21- mavzu. Boyitish Maxsulotlarini Filtrlash


Download 490.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi490.91 Kb.
#1560840
1   2   3   4
Bog'liq
21-Mavzu

 
7.5. Sentrifugalash 
Sentrifugalash deb mayin zarrachali mahsulotlardagi suvni yo’kotish 
uchun markazdan qochirma kuchni ishlatib suvsizlantirish jarayoniga aytiladi. 
Sentrifugalarning sxemasi 38– rasmda keltirilgan. Yon devori setkali 
(teshik-teshik) yoki yaxlit konusli rotor o’z o’qi atrofida katta tezlikda aylanadi. 
Setkali rotorli tsentrifugalar filtrlovchi tsentrifugalar deyiladi va ko’pincha mayda 
ko’mirli boyitmalarni suvsizlantirish uchun ishlatiladi. 


Sentrifugalarning sxemasi. a) filtrlovchi; b) cho’ktiruvchi. 
Aylanuvchi rotor ichiga yuklangan mahsulot markazdan ko’chirma kuch 
bilan rotorning setkali yuzasiga sikiladi va sekin pastga sirpanuvchi cho’kma 
xosil qiladi. Suv shu kuch ta’sirida cho’kma orqali filtrlanib, setkaning teshiklari 
orasidan o’tadi va kuyulish patrubkalari orqali chiqarib olinadi. Yaxlit rotorli 
tsentrifugalar cho’ktiruvchi tsentri- fugalar deyiladi va suyuq bo’tanalarni 
suvsizlantirish uchun qo’lla- niladi. Suvsizlantiriluvchi mahsulot barabandagi 
tuynuk orqali markaz- dan qochirma kuch bilan tsentrifuga rotoriga tashlanadi va 
rotorning yaxlit yon devoriga siqiladi. Suv cho’kmadan siqib chiqariladi
rotorning yonbosh qopqog’idagi teshikdan oqib tushadi va quyulish patrubkasi 
orqali chiqarib olinadi. Cho’kma shnek yordamida
rotorning devori bo’ylab 
ikkinchi yon bosh qopqoqqa tomon xarakatlanadi va bo’shatuvchi voronkadan 
tushirib olinadi. Cho’ktiruvchi tsentrifuganing
rotori
va
shneki bir tomonga,
lekin 
turlicha tezlikda aylanadi. Ikkala turdagi tsentrifugalarning rotorlari xam qoplama 
bilan yopiladi.
Filtrlovchi tsentrifugalar yirikligi - 13 + 0 mm va namligi 15 - 30 % 
ko’mirli boyitmalarni suvsizlantirishda 8 – 10 % namligi mahsulot beradi
va 
ishlab chiqarish unumdorligi qattiq zarrachalar bo’yicha 30 – 40 t/soatga etadi. 
Cho’ktiruvchi tsentrifugalar esa -1 +0 mm li ko’mirli shlamlarni 
suvsizlantirishda 16 – 18 % namlikka ega cho’kmani ushlab beradi. Ishlash 
unumdorligi qattiq zarrachalar bo’yicha 40 – 60 t/soatga etadi. 

Download 490.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling