20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги
Download 1.69 Mb.
|
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)
Ishni bajarish tartibi
Kerakli asbob va uskunalar: 1. litrli purka; 2. texnik tarozi; 3. kerosin; 4. turli miqdordagi o'lchov slindrlari; 5. namuna uchun turli xil don na'munalari. Joylashuv zichligi foizlarda ifodalanadi va quyidagi formula bilan topiladi: t= x100, g'ovaklik esa S= x100 Bu yerda; V-don massasi tarkibidagi qattiq komponentlarning haqiqiy hajmi, sm3. V1- don massasining umumiy hajmi sm3. Kuzatishlarga qaraganda t va S ning yanada aniq va solishtirma qiymatlarinin GOST 10846-76 ga asoslanib, 1000 ta donni massasini topish usullaridan foydalangan holda aniqlash mumkin. 1000 ta donning haqiqiy hajmi aniq hajmgacha (10-50 sm3) don namiqmaydigan suyuqlik - kerosin solingan o'lchamli silindrga oldindan sanalgan donlarni tashlash yo'li bilan aniqlanadi. Suv ishlatishdga ruxsat berilmaydi, chunki suvning miqdori donlar tomonidan shimilishi mumkin. Shuningdek, donlar to'liq namlanmasligi, don massalari orasidan havoning uchib ketishi va shular hisobiga noaniq natijalar yuzaga kelishi mumkin. 1000 ta donni silindrga tushurgandan keyin uning ichidagi suyuqlikning oshgan qiymati haqiqiy hajmning izlanayotgan qiymatini beradi. Don massasining umumiy hajmini V1 natura orqali ifodalash mumkin va istalgan oquvchan massaning hajmini aniqlovchi formuladan foydalanish mumkin. V1= , Bu yerda: P - 1000 ta donning massasi, gramm; j - donning naturasi, g/l (litrli purkalarda aniqlanadi GOST 10840-64). Donlar orasidagi bo'shliq quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: S=100 - t, % Unga t va V ning qiymatlarini qo'yib, S=100- x100, S=100- , Yoki S=100- lar topiladi. P, V va V1 lar hisoblanib, don massalarining joylashuv zichligi, ular orasidagi bo'shliq va shu bo'shliqning havo bilan ta'minlanganlik qiymatlari topiladi. Don massasining asosiy tavsiflaridan biri uning havo bilan ta'minlaganligi yoki 1 tonna don massasida mavjud bo'lgan havoning hajmidir. Bu ko'rsatkich don massasini faol shamollatishda qo'llaniladi. Don massasining havo bilan taminlanganligi (sm3/g yoki m3/g) quyidagi formula orqali aniqlanadi: F= . Bu yerda: V1-V-1000 ta dondan tashkil topgan don massasi tarkibidagi havoning hajmi, sm3; Formulaga V1 ning qiymatini qo'ygan holda quyidagi ko'rinishni olamiz: F = Don omborlaridagi donlar orasidagi havoning haqiqiy hajmi nafaqat P, V, j kabi kattaliklardan, balki don massasining joylashuv zichligidan, o'z navbatida saqlashning davomiyligidan va saqlash sharoitlaridan ham bog'liqdir. Xulosa: Don orasidagi bo'shliq, don komponentlari, joylashuv zichligi va donlarning havo bilan taminlanganligini aniqlash ishlarini standartlar bilan solishtirib ko'rish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling