204 -gurux talabasi Mahdiyeva Shahzodaning “Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi Toshkent-2022 y


Download 46.79 Kb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi46.79 Kb.
#1056274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mahdiyeva Shahzoda

Komil insonni tarbiyalash – umumbashariy g`oya. Ya`ni, bu –jami odamzodga xos orzu. Lekin buni amalga oshirishda har bir xalq o`zining milliy xususiyatlari,an`ana va qadriyatlaridan kelib chiqadi. Shuning uchun har bir xalqning o`zi intiladigan komillik timsollari bo`ladi. Siz kitoblarda o`qigan Alpomish, Barchinoy,Farhod, Shirin, Kenja botir kabi qahramonlar xalqimiz tasavvurida yaratilgan barkamol siymolardir. Ular xalqning o`z farzandlarini mard, pahlavon, qo`rqmas sogqlom mukammalqilib tarbiyalash yo`lidagi orzularni ifodalaydi.

Shuningdek, muayyan tarixiy davirlarda xalq taqdirida beqiyos o`rin tytgan buyuk zotlar ham mukammal fazilatlar timsoliga aylanib qoladi.Shu manoda, komillik g`oyasi nafaq alohida shaxslarni, balki xalq va millatlarni ham yuksak taraqqiyot sari yetaklagan, ma`naviyat va ma`rifat bobida tengsiz yutuqlarga ilhomlantirgan. Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga yetkazish haqida qayg`urmagan xalqning, millatining kelajagi yo`q.

Har bir inson uchun o`z ota –onasi, ustozlari,xalqi qadirdon yurtining rahbari komillik timsoli hisoblanad.Shuning uchun bizning har birimiz o`z ota-onamizni, ustozlarimizni , xalqimizni va mana shu xalqimiz saylangan Prezidentimizni dunyoda eng aziz va barkamol insonlar deb bilamiz, ular bilan faxrlanamiz.

Komillik – mukammalik deganidir.

Inson mukammal bo`lishi uchun ozod va hur bo`lishi lozim. Bugungi kunda Vatanimizda sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida qilinayotgan ko`pdan - ko`p ishlar xalqimiz o`zining bu boradagi intilishlarini analga oshirish uchun aniq reja ega ekanini ko`rsatadi.Chunki barkamol insonlar yashaydigan jamiyatgina mukammal va adolatli bo`ladi.

Komillikning ziddi- noqislik, ya`ni nuqsonlilikdir. To`g`ri,hammada ham kamchilik bo`lad. Xalqimizning “Beayb-Parvardigor” degan hikmatli gapi bekorga aytilmagan.

Har bir insin yoshligidan orzular bilan yashaydi, xalqiga, Vataniga foydasi tegadigan kishi bo`lib yetishishni o`ylaydi.Demak, kimki oldinga qarab intilsa, yuksak orzular bilan yashasa, u tom ma`noda o`sib, ulg`ayib, mukammallashib, fazilati ortib boraverad. Fazilat o`rniga nuqsonlari ko`ziga tashlanib qola boshlaydi. Buning mukammalligini, ya`ni qysurli va nuqsonli odam ekanini ko`rsatadi.



Download 46.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling