6- amaliy mashg‘ulot sulfatli tog‘ jinslarning makroskopik o‘rganish


Download 5.7 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi5.7 Kb.
#1789956
Bog'liq
amaliy6


6- AMALIY MASHG‘ULOT

Sulfatli tog‘ jinslarning makroskopik o‘rganish

Sulfatlar guruhidagi minerallar orasida angidrit, anglezit, barit, volframit, gips, molibdenit, selestin, sheyelit muhim ahamiyatga ega.


Sulfatlar - sulfat kislota tuzi bo‘lib, yer yuzasi sharoitlarida hosil bo‘ladi. Bu sinfdagi minerallar orasida yer po‘stida yetarli darajada barqaror bo‘lganlari kam. Sulfatlarning asosiy strukturasi bo‘lib tetraedrik anionli guruh hisoblanadi, turli kationlar, suv molekulasi va b. yordamida bir-biri bilan birikib, turli: orolli, karkasli, zanjirli, qatlamli strukturalarni hosil qiladi. Sulfatlar qattiq va mustahkam emas, ular mukammal ulanishi, och tusi bilan xarakterlanadi.
Angidrit yaxlit donali massalar holida uchraydi va moviysimon-oq rangga, shishasimon yaltiroqlikka, uncha yuqori bo‘lmagan qattiqlikka (3-3,5), zichlikka (3 ga yaqin), mukammal ulanishga va varaqsimon sinishga ega bo‘lgan kristalli mineral sanaladi. Tabiiy sharoitlarda suv yutib, gipsga oson aylanadi va hajmini oshiradi (30% gacha). Shu nomdagi jinslarda tog‘ jinsini hosil qiluvchi komponent sanaladi.
Kelib chiqishi. Barit gidrotermal konlarda ancha ko‘p uchraydi. Cho‘kindi jinslarda kamroq miqdorda, asosan konkretsiyalar shaklida tarqalgan. Angidrit va gips evaporit havzalarida kimyoviy cho‘kish yo‘li bilan hosil bo‘ladi.
Amaliy ahamiyati. Angidrit, gips, barit va mirabilit qurilish maqsadlarida foydalaniladi.
Barit burg‘ilashda og‘irlashtiruvchi sifatida, pirotexnikada turli tuzlar va preparatlar tayyorlashda, charm sanoatida, shakar ishlab chiqarishda, fotoqog‘oz tayyorlashda xom ashyo sanaladi.
Angidrit va gips qurilish ishlarida biriktiruvchi material (sement); qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida ishlatiladi.
Download 5.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling