21- mavzu: Farmatsevtik eritmalar. Qiyomlar,xushbo‘y suvlar, spirtli va moyli eritmalarni ta’rifi, tasnifi, tavsifi. Ularnitayyorlash texnologiyasi.
Maqsad. Spirtli eritmalarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolash bilan tanishish.Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan dorivor qiyomlar texnologiyasi bilan tanishish va sifatini baxolash.Tarkibida xar xil turdagi efir moylarini saqlagan dorivor o‘simlik xom ashyolari yoki ularning konsentratlaridan hushbo‘y suvlarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolash yuzasidan umumiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Mavzuning ahamiyati. Farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqariladigan eritmalar orasida spirtli eritmalarning tutgan o‘rni katta. Shunday ekan, ularni tayyorlash usullarini kengaytirish, nomenklaturasini ko‘paytirish katta amaliy ahamiyatga egadir.Qiyomlar nafaqat TDV sifatida balki dori moddalarining nohush xidi va mazasini yo‘qotish uchun korrigent sifatida ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Shu nuqtai nazaridan ularni korxona sharoitida ishlab chiqarishni tashkil qilish katta amaliy ahamiyatga egadir.Hushbo‘y suvlar tayyorlash texnologiyasining oddiy va qulayligi, shuningdek ular asoan dorivor o‘simlik xom ashyolaridan olinganligi uchun ham, ularni farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va nomenklaturasini ko‘paytirish ham amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Amaliy mashg‘ulot mavzusini yoritishda “Labirint” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar.
Yodning 5% li spirtli eritmasi tayyorlanganda eritmada yod kristallarining borligi aniqlandi.
Idishdagi yod eritmasining konsentratsiyasi noaniq.
Nashatir anis tomchisi tarkibidagi ammiak me’yoridan kam.
Achchiq bodom hushbo‘y suvining sifati tekshirilganda undan ammiak xidi keldi.
Achchiq bodom hushbo‘y suvini uning kensentratidan tayyorlashda loyqalanish kuzatildi.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.
Spirtli eritmalar ta’rifi, tavsifi va nomenklaturasi.
Kamfora spirtining tarkibi va ishlatilishi.
Yodning 5 va 10% spirtli eritmalarini tarkibi.
Yodning 5% li spirtli eritmasini tayyorlashda kaliy yoddan foydalanish sababini tushuntiring.
Borat kislotasining 3% li spirtli eritmasini tayyorlanishi va ishlatilishi.
Qiyomlar ta’rifi, tavsifi va tasnifi.
Oddiy qand qiyomini tarkibi va texnologiyasi.
CHuchukmiya dorivor qiyomini tarkibi, texnologiyasi va ishlatilishi.
Hushbo‘y suvlarning ta’rifi va olish usullari.
Achchiqbodom hushbo‘y suvining tarkibi va tayyorlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |