada» fe’li asosida yuzaga kelgan. Mohiyatan bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash ma’nosini ang¬latadi. Kishi odatda biror narsaga e’tiqod qilishi uchun uning mohiyatini a’lo darajada bilishi kerak. Aks holda, e’tiqod borasida chalkashlik va xatoliklar kelib chiqishi tabiiy. Buning uchun ma’rifat zarur. U ongimizda mustahkam qaror topsagina, e’tiqodimiz musaffo bo‘ladi. Demak, e’tiqod ilmga asos¬langan bo‘lishi lozim. Aslini olganda, barcha narsaning tub mag‘zini anglashda ilm-u ma’rifatga muhtoj¬ligimiz kundan-kun sezilib turadi. E’tiqod sofligi har bir inson uchun o‘ta muhimdir. Chunki e’tiqodsiz amallarning zarracha foydasi yo‘q. E’tiqodning zaruriy masalalarini bilmagan kishi har qancha riyozat cheksa ham, qilgan ibodatlari unga hech qanday naf bermaydi. O‘z turmushini ongli tashkil etish, turli rejalar tuzish, orzu-havaslariga, ko‘ngli va tafakkuriga mos yashashga, komillikka intilish insonning xos belgisi. Uning nafaqat moddiy-iqtisodiy, shuningdek, ma’naviy ehtiyojlari ham bor. Inson ma’naviyatining o‘zagini esa e’tiqod tashkil qiladi. Ma’naviyat e’tiqod tevaragida shakllanadi. Ma’naviyatning mazmunini, eng muhim xususiyatlarini e’tiqod belgilaydi. Insonning barcha tuyg‘ulari, kechinmalari yoki barcha amal qiladigan g‘oyalari, me’yorlari, qarashlari ma’naviyat bo‘lib qolavermaydi. Tuyg‘ular orasida nafs va hirs, jahl va qiziqqonlik tufayli yuzaga kelganlari, tushunchalar, g‘oyalar, baholar fikr-mulohazalar, xulosalar orasida ilmsizlik, ada¬shish, xato, noto‘g‘ri axborot sababli vujudga kelganlari bo‘lishi mumkin. Nafsilamrini aytganda, hech kim adashishlardan, xatolardan kafolatlanmagan. Botil tuyg‘ular va fikrlar esa ma’naviyat hisoblanmaydi. Jaholat, zolimlik, odob-axloq qoidalariga rioya qilmaslik, nafs va hirs qutqusiga berilish, zo‘ravonlik orqali hammani bir xil o‘ylashga, bir xil yashashga majburlash ma’naviyatsizlikdir. ., [25.05.2023 14:16]
Prezidentimizning 2023-yil 21-martdagi «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorida odamiylik, inson sha’nini ulug‘lash, yaxshilik va mehr-saxovat kabi fazilatlarni namoyon etadigan, bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlash, oila va mahallalarda, butun yurtimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi belgilandi. Muqaddas oyda ehtiyojmand oilalarga, keksalarga, ko‘makka muhtojlarga yanada ko‘proq e’tibor qaratiladi. Nuroniylar, bemorlar, ko‘ngli yarimlar holidan xabar olish, ularga dalda bo‘lishga oid ishlar hajmi tobora kengayadi. Ibratli, savobli yumushlar yanada ortadi. Xayrli ishlarga rag‘bat ortib, yaxshilik yo‘lida hamkorlik kuchayadi. Odamlar bir-biriga yanada mehrli, iltifotli bo‘ladilar. Zero, xalqimiz uchun ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat, olijanoblik va shukronalik timsoli bo‘lgan Ramazon oyida amalga oshirilayotgan ulug‘vor ishlar jamiyatimizda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini mustahkam¬lashga xizmat qiladi. Sarvar SOBIROV tayyorladi. ⚙️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4067)⚙️ Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/377)⚙️ ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1697)⚙️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/378)⚙️ Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/379)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 16-mavzu YASHIL ENERGETIKA - BEMINNAT VA ARZON Shiddat bilan rivojlana¬yotgan yuksak texnologiyalar asrida inson farovonligi uchun xizmat qiladigan innovatsiyalar kun sayin taraqqiy etmoqda. Yashil energetika manbalarini ham shular jumlasiga kiritish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, dast¬labki quyosh batareyalari fransuz fizigi Aleksandr Edmond Bekerel tomonidan 1842-yilda ixtiro qilingan bo‘lib, 1948-yilda Amerikaning «Bell» kompaniyasining ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanuvchi «Bell Laboratories» firmasi birinchi quyosh batareyalarini ishlab chiqaradi. Oradan 10-yil o‘tib esa, AQSHda quyosh panellaridan foydalanuvchi sun’iy yo‘ldosh – «Vanguard I» fazoga ko‘tariladi. 1958-yil-ning 15-may kuni sobiq ittifoq ham ana shunday qurilmalarni kosmosga uchiradi. 1963-yilda Yaponiyaning «Sharp» kompaniyasi sanoat asosidagi quyosh batareyalarini ishlab chiqarishga o‘tishi bilan undan nafaqat fazoda, balki oddiy iste’molchilarning foydalanishlari uchun ham yo‘l ochiladi. Oradan yigirma yil o‘tib, AQSHning «Pacific Gas & Electric» konserni markazlashgan tarmoq orqali 500 kVt yetkazib beradigan ilk elektr stansiyasini ishga tushiradi. Shuningdek, 1883-yilda amerikalik ixtirochi Charlz Fritts oftob nurini elektrga aylantirish uchun kimyoviy unsur bo‘lmish selendan foydala¬nishni ilgari surgan. Undan ishlangan qurilmaning usti o‘ta yupqa oltin bilan qoplanadi. Shunday qilib, 1984-yilda dunyoda dastlabki quyosh bata¬reyasi Nyu-Yorkdagi binolardan biri¬ning tomiga o‘rnatiladi. 2010-yilda dunyo bo‘yicha muqobil energiya ishlab chiqarish 10 ming MVtni tashkil etib, 1984-yildagi 1 MVtga nisbatan o‘n ming baravar ortgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib bu miqdor 206 ming MVtga yetdi. Ayni paytda quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmalar yildan-yilga takomillashib borayotir. Prezidentimizning 2019-yil 22-avgustdagi qaroriga ko‘ra, yurtimizda 2030-yilda qayta tiklanadigan energiya manbalarining elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 25 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilgan edi. Hozirda bu ko‘rsatkich 10–12 foizni tashkil etmoqda. Belgilangan muddatda mazkur natijaga erishish uchun Ener¬getika vazirligi qayta tiklanadigan energiya manbalariga bog‘liq yirik loyihalarni amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rmoqda. Unga muvofiq, o‘n yil ichida umumiy quvvati 5 ming MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari hamda 3 ming MVtga teng shamol elektr stan¬siyalarini qurish rejalashtirilgan. Shamol elektr stansiyalari o‘tmishiga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, unga birinchi bo‘lib, 1887-yili Shotlandiyada Jeyms Blit tomonidan asos solinadi. Ammo zamonaviy shamol energetikasi vatani – AQSHning Kaliforniya shtati hisoblanadi. U yerda 1980-yillarda boshlangan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar natijasida 2020-yilga kelib muqobil energiya ishlab chiqarish 100 GVtga yetadi. Ayni vaqtda, yer yuzidagi barcha shamol qurilmalarining yillik quvvati 651 GVtdan oshadi. Endilikda bu raqamlar yiliga 10–15 foizdan oshib borishi taxmin qilinmoqda. Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari¬dan foydalanish sohasini rivojlantirish uch yillik tarixga ega bo‘lsa-da, qisqa davr ichida ko‘plab ishlar amalga oshirildi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki 2019–2022-yillar oralig‘ida issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan jami 6 milliard 919 million AQSH dollariga teng 19 ta bitim imzolanishiga erishildi. Ayniqsa, 2019-yili qabul qilingan «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi qonun mazkur sohani rivojlantirish yo‘lidagi muhim poydevor bo‘ldi. Boisi, ushbu hujjatda yashil energetika tizimini yuksal¬tirish bo‘yicha barcha tashkiliy va huquqiy masalalar joy olgan edi. Unga ko‘ra, yashil energetika qu¬rilmalari va ulardan energiya ishlab chiqaruvchilarga bir qator imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilgandi. ., [25.05.2023 14:16]
O‘tgan yilning may oyida Nurobod tumanida quvvati 100 MVtga teng bo‘lgan yana bir yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. U yiliga 260 million kVt-soat elektr energiya ishlab chiqarib, 80 mingdan ortiq xonadonni yoritish imkoniga ega hisoblanadi. Ushbu stansiya ishga tushirilishi bilan yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinib, atmosferaga 100 ming tonna zararli chiqindilar chiqishiga barham berildi. Yashil energetikani taraqqiy ettirish aholini nafaqat energiya bilan ta’minlashda, balki atrof-muhitni himoya qilishda ham asosiy vosita sanaladi. Shu sababli, ona Vatanimizda ham mazkur sohani rivojlantirish har doimgidan-da muhim. Chunki 2026-yilga borib, mamlakatimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 8 ming MVtga yetkazilishi va buning oqibatida yiliga qariyb, 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash nazarda tutilgan. Eng quvonarlisi, joriy yilda Jizzax, Samarqand, Navoiy va Surxon¬daryo viloyatlarida jami quvvati 1 ming 100 MVt bo‘lgan 4 ta, 2023–2024-yillarda esa Buxoro va Navoiy viloyatlarida hamda Qoraqal¬pog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 1 ming 600 MVt bo‘lgan yana shuncha quyosh va shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Haqiqatan ham, yurtimizda ener¬getika sohasini tubdan isloh qilish masalalarida butkul yangi tizim tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, «2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallash¬tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qay¬ta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran, 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, 10 yil muddatga bir qator soliq va majburiyatlardan ozod etildi. Xulosa qilib aytganda, respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va aholining energiya manbalariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan barcha ishlar amalga oshirilyapti. Mixli SAFAROV, «Postda» muxbiri. ⚙️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4079)⚙️ Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/380)⚙️ ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1698)⚙️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/381)⚙️ Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/382)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 17-mavzu Adabiy do‘stligimiz abadiy do‘stligimizga xizmat qilajak Mamlakatimiz Prezidenti¬ning 2022-yil 29-iyuldagi «Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida shu yilning mart oyida Navoiy shahrida turkiy xalqlar adib¬lari ishtirokida «Mumtoz she’riyat» xalqaro festivalini o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan edi. 2023-yil 6-mart kuni Anqara shahrida joylashgan Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) qarorgohida bo‘lib o‘tgan turkiy tilli davlatlar adabiy tashkilotlari rahbarlari yig‘ilishida esa TURKSOY Yozarlar birligi ta’sis etilib, uning ilk yig‘ilishini «Mumtoz she’riyat» xalqaro festivali doirasida tashkil etish taklifi barcha ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi. «Mumtoz she’riyat» xalqaro festivali bejizga yurtimiz zaminida o‘tkazilgani yo‘q. Zero, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon kabi shaharlarda qadimdan adabiyot, san’at rivojlangan, gullab-yashnagan. Festivalning aynan ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan shaharda o‘tkazilganida ham chuqur ramziy ma’no mujassam. Chunki milliy adabiyotimizni yuksak cho‘qqiga olib chiqqan Navoiy hazratlari ijodini nafaqat turkiy xalqlar, balki jahon afkor ommasi katta qiziqish bilan o‘rganadi. Davlatimiz rahbarining qaroriga muvofiq bo‘lib o‘tgan anjumanda turli mamlakatlardan kelgan turkiy xalqlar shoirlari va tarjimonlari diydorla¬shishdi, ijodiy muloqot qi¬lishdi. Tadbir o‘zaro qon-qardosh bo‘lgan xalqlarning ada-biy tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish imkonini berdi. Festivalga tashrif buyurgan adiblar Alisher Navoiy haykali poyiga ehtirom ramzi sifatida gul qo‘yishdi. Tadbir ishtirokchilari bobokalonimiz nomi bilan ata¬ladigan bog‘ga ko‘chatlar o‘tqazishdi.
Ozarbayjon Yozuvchilar birligi raisi, atoqli adib va jamoat arbobi Anar Rasul o‘g‘li Rzayevning nomini hamda asarlarini yurtimizda ko‘pchilik adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi. Dunyo miq¬yosida taniqli adib o‘zining serqirra ijodiy faoliyati bilan turkiy xalqlar, jumladan, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik munosabatlari¬ni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelyapti. Uning bu boradagi xiz¬matlari, qolaversa, madaniy-guma¬nitar aloqalarni rivoj¬lantirish, ko‘plab ijodkorlarni tarbiyalash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, o‘zaro hurmat va bag‘rikeng¬lik, tinchlik va hamjihatlik ruhida kamol toptirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi yuksak darajada e’tirof etilib, adib tavalludining 85 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. – O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yuksak mukofot bilan taqdirlanganimdan juda baxtiyorman va minnatdorman. Xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik uzoq tarixga ega va bugungi kunda ham uzviy davom etmoqda. Buyuk alloma nomi bilan ataladigan Navoiy shahrida tashkil etilgan xalqaro festival turkiy xalqlar ijodkorlarini bir davrada jam qilgani bilan juda ham ahamiyatli bo‘ldi. Bu an’ana yana davom etadi, – dedi TURKSOY Yozarlar birligi faxriy raisi, Ozarbayjon Yozuvchilar birligi raisi Anar Rzayev. Festival bahonasida mehmonlar Navoiy shahrida o‘sha kunlarda kechayotgan madaniy tadbirlar bilan ham yaqindan tanishishdi. Jumladan, shaharning Ma’rifat bog‘ida bo‘lib o‘tgan sumalak saylida ishtirok etishdi. Yurtimizning turli hududlaridan kelgan folklor-etnografik jamoalarining chiqishlari ham ularda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, «Farhod» madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan «Vatan manzumasi» adabiy-ma’rifiy dasturini tomosha qilishdi. ., [25.05.2023 14:16] – Agar turli millatlarning ada¬biyoti, san’ati va madaniyatlari birlashsa, shu yo‘lda xiz¬mat qilayotgan fidoyi ziyolilar bir maqsad yo‘lidan bo¬rishsa, el-u yurtlar birlashadi, – dedi «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev. – Adabiyot deganda biz ezgu so‘zni, ajdodlari¬miz qoldirgan boy so‘z mero¬sini tushunamiz. Bugungi anjuman qardosh xalqlar ijodkorlarini ezgu yo‘lda uchrashtirdi. Birinchi qadam qo‘yildi va yuz jildli kitoblar nashr etildi. Kelgusida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turkiy xalqlarning ellik tomdan iborat folklor asarlarini nashr etishni rejalashtiryapmiz. Biz¬da «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», qozoqlarda «Manas», boshqa millatlarda ham shu kabi folklor asarlar bor. Mana shu asarlar turli tillarga tarjima qilinsa, ularni o‘rgansak, ma’naviy dunyomiz yanada kengayadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, TURKSOY Yozarlar birligining ilk yig‘ilishi ham «Mumtoz she’riyat» festivali doirasida o‘tkazildi. Unda TURKSOY tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev va faxriy raisi Anar Rzayev, TURKSOY Yozarlar birligi hamda Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulug‘bek Yesdavlat, Yevroosiyo, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tatariston va Boshqirdiston Yozuvchilar uyushmalari vakillari ishtirok etishdi. Mazkur nufuzli xalqaro tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlar o‘rtasida adabiy aloqalarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Ha, millatning ruhi uning tilida, adabiyotida aks etadi, yashaydi. Shu ma’noda qardosh xalqlar o‘rtasida adabiy aloqalar kuchayar ekan, ular o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari ham mustahkamlanib bora¬veradi deb komil ishonch bilan aytishimiz mumkin. O‘ylaymizki, Navoiy shahrida joriy yil mart oyining oxirida bo‘lib o‘tgan «Mumtoz she’riyat» xalqaro festivali ham, uning doirasida o‘tkazilgan TURKSOY Yozarlar birligining ilk yig‘ilishi ham hech shubhasiz, turkiy xalqlar o‘rtasida qardoshlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga, adabiy do‘stligimiz esa abadiy do‘stligimizga xizmat qilajak. Bobomurod TOSHEV tayyorladi. ⚙️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4088)⚙️ Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/383)⚙️ ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1700)⚙️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/384)⚙️ Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/385)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16]
JASORATING MANGU BARHAYOT O‘zbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatori Ikkinchi jahon urushida faol ishtirok etib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Ajdodlarimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun chinakam ibrat maktabi, g‘urur-iftixor manbayi bo‘lib, yillar o‘tgani sari bu o‘lmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirish, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarimizga e’tibor va ehtirom ko‘rsatish yurtimizda olijanob an’anaga aylangan. Urushning ilk kunlaridanoq, O‘zbekiston ichki ishlar organlarining ko‘plab mard xodimlari o‘z ixtiyori bilan frontga otlanib, uning eng qaynoq nuqtalarida qahramonona jang qildilar. Urushning dastlabki kunlari Sobiq ittifoq Ichki ishlar xalq komissarligining buyrug‘i asosida respublika bo‘yicha 57 nafar rahbar xodim tezkor ravishda armiya saflariga yuborildi. Bu davrda Toshkent o‘rta-maxsus militsiya maktabi front uchun kadrlar tayyorlovchi asosiy bazalardan biriga aylandi. Urushning birinchi yilida maktab tinglovchilarining 60 foizi, komandir-o‘qituvchilarning 30 foizi, Samarqand viloyati ichki ishlar organlaridan 1489 nafar, Toshkent temiryo‘l militsiyasi bo‘limining 204 nafar xodimi o‘zbek milliy diviziyasi, shuningdek, general Panfilov diviziyasi safida jangga kirdi. Kadrlar yetishmasligi tufayli Toshkent o‘rta-maxsus militsiya maktabida o‘qish muddati 2 yildan 9 oyga qisqartirildi, bundan tashqari, 3 oy-u 20 kunlik kurslar tashkil etilib, tezkor ravishda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan kursantlarning bir qismi frontga yuborilgan bo‘lsa, qolgan qismi militsiya organlarida xizmat qilish uchun yo‘llanma oldi. 1941-yil 30-iyunda O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligining «Ichki ishlar organlari xodimlariga ta’til berishni bekor qilish va ta’tildagi xodimlarni xizmatga chaqirib olish to‘g‘risida»gi buyrug‘i e’lon qilindi. Unga asosan, jinoyat qidiruv sohasida tezkor tadbirlar yanada kuchaytirilib, militsiya organlarida rahbarlarning sutkalik navbatchiligini tashkil etish, rahbarlarning jinoyat sodir etilgan joylarga shaxsan chiqishlari yo‘lga qo‘yildi. Shaxsiy tarkibning asosiy qismi frontga safarbar etilishi natijasida respublika ichki ishlar organlarida kuchli kadrlar yetishmovchiligi yuzaga keldi. Sharoit taqozosiga ko‘ra, militsiya saflari harbiy komissarliklar orqali yarador bo‘lib frontdan qaytib kelgan kishilar, sog‘lig‘i va yoshi tufayli armiyada xizmat qilishi cheklangan shaxslar, ayollar, qariyalar va hattoki voyaga yetmagan o‘smirlar hisobiga to‘ldirildi. Shu o‘rinda ichki ishlar organlarining front ortidagi faoliyati ham oson kechmaganligini ta’kidlash joiz. Zero, xalq xo‘jaligi va front uchun muhim bo‘lgan strategik obyektlarni qo‘riqlash, harbiy yuklarni talon-toroj qilishning oldini olish, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari hamda oziq-ovqat kartochkalari oldi-sotdisini nazorat qilish, okkupatsiya qilingan hududlardan evakuatsiya qilingan bolalarning qarovsizligi va nazoratsizligiga qarshi kurashish, yaqinlari bilan aloqasi uzilgan insonlarga ularni topishda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqalar xodimlardan fidokorona xizmatni talab qilar edi. ., [25.05.2023 14:16]
Ayni vaqtda, turli hududlardan evakuatsiya qilingan, tayinli mashg‘uloti bo‘lmagan shaxslar hisobiga kabi yirik shaharlarda uyushgan jinoyatchilik, qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik kabi og‘ir jinoyatlar soni ko‘paydi. Ichki ishlar xalq komissarligi ko‘rsatmasiga binoan, ushbu jinoyatlarga qarshi kurash kuchaytirilib, olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida qisqa muddatda Toshkent shahri va uning atrofidagi hududlarda 102 nafar qurolli jinoyatchi qo‘lga olindi. Natijada Toshkent shahrida og‘ir jinoyatlar sodir etilishi holatlari birmuncha kamaydi. Shu o‘rinda ichki ishlar organlari xodimlarining frontda ko‘rsatgan jasoratiga alohida to‘xtalish o‘rinli. Chunki ular o‘z hayotini xavf-xatarga qo‘yib, Ukraina, Belorussiya, Leningrad, Xarkov, Kursk yoyi, Shimoliy va G‘arbiy frontlarda fashistlarga qarshi janglarda yuksak qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatdilar. Mard va jasur xodimlardan Sovet Ittifoqi qahramonlari – Mo‘ydin Hasanov, Aleksey Golubenko, Ivan Kirpichenko, Polsha Respublikasi qahramoni Qahhor Sharipov, uchala darajadagi «Slava» ordeni sohiblari – Tojiboy Rajabov, G‘ani Valiyev, Alimbay Amanbayev, frontdagi jasorati uchun o‘nlab orden va medallar bilan taqdirlangan Sharif Hasanboyev, Tilla Abdullayev, Zunnun Imamov, To‘xtasin Ibragimov, Islom Sattorov, Mo‘min O‘rinov, Burxon Sirojiddinov, Ummat Ubaydullayev, G‘ani Usmonov, Andrey Kravchenko, Meyrman Kenjaboyev, Abdujamil Tashmetov, urush yillarida «Smersh» kontrrazvedka bo‘limida xizmat qilgan Nortoji Ahmedovlarning nomlarini alohida keltirish mumkin. Quvonarlisi, ularning ayrimlari frontdan sog‘-omon qaytib, ichki ishlar organlarida xizmatni davom ettirdi, janglarda toblangan irodasi, fidokorona mehnatlari evaziga rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilib, polkovnik, general unvonlarigacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tdilar va haqli ravishda O‘zbekiston ichki ishlar organlarining shonli tarixida o‘chmas iz qoldirdilar. Urush yillari 13 yoshidan front ortida mehnat qilgan, keyinchalik ko‘p yillar ichki ishlar organlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan general G‘ofur Rahimov ta’biri bilan aytganda: «Urush ishtirokchilari, urush qahramonlari bo‘lgan bu kishilar O‘zbekiston militsiyasining ham qahramonlari edilar. Ular urushdan keyingi yillarda ham huddi frontdagi kabi o‘z jonlarini ayamasdan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdi. Ular ichki ishlar organlaridagi keyingi faoliyatida doimiy ravishda o‘z xizmatiga sodiqliq, qat’iyatlilik, matonatlilik va fidoyilik xislatlarini namoyon etdilar». Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, bugungi geosiyosiy jarayonlar keskin tus olgan, turli qarama-qarshilik va tahdidlar yuz ko‘rsatayotgan globallashuv zamonida har bir vatandoshimiz kabi, eng avvalo, ichki ishlar organlari xodimlarida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda, ularda o‘z ona Vatani taqdiriga, uning kelajagiga daxldorlik hissini qaror toptirishda Ikkinchi jahon urushida ajdodlarimizning ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklariga tayanamiz. ., [25.05.2023 14:16]
Bu xotira sizu bizni, har on hushyor va ogoh bo‘lishga, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikning, millatlararo totuvlikning qadriga yetib, uni ko‘z qorachig‘iday asrashga, bor kuch-g‘ayratimizni Vatanimizning porloq kelajagi yo‘lida safarbar qilishga da’vat etadi. Zotan, bu bizning bugungi ozod va obod Vatanimiz, tinch-osoyishta kunlarimiz uchun qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz oldidagi farzandlik burchimiz, qolaversa, kelajak nasllar oldidagi mas’uliyatimizdir. Elbek NORMUMINOV, Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bosh inspektori, mayor. ⚙️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4101)⚙️ Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/386)⚙️ ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1703)⚙️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/387)⚙️ Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/388)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16]
YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – MENING KONSTITUTSIYAM «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonuni 1-may kunidan e’tiboran kuchga kirdi. An’anaga ko‘ra, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni sifatida nishonlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning irodasini, istak-xohishi, intilishini, ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyatini o‘zida yaqqol aks ettiradi. U biz uchun nafaqat muhim hayotiy qo‘llanma, balki g‘urur-iftixor manbayi, taraqqiyotning huquqiy asosi hamdir. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Va, hech shubhasiz, hayotimiz qomusi – Konstitutsiyamiz barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi. Biroq, ayonki, davlat, jamiyat va fuqarolarning turmush tarzi o‘zgarib borishi asnosida, Konstitutsiya ham shunga mutanosib tarzda o‘zgarib, mukammallashib boradi. Bu ro‘y berishi lozim bo‘lgan tarixiy zaruriyat sanaladi. O‘zbekiston keyingi davrda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar olib borilyapti. Mazkur islohotlardan ko‘zlangan maqsadga to‘laqonli erishish esa Asosiy qonunimizni yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi. Shunga muvofiq, mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos va ishonchli kafolat yaratish nuqtai nazaridan Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklifi ilgari surildi. Turli soha vakillaridan iborat Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, ish boshladi. Mazkur komissiya dastlab Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflarni qabul qilish, jamlash va tahlil qilish ishlarini olib bordi. Shundan keyin ushbu takliflar asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasi parlamentning Qonunchilik palatasiga taqdim etildi. Alohida ta’kidlash kerakki, Konstitutsiya loyihasini tayyorlashda xalqimizning fikri, takliflari ikki bosqichda o‘rganildi. Birinchi bosqichda fuqarolardan Konstitutsiya loyihasini shakllantirishga qaratilgan 60 mingdan ziyod taklif olindi. Ikkinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Aholi ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i orqali loyiha bilan tanishdi, 150 mingdan ziyod taklif va mulohazalar bildirildi. Xuddi shuningdek, xalqaro-huquqiy hujjatlar, xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi. Buning natijasida yangi tahrirdagi Konstitutsiya 65 foizga o‘zgartirildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida: «Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi. Shunda har bir vatandoshimiz «Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam» deb yuksak g‘urur bilan ayta oladi», deb ta’kidladi. Referendum jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Uning saylovdan asosiy farqi shundaki, referendumda biror lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro‘yxati uchun ovoz berilmaydi, balki muayyan masala – qonun, qonun loyihasi, Konstitutsiya, Konstitutsiyaga tuzatish kiritishga oid savol qo‘yiladi. Referendumda qabul qilingan qaror oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi va faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Joriy yilning 30-aprel, yakshanba kuni yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi referendumi bo‘lib o‘tdi. Referendum byulletenida: «Siz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» degan savol berildi. Siyosiy tadbirda ishtirok etgan har bir fuqaro, har bir hamyurtimiz o‘z qarorini erkin ifoda qildi. ., [25.05.2023 14:16] Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini 383 nafar xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bordi. Jumladan, 14 ta nufuzli xalqaro tashkilotdan, xususan, YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilli davlatlar tashkiloti, Turkiy kengash Parlament Assambleyasi hamda Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa qator xalqaro tuzilmalardan 184 nafar, 45 ta xorijiy davlatdan 199 nafar xalqaro kuzatuvchi ushbu jarayonda ishtirok etdi. Ayni chog‘da referendumni ommaviy axborot vositalarining jami 964 nafar vakili, jumladan, 127 ta xorijiy ommaviy axborot vositasidan 192 nafar vakil bevosita yoritib bordi. 1-may kuni Markaziy saylov komissiyasining «2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 19 million 722 ming 809 nafar fuqaroning yarmidan ko‘pi, ya’ni 84,51 foizi referendumda ishtirok etganiga asoslanib, referendum amaldagi qonunchilikka muvofiq haqiqiy va bo‘lib o‘tgan, deb topildi. Referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar soni 15 million 34 ming 608 ta (ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 90,21 foizi)ni, referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar soni 1 million 558 ming 817 ta (ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 9,35 foizi)ni tashkil etdi. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan, deb hisoblandi. Xulosa qilib aytganda, yangilangan Konstitutsiya mamlakatimiz uchun adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir. Xususan, yangi Konstitutsiyaning 20-moddasi beshinchi qismida «Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi» deb belgilangan. Bu qoidaning Bosh qomusimizga kiritilishi mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari hamma narsadan ustun ekanligini yaqqol tasdiqlaydi. Zotan, Prezidentimiz aytganidek, «Insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak». Kamol OLLOYOROV, «Postda» muxbiri. ⏺Ўзбекистон Республикасининг янги таҳрирдаги Конституцияси жойланган янги телеграм канални (https://t.me/+tSKb7YVWvdQ1MzZi) 👈 тавсия қиламиз
⚙️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4103)⚙️ Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/389)⚙️ ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1704)⚙️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/390)⚙️ Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/391)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/c/1236166091/3753)⏺ ., [25.05.2023 14:16] 20-mavzu TINCHLIKPARVAR O‘ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATI Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosat borasidagi hamkorligi bugungi kunga kelib sifat jihatdan yuqori bosqichga ko‘tarildi. Xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yildan-yilga rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratishi natijasida yurtimizning Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon miqyosidagi siyosiy o‘rni va nufuzi keskin oshdi. Bu tarzdagi amaliy va faol tashqi siyosat hamkorlarimiz soni yanada kengayishiga xizmat qilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining bosh huquqiy asosi Konstitutsiyamizning 17 va 18-moddalarida aks etgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti ekanligi, davlatning tashqi siyosati boshqa davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga, shuningdek, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanishi mustahkamlab qo‘yilgan. Mamlakatimiz Prezidenti «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobida yurtimiz tashqi siyosatining asl mohiyati haqida so‘z yuritib «Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz. Hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari O‘zbekiston hududida joylashishiga, shuningdek, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, bundan buyon ham davlatimizning qat’iy siyosiy pozitsiyasi bo‘lib qoladi» deb ta’kidlagan edi. So‘nggi yillarda tinchlikparvar tashqi siyosatimizda ham muhim transformatsion o‘zgarishlar yuz berayotganligini ham aytib o‘tish joiz. Ta’kidlash o‘rinliki, mamlakatimiz tinchlikparvar tashqi siyosati mintaqada, qolaversa, turli hududlarda yuz berayotgan notinchliklarni, kelishmovchiliklarni tinch, diplomatiya yo‘li bilan hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. O‘zbekiston qo‘shni Afg‘oniston bilan aloqalarni kengaytirishni, mazkur mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarda faol ishtirok etishni davom ettirmoqda. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston iqtisodiyotining qayta tiklanishiga, uning transport, ishlab chiqarish, energetik va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishga ko‘mak berishda davom etyapti. O‘zbekiston ushbu hududda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi eng muhim subyekt hisoblanadi. 2002-yildan beri ushbu davlatga yurtimiz tomonidan elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. «Surxon–Puli–Xumri» yangi elektr tarmog‘ining ishga tushirilishi bu sohani yanada jadallashtirdi. Hozirda faoliyat olib borayotgan «Hayraton–Mozori Sharif» temiryo‘lini Hirotgacha davom ettirish loyihasi amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘lib, mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari bu mintaqa bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, «O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu har tomonlama chuqur o‘ylab tanlangan yo‘ldir. Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston ushbu mintaqaning barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir». Qo‘shni davlatlar rahbari bilan muloqotlar davomida Markaziy Osiyo davlatlarini qiziqtiradigan xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sog‘liqni saqlash va ekologiya sohalarida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muhim qo‘shma qarorlar qabul qilinmoqda. ., [25.05.2023 14:16] «2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi»ning uchinchi ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish belgilangan. Bu natijalarga erishishda ham davlatimizning tashqi siyosati, tinchlikparvar hamkorlik aloqalarini bugungidan-da mustahkamlash va kengaytirish zarur hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish borasida yana shu yo‘nalishning o‘zida investitsion muhitni yanada rivojlantirishga oid muhim maqsadlar ham belgilangan. Xususan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSH dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish kabi muhim maqsadlar o‘rin olgan. Ushbu natijaga erishish uchun investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmini oshirish bo‘yicha «pastdan-yuqoriga» tamoyili asosida, yangi tizim yo‘lga qo‘yilib, 2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasi amalga oshiriladi. Bu natijalarni qo‘lga kiritishda yurtimizning tinchlikparvar tashqi siyosati muhim masala sifatida belgilangan. Tashqi siyosat va tashqi investitsion muhitning muhimligini birgina o‘tgan yilda yurtimizga jalb qilingan investitsiya miqdori 8 millird AQSH dollaridan oshganligi, tashqi savdo esa davlat yillik yalpi ichki mahsulotining deyarli 25 foiziga teng bo‘lib, uning miqdori 19 milliard dollarga yetganligidan anglab olishimiz mumkin. O‘zbekistonning tashqi siyosat strategiyasi har qanday davlat bilan hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikning barcha jabhalarida keng aloqalarni olib borishga asoslangan. Bu borada mamlakatimizning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish maqsadida hamkor mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli, doimiy muloqot olib borilyapti. Ular bilan ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda aloqalar yanada mustahkamlanmoqda. Tashqi siyosatimizning yana bir muhim yo‘nalishi O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, chet ellarda mamlakatimizning yangi diplomatik vakolatxonalarini ochish masalasi hisoblanadi. O‘tgan davrda yurtimiz tashqi sheriklari tarkibiga Janubiy-g‘arbiy Osiyodagi bir qator yetakchi davlatlar, xususan, arab davlatlari va Yevropadagi yangi iqtisodiy hamkorlar qo‘shilganligini aytish mumkin. O‘zbekiston 2019-yildan Turkiy davlatlar tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirgach, Yevropadagi yangi hamkor davlat – Vengriya bilan yangi aloqalar, hamkorlik masalalari belgilandi. Ikki davlat rahbarlarining o‘zaro rasmiy tashriflari amalga oshirildi. 2021-yil mart oyida Vengriya Respublikasida O‘zbekistonning elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. Arab davlatlari va Fors ko‘rfazi mintaqasi davlatlari bilan ham hamkorligimiz yangi bosqichga ko‘tarilib, bir qator yangi marralarga ham erishib kelinmoqda. Mintaqaning eng iqtisodiy barqaror davlati bo‘lgan Qatar davlati bilan so‘nggi yillarda yangi hamkorlik bitimlari, o‘zaro savdo, tovar ayriboshlash rivoj topib bormoqda. Ushbu aloqalarning amaliy ifodasi sifatida 2023-yilning yanvar oyidan mamlakatimizda Qatar davlatining favqulodda va muxtor elchisi o‘z faoliyatini boshladi. ., [25.05.2023 14:16] 21-mavzu BOLALAR – YURT KЕLAJAGI (1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni) Biz azal-azaldan bolajon xalqmiz. Hayotimiz davomchilari, ertamiz egalari bo‘lmish bolalarni asrab-avaylash, himoya qilish, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk qilib tarbiyalash davlat va jamiyat, qolaversa, barchamizning insoniy burchimizga aylangan. Yoshi ulug‘larimiz ham har safar duoga qo‘l ocharkan, eng avval Yaratgandan ertamizning tayanchi – farzandlarimizning baxt-u kamoli, saodatini so‘raydi. «Bolaning begonasi bo‘lmaydi», «Bol shirin, boldan bola shirin», «Farzand – belning quvvati», «Farzanding – davlating» kabi o‘nlab hikmatli so‘z va maqollar xalqimizning dilidan tilga ko‘chib, hayotiy haqiqatga aylanib ulgurgani ham bor gap. Yurtimizda bolalar huquq va erkinliklari kafolatlangan, manfaatlari muhofaza qilingan. O‘zbekiston bola huquqlariga oid beshta xalqaro konvensiyaga qo‘shilgan. Xususan, ayni paytda BMTning «Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi»da nazarda tutilgan maqsad va vazifalar hayotga izchil tatbiq etil¬yapti. Konstitutsiyamiz va boshqa qator qonunlar asosida voyaga yetmaganlarning huquqlari ta’minlanmoqda. Bola huquqlarini himoya qiluvchi Bolalar ombudsmani institutining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida», «Bolalarni ular¬ning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari yurtimizda yosh avlodni har tomonlama himoya qilish, turli tahdid va ma’naviy xurujlardan asrash, majburiy mehnatga jalb etmaslikka xizmat qilyapti. Ma’lumki, bolaning huquqi uning tug‘ilishidan avval paydo bo‘ladi. Shu bois mamlakatimizda go‘dakning, avvalo, sog‘lom tug‘ilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chaqaloqlar dunyoga kelgan kundan boshlab tibbiy nazoratga olinayotir. Ularni turli kasalliklardan, sog‘lom kamol topishiga xavf soladigan ta’sirlardan asrash chora-tadbirlari ko‘rilyapti. Poytaxtimizda zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan Bolalar milliy tibbiyot markazi qurilib, o‘z faoliyatini boshlagani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a emas. Qiymati 130 million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan mazkur tibbiyot markazi Koreya Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi (EDCF) ishtirokida barpo etilgan bo‘lib, uning tarkibidagi poliklinika kuniga 250 nafargacha bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega. Markaz magnit rezonansli tomografiya, multispiral kompyuter tomografiyasi, zamonaviy laboratoriya hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan. Shuningdek, ayni paytda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlar miqyosida ham neonatal xirurgiya, bolalar kardiojarrohlik, qizlar ginekologiyasi hamda kaminvaziv (laparoskopik) ginekologiya va Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘limlari tashkil etildi. Bolalar gematologiya va onkologiyasi xizmatini tubdan yaxshilash yo‘nalishida ham katta o‘zgarishlar boshlangan O‘zbekiston bolalarini sog‘-salomat, ham jismonan, ham aqlan yetuk bo‘lib voyaga yetishi yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlardandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ta’limning birlamchi va asosiy bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimi qayta isloh etilib, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqildi. Xususan, zamon talablariga mos, yangi bog‘chalar qurilmoqda, mavjudlarini ta’mirlashga katta e’tibor qaratilyapti. Sohada xususiy sektorni rivojlantirishga, malakali kadrlar tayyorlashga, bog‘chalarda o‘g‘il-qizlarni sog‘lom ovqatlantirish hamda ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini yaxshilashga alohida ahamiyat berilmoqda. Bularning barchasi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrovini oshirib, ularning sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratmoqda. Tizimdagi islohotlar samarasi o‘laroq, so‘nggi yillarda mamlakatimizda bog‘chalar soni 6 barobarga ko‘paydi. Bog‘chalarda ta’lim va tarbiya oladigan bolalar soni 2 millionga yetkazilib, qamrovi 70 foizga chiqdi. ., [25.05.2023 14:16]
Ayni paytda nafaqat yirik shaharlarda, balki mamlakatimizning eng chekka hududlarida ham o‘g‘il-qizlari¬miz sifatli ta’lim olishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimi moddiy-texnik bazasining yangilanishi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanganligi, sport inshootlarining zamonaviy inventarlar bilan jihozlanishi ertamiz egalarining ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom avlod bo‘lib voyaga yetishida imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum va nogironligi bo‘lgan bolalarga ta’lim berish hamda ularni ta’minlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshirilyapti. Sirasini aytganda, ilm-fan, sport, san’atda zamonaviy bilim va tafakkurga, sog‘lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga qodir yosh avlodning yuksak salohiyati, dunyoni lol qoldirayotgan yutuqlarini ko‘rganda, beixtiyor qalbimiz faxr-iftixorga to‘lishi rost. Ishoning, ayni damlarda pokiza tuyg‘ulari-yu savolnamo nigohlari bilan shu zaminga ilk qadamlarini qo‘yayotgan har bir bolajonga qaratilgan e’tibor ana shu quvonchning bardavomligini ta’minlaydi. Zero, uning ertasi, yorug‘ istiqboli O‘zbekis¬ton kelajagiga tutashdir. Gulnoza TURG‘UNBOYEVA, «Postda» muxbiri. ⚙️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4129)⚙️ Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/397)⚙️ ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing (https://t.me/PI_MADAD/1708)⚙️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/397)⚙️ Рус тилида ўқинг / Читать по русски (https://t.me/marifatdarsi_word_pdf/398)⏺ 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular (https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi/4090)⏺ Download 366.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling