Texnologiya asosida faoliyat turlari
|
Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar
|
Chizma
|
Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
1. Gazlamani namlab dazmollash (dekatirovkalash)
|
Dazmol
|
|
Gazlama namlanib, o’rni ipi yo’nalishida dazmollanadi.
|
2. Gazlama nuqsonlarini aniqlash, bo’yi va enini o’lchash
|
Bo’r, sm lenta
|
Gazlama o’ng tomonidan nuqsonlari teshik, ip va bo’yoqlar bir tekisligi va boshqalar) tekshiriladi. Aniqlangan nuqsonlar bo’r bilan belgilab qo’yiladi.
|
3. Gazlamani bichuv stoliga joylashtirish
|
Gazlama, bichuv stoli
|
Gazlama bichuv stoli ustiga yalang qavat qilib to’shaladi.
|
4. Gazlamaga xalatning old bo’lak andozalarini joylashtirish.
|
Bichuv stoli. Gazlama, bo’laklar andozasi, to’g’nog’ich
|
|
Xalat old bo’lagi o’rta va yon qism andozalari gazlama ustiga joylashtiriladi. Bunda bo’laklar tanda ipi yo’nalishi gazlama tanda ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi kerak. Tanda ipi yo’nalishidan bo’lakning og’ish kattaligi jadvalda keltirilgan.
Bo’laklar andozalarining to’g’ri chiziqli chetlari joylash ramkasining chetiga taqib qo’yiladi, egri chiziqli chetlari esa maydonchaning o’rtasiga to’g’ri keltiriladi. Shuningdek, bo’laklarning simmetrikligiga ahamiyat berish kerak.
|
5. Gazlamaga xalatning ort bo’lak andozalarini joylashtirish
|
Bichuv stoli. Gazlama, bo’laklar andozasi, to’g’nog’ich
|
|
Xalat ort bo’lagi o’rta va yon qism andozalari gazlama ustiga joylashtiriladi. Bunda bo’laklar tanda ipi yo’nalishi gazlama tanda ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi kerak. Tanda ipi yo’nalishidan bo’lakning og’ish kattaligi jadvalda keltirilgan.
Bo’laklar andozalarining to’g’ri chiziqli chetlari joylash ramkasining chetiga taqib qo’yiladi, egri chiziqli chetlari esa maydonchaning o’rtasiga to’g’ri keltiriladi. Shuningdek, bo’laklarning simmetrikligiga ahamiyat berish kerak.
|
6. Gazlamaga xalat yeng andozasini joylashtirish
|
Bichuv stoli, gazlama, bo’laklar andozasi, to’nog’ich
|
|
Xalat yeng bo’lagi andozalari gazlama ustiga joylashtiriladi.
Bunda bo’laklar tanda ipi yo’nalishi gazlama tanda ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi kerak. Tanda ipi yo’nalishidan bo’lakning og’ish kattaligi jadvalda keltirilgan.
Bo’laklar andozalarining to’g’ri chiziqli chetlari joylash ramkasining chetiga taqib qo’yiladi, egri chiziqli chetlari esa maydonchaning o’rtasiga to’g’ri keltiriladi. Shuningdek, bo’laklarning simmetrikligiga ahamiyat berish kerak.
|
7. Gazlamaga xalat bo’laklarining mayda andozalarini joylashtirish
|
Bichuv stoli, gazlama, bo’laklar andozasi, to’nog’ich
|
|
Xalat mayda bo’laklari andozasi (ustki yoqa, ostki yoqa, adip, cho’ntak, cho’ntak listochkasi) gazlama ustiga joylashtiriladi. Bunda bo’laklar tanda ipi yo’nalishi gazlama tanda ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi kerak. Tanda ipi yo’nalishidan bo’lakning og’ish kattaligi 2-jadvalda keltirilgan. Mayda bo’laklar andozalari yirik bo’laklar andozalari orasiga juda oz qiyqim chiqadigan qilib joylashtiriladi. Bo’laklarning simmetrikligiga ahamiyat berish kerak.
|
8. Joylamani bo’rlash.
|
Bichuv stoli, gazlama, bo’laklar andozasi, to’nog’ich, bo’r
|
|
Andozani bo’rlash o’tkirlangan bo’r yordamida bajariladi. Bunda:
chiziqlar 0,1 sm qalin bo’lmasligi kerak;
chiziqlar andoza konturi bilan mos tushishi kerak;
|