1. Volframit haqida malumot. Grossulyar, kobaltin haqida. Gneys, angidrit, suglinot. Volframit
Download 346.2 Kb.
|
arslon
MUSTAQIL ISH Mavzu: Volframit, grossulyar,kobaltin,gneys,angidrit,suglinot. REJA: 1.Volframit haqida malumot. 2.Grossulyar, kobaltin haqida. 3.Gneys, angidrit, suglinot. VOLFRAMIT — volframatlar guruxiga mansub mineral, kimyoviy formulasi (Fe, Mn) [WO4]. Qoʻshimchalari Zn, Mg, Ta, Nb, Th, Sc va b. Monoklin singoniyali. Prizmatik kristallar. V. ning temirga boy turi — ferberit, marganesga boy turi — gyubnerit. Rangi qoʻngʻir-qora. Qattiqligi 5—5,5; s. ogʻ. 6,7—7,5. Tarkibida temir boʻlgan xillari ogʻirroq, kuchsiz magnitli xususiyatga ega. Greyzenlar va kvars tomirlarida muskovit, topaz, flyuorit, berill, vismutin, kassiterit, molibdenit, arsenopirit, kamroq antimonit bilan birga uchraydi. Volfram olinadigan asosiy ruda. V. dan olingan volfram metallurgiyada oʻta qattiq qotishmalar tayyorlashda, elek trotexnika, kimyo, chinni sanoati va kulolchilikda ishlatiladi Grossulyar — granatlar guruhiga mansub mineral. Tuzilishi krijovnik mevasiga oʻxshash, lotincha (grossularia — krijovnik) nomi shundan. Kimyoviy formulasi Ca3Al2{SiO4}r Kub singoniyali, shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 6,5 — 7,5. Zichligi 3530 - 3600 kg/m3. Och yashil, sargʻish, qoʻngʻir, rangsiz kristallar, agregatlar. Skarnlar minerali. Shaffof turi zargarlikda ishlatiladi. Oʻzbekistonda (skarn jinslarda), Avstriya va Shveysariya (alp tomirlarida), Pokiston (pokiston zumradi), Tanzaniya, RF (Sharqiy Sibir)da uchraydi. KOBALTIN, kobalt yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga oid mineral, kimyoviy formulasi: CoAsS (Co — 35,4%, As – 45,3%, S – 19,3%). Ni, Fe aralashmalari ham mavjud. Kub sistemada kristallanadi. Rangi oq, pushti donador agregat va kristallardan iborat. Metallsimon yaltiroq. Qattikligi 5,5; zichligi 6,2 g/ sm3. Moʻrt. Elektrni yaxshi oʻtkazadi. Gidrotermal, kontakt-metasomatik konlar temir rudali skarnlar va gidrotermal tomirlarda uchraydi. Oksidlanish zonasida eritringa aylanadi. Kobaltin kobalt olinadigan asosiy xom ashyo hisoblanadi. Oʻzbekistonda Chaqilkalon togʻlarida uchraydi, shuningdek, Oqtepa konida ham bor. Gneys (nem. Gneis) — granitoid tarkibli kristalli slanes. Choʻkindi va magmatik jinslarning metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Rangi oqish, kulrang , yashilsimon. Ichki tuzilishi granoblast va porfirblast, tashqi tuzilishi yoʻl-yoʻl ("gneyssimon") massiv koʻrinishida. Tarkibida kvars, dala shpati, biotit, muskovit, amfibol, baʼzan avgit boʻladi. Bundan tashqari slanesda granat, sillimanit, aksessor minerallardan apatit, sirkon, sfen hamda rudali minerallar uchraydi. Tarkibidagi minerallarga qarab G.lar biotitli, amfibolli, piroksenli, granatli deb ataladi. G.ni paydo boʻlishiga koʻra nemis geologi K.G.Rozenbush (1891) ortogneys va paragneysga ajratgan. Choʻkindi jinslarning metamorflanishidan paragneys, magmatik togʻ jinslarining metamorflanishidan ortogneys hosil boʻladi. G. Oʻzbekistonda Hisor togʻlarining jan.-sharqida, Sultonuvays, Ovminza togʻlarida bor. RF (Kola yarim orol), Ukraina, Kavkaz, Markaziy Osiyo va b. joylarda koʻp tarqalgan. Tokembriy davri jinslarida esa ayniqsa koʻp. Shagʻal tayyorlashda, yoʻlka plitalarida va bino poydevorlarini bezashda koʻp ishlatiladi. ...GNOZIYA (yun. gnosis — taʼlimot, fan) — qoʻshma soʻz tarkibiy qismi boʻlib, "bilim" soʻzi maʼnosi ifodasini beradi (mas, farmakognoziya). Angidrit – sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaSO4. Rombik singoniyali. Qattiqligi 3,5–3,8. S. ogʻ. 2,9–3,0. Moʻrt. Rang-siz yoki oq, ba’zan och havo rang, kulrang, qizgʻish, koʻk. Shishasimon yaltiroq. A. choʻkindi jinslar orasida, ayniqsa do-lomitlashgan ohaktoshlar ichida koʻp uchraydi. Tabiatda A. zich massa yoki qatlam-qatlam holda uchraydi; ba’zan gidrotermal yertomirlarda ham boʻladi. Zangori mayda donali A. vulpinit yoki bergam marmari deb ataladi. A. bogʻlovchi modda. Oʻgʻit, sement, bezak buyumlar tay-yorlashda ishlatiladi. A. namlikni shi-mib yana osongina gipega aylanishi va oʻz hajmini 30% gacha kattalashtirishi mum-kin. A. konlari Rossiya, Ukraina (Don-bass, Karpatol-di) va boshqa joylarda bor. A.ning katta zaxiralari Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatida va Olmaliq atroflarida topilgan. Download 346.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling