21-Amaliy ish. Cho’kindi va sochilma konlar bilan tanishish. Ishning maqsadi


Download 16.47 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi16.47 Kb.
#1603107
  1   2

21-Amaliy ish.
Cho’kindi va sochilma konlar bilan tanishish.
Ishning maqsadi: Cho’kindi va sochilma konlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Cho’kindi va sochilma konlarining hosil bo’lishi va unda uchraydigan foydali qazilmalarni o’rganish.
Sochilma kon deb suv, shamol, muzliklar yordamida saralanib o’z og’irligi ta’sirida cho’kib hosil bo’lgan metall va qimmatbaho tosh konlariga aytiladi. Sochilma konlar ba’zi foydali qazilmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Olmos, titan, volfram, qalay kabi xom ashyolarning qariyb yarmisi oltin, platina va ba’zi boshqa metallarning anchagina qismi sochilma konlardan olinadi.
Sochilma konlar hosil qiluvchi minerallarning, birinchidak solishtirma og‘irligi katta bo‘lishi, ikkinchidan, oksidlanish zonasida barqaror bo‘lishi, uchinchidan, etarli darajada mexanik mustahkamlikka ega bo‘lishi shart. Shunga asosan sochilma konlar quyidagi minerallar uchun xosdir (qavs ichida solishtirma og‘irligi ko‘rsatilgan): platina (21), oltin (19,3-15,6), kinovar (8,2-8), kolumbit (8,2-5,15), volframit (7,7-7,2), kassiterit (7,1-6,8), sheelit (6,1-5.9), monatsit (5,3-4.9), magnetit (5.2), ilmenit (5,4), sirkon (4,7), rutil (4,3-4,2), korund (4,1-3,9), granat (4.3-3,6), topaz (3.6-3,5), olmos (3.5).
Sochilma konlar uch xil manba - tub konlar, tog‘ jinslaridagi aksessor minerallar, qadimgi sochilmalar hisobiga hosil bo‘ladi. Odatda tub konlar hisobiga oltin, platina, olmos, kassiterit, volframit va kinovar konlari hosil bo‘ladi. Aksessor minerallarning to‘planishi esa monatsit, ilmenit, rutil, sirkon, granat, magnetit sochilmalarini hosil kiladi.
Sochilma konlarning tarkibi ularning tub manbai bulmish turli tog‘ jinslari bilan ma’lum minerallar assotsiatsiyasi tufayli aloqadordir. Shuni ham aytish kerakki, maxsus adabiyotlar asosida minerallarning qator belgilari (kristallar gabitusi, zarrachalarining kattaligi, solishtirma og‘irligi, tiniqligi, rangi, qo‘shaloqligi va xokazo) ga tayangan holda sochilmalar manbaini aniqlash mumkin.
Sochilma konlar xosil bo‘lish sharoitiga qarab quyidagicha ajratiladi: 1) elyuvial, 2) delyuvial, 3) prolyuvial, 4) allyuvial, eol. 6) dengiz kirg‘oq bo‘yi, 7) flyuvioglyasial.
Sochilmalar konlari yer yuzasida tog’ jinslari va maxalliy foydali qazilmalar moddalarining emirilishi va qaytadan to’planishi jarayonida hosil bo’ladi. Bundan tashqari tektonik siniq qatlamlar orasida qimmatbaxo minerallar kontsentratsiyasi mavjudligi natijasida shakllanadi. Ularning paydo bo’lishi fizikaviy va kimyoviy nurash bilan bog’liq. Maxalliy manbalar emirilgan joyida elyuvial sochmalar xosil bo’ladi. Nuragan material aralashtirilganda qoyalikda (tog’ yon bag’rida) delyuvial sochmalar shakllanadi.
Uning qiyaliklar etagida to’planishi prolyuvial sochilmalarning hosil bo’lishiga olib keladi. Daryolar bilan yuviladigan parchalangan material daryo, yoki allyuvial sochilmalarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Suv havzalarida esa, u ko’llar, dengizlar va okeanlar qirg’oq bo’ylarida qirg’oqbo’yi yoki litoral sochilmalarni hosil qiladi. Muzliklar natijasida muzli yoki glyatsial sochilmalar paydo bo’ladi, shamol natijasida esa eol sochilmalari hosil bo’ladi.
Elyuvial sochilmalar – maxalliy jinslar (manbalarning) emirilish mahsulidir. Elyuvial sochilmalarning amaliy ahamiyati uncha katta emas. Ularning orasida Janubiy Afrikada oltin, olmaoslar sochilmalari, Braziliyada baddelit, Malayziya va Indoneziyada kassityerit – kolumbit sochilmalarni qayd etib o’tish mumkin.
Delyuvial sochilmalar parchalangan materiallar qoldiqlarini ularning qiyalik bo’ylab siljishi-sirpanishi jarayonida navlarga ajralish bosqichida shakllanadi. Bunda intensiv nurashning ustki zonasi ajratiladi. Delyuvial sochilmalar ichida Afrika oltini va olmosi konlari, Qozog’istonda kassityerit va volframit, korund konlari, Uralda valunsimon temir rudalar konlari ma’lumdir.
Prolyuvial sochilmalar. Ular uchun tog’larni uzluksiz qamrab oluvchi, prolyuvial shleyflar deb ataluvchi olib chiqish konuslari xaraktyerli hisoblanadi. Ular kam uchraydi, masalan Afrika olmos va Sibir monotsiti prolyuvial sochilmalari.

Download 16.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling