Umumiy qism 3-§. IshNi ta’lim bilan birga qo‘Shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar VII bob. Ish Vaqti
Download 17.79 Kb.
|
MEHNAT KODEKSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 123-modda. Ish vaqtini jamlab hisobga olish
- 248-modda. Ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borish uchun sharoitlar yaratib berish
- Magistratura to‘g‘risida NIZOM II. Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSI UMUMIY QISM 3-§. IShNI TA’LIM BILAN BIRGA QO‘ShIB OLIB BORAYOTGAN ShAXSLAR UChUN IMTIYOZLAR VII BOB. ISh VAQTI 115-modda. Ish vaqtining normal muddati Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim. Korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilingan taqdirda ushbu Kodeksning 123-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi. 123-modda. Ish vaqtini jamlab hisobga olish Hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmaydigan shart bilan korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin (115, 116, 117, 118-moddalar). Bunda hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa o‘n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim. Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llanish tartibi, shuningdek hisobga olinadigan davr mobaynida xodimlarga har oyda to‘lanadigan ish haqi miqdorini tenglashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar jamoa shartnomasida belgilanadi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. Ish vaqtini jamlab hisobga olish ayrim toifadagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish xususida belgilangan cheklashlarga (220-moddaning beshinchi qismi va 228, 245-moddalar) rioya qilgan holda joriy etiladi. 248-modda. Ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borish uchun sharoitlar yaratib berish Ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qaroriga ILOVA Magistratura to‘g‘risida NIZOM II. Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar 7. Magistr: tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga; kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga; oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olishga tayyorlanadi. 8. Magistr o‘z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari: ilmiy-pedagogik; ilmiy-ijodiy; ilmiy-tadqiqot va tajriba; loyiha-konstruktorlik; loyiha-texnologik; ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari bo‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin. Download 17.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling