203-guruh Salimov Behruz


Download 333.34 Kb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi333.34 Kb.
#1781897
  1   2   3   4
Bog'liq
G’aybiyev Ro’ziboy.


•Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabasi G’aybiyev Ro’ziboyning Moddiy, madaniy, arxeologik meros obektlarini muhofaza qilish va turizm fanidan. tayorlagan slaydi

Ulugʻbek rasadxonasi 

Ulugʻbek rasadxonasi - Samarqanddagi 15-asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi.

  • Ulugʻbek rasadxonasi - Samarqanddagi 15-asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi.
  • Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428 — 29 yilda Koʻhak (Choʻponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qoʻlyozmalar ("Boburnoma")ga koʻra, bal. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo'lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qoʻshaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Kvadrantning jan. qismi yer ostida, qolgan qismi shim. tomonda yer sathidan 30 m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga toʻgʻri keladi. Rasadxona oʻrta asrlarda asbob uskunasi jihatdan ham beqiyos boʻlgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari — ekvator va ekliptika orasidagi burchakni oʻlchash, yillik pretsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Rasadxonada kichik oʻlchamli asboblar: armillyar sfera, 2, 4 va 7 halqadan iborat oʻlchov asboblari, triangula, quyosh hamda yulduz soatlariasturlob va boshqalar boʻlgan. Bu ilmiy uskunalar yordamida QuyoshOysayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan. Mirzo Ulugʻbekning eng yirik astronomik asari "Ziji Koʻragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulugʻbek taklifi bilan yigʻilgan qator mashhur olimlar Gʻiyosiddin KoshiyQozizoda RumiyAli Qushchi va boshqalar nomi bilan bogʻliq.

Download 333.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling