Laboratoriya ishi №2. Dondagi aralashmalar tarkibi va miqdorini aniqlash.
Ishdan maqsad: Donning ifloslanganlik darajasini aniqlash uslubini va begona aralashmalarni sinflashni o‘rganish.
Asosiy tushunchalar
Don partiyasida aniqlangan aralashmalar miqdori uning umumiy uyumiga nisbatan foizda ifodalanishi don massasining iflosligi deyiladi. Don partiyasidagi barcha qattiq komponentlardan iborat don massasini ikki guruxga ko‘z bilan ajratish mumkin.
1. Asosiy don bo‘lib, undan mahsulot olinadi.
2. Aralashmalar bo‘lib, ularning ayrim qismlaridan mahsulot olinmaydi, ayrim qismining cheklangan miqdori asosiy don bilan birga qayta ishlanadi.
Aralashmalar esa o‘z navbatida keraksiz va donli aralashmalarga bulinadi.
Ishni bajarish tartibi
Kerakli asbob va uskunalar:
1. BIS-1 Don namunasini taqsimlovchi qurilma.
2. Texnik tarozi.
3. Tahlil taxtasi.
4. Shpatel.
5. Elaklar to‘plami diametri 1 mm; 1,7x20 mm.
Bug‘doy donidagi aralashmalar tarkibi va miqdorini aniqlash.
O’rtacha namunadan 50 g miqdordagi namuna texnik tarozida o‘lchab olinadi va 3 min davomida elaklarda diametri 1 mm va o‘lchamlari 1.7x20 mm bo‘lgan elaklarda elanadi. Elaklarning har biridan o‘tganlari tahlil taxtasiga alohida joylashtiriladi va shpatel yordamida asosiy don va aralashmalar fraksiyalarga ajratiladi. Har bir aralashma fraksiyasi alohida, texnik tarozida 0,01 g. aniqlikgacha o‘lchanadi va namuna miqdoriga nisbatan % hisobida quyidagi formula asosida hisoblanadi.
X= (a x 100) /b;
Bunda a- chiqindilar miqdori, gr__________________________.
b- don o‘lchami, gr_________________________.
Ishning natijasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |