21-aprel 2015- yil Namangan shahri Qatnashdilar


Download 1.21 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1417676
Bog'liq
101 баённома 2


Namangan Davlat universiteti
Pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi, 101-guruh talabalari bilan 2015-yil 21-aprel kuni “Yoshlar tarbiyasida Vatanga muhabbat tuyg’ularining shakllanishi” mavzusi yuzasidan “Ma'naviyat”, “Axborot va murabbiy” soatlari bo’yicha o’tkazilgan davra suhbatining
B A YO N N O M A S I
21-aprel 2015- yil Namangan shahri
Qatnashdilar: Namangan davlat universiteti
Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi
dotsenti, f.f.n. M.Hamidova,
101-guruh talabalari.


Kun tartibi:
1. “Yoshlar tarbiyasida Vatanga muhabbat tuyg’ularining shakllanishi” mavzusida davra suhbati.
Mas'ul: guruh rahbari, f.f.n., dotsent M.Hamidova.
2. Respublika va xalqaro ahvolga doir yangiliklar.
Mas`ul: 101- guruh talabasi Rustamova Dilfuza.
3. Guruhning kundalik hayoti bilan bog’liq masalalar.
Mas`ul: BT va STI yo`nalishi, 101-guruh sardori F.Xafizova.



Eshitildi:
1-masala. Namangan Davlat universiteti boshlang’ich ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.n. M.Hamidova so’zga chiqib, yoshlar tarbiyasida Vatanga muhabbat tuyg’ularining shakllanishi, bu borada yurtimizda olib borilayotgan bir qator ishlar xususida ma'lumot berib o’tdi. .
Guruh talabalaridan Rustamova Dilfuza ham ushbu masala yuzasidan so’zga chiqib, “Yoshlar tarbiyasida Vatanga muhabbat tuyg’ularining shakllanishi” mavzusida ma`ruza qildi.
Ushbu ma'ruza yuzasidan guruh talabalaridan M.Xursanova, M.Jo’rayeva, Z.Umarovalar o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tdilar.





2-masala. BT va STI yo’nalishi, 101-guruh talabasi Rustamova Dilfuza Respublika va xalqaro ahvolga doir yangiliklar xususida ma`lumot berdi. Rustamova Dilfuza O’zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy ko’rgazmalar zalida “Bizning meros” turkumidan “O’zbekistonning rassomlari rangtasviri. 1930-1970-yillar” mavzusidagi retrospektiv ekspozitsiya tashkil qilinganligi, ko’rgazmada o’rta asrning 30-70-yillarida yashab ijod etgan ustoz musavvirlar (Abdulhaq Abdullayev, O’rol Tansiqboyev, Yusuf Yelizarov, Lutfulla Abdullayev, Rahim Ahmedov, Mannon Saidov, Ne`matilla Qo’ziboyev va boshqalar)ning ijod namunalari namoyish etilganligi, Buyuk Britaniyaning “Guardian” jurnalida Registon maydoniga bag’ishlab “Temur Registoni-dunyodagi eng ulug’vor jamoat maydoni. SHaharlarning tarixi 50 ta imoratda, yettinchi kun” deb nomlangan maqola e`lon qilinganligi, ushbu maqolada yozilishicha, Registon va Samarqandning boshqa mo’`jizalari XIV asr oxirida Temuriylar davrida mamlakatning turli hududlaridan kelgan ustalar tomonidan yaratilganligi, mazkur binolar arxitekturasi Eron, Hindiston, Pokiston kabi shaharlar qiyofasining shakllanishiga ta`sir qilganligi, hatto XX asrning boshida Sank-Peturburgda qurilgan masjid qurilishida ham Samarqand me`morchiligi ta`siri sezilib turishi, 2015-yilning may oyida Moskva metrosidagi e`lonlarni kino, teatr va estrada artistlari o’qishi (yubileyga bag’ishlab), metro yo’lovchilariga aktyorlar-Mixail Yefremov, Svetlana Nemolyayeva; qo’shiqchi Kristina Orbakayte; teleboshlovchi Aleksandr Vasilyev va boshqalar bayramona kayfiyat ulashish rejalashtirilganligi, mazkur metroning yubileyi 15-mayda nishonlanishi, “Metro ovozi” loyihasi ilk bor 2005-yil metroning 70 yilligiga bag’ishlab o’tkazilganligi xususida mufassal ma'lumot berdi.
101-guruh talabalaridan M.Ismoilova, M.Obidova, M.Hayitovalar ham ushbu masala yuzasidan so’z olib, Respublika va xalqaro ahvolga doir bir hafta ichida sodir bo’lgan muhim voqealar haqida to’xtalib, o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdilar.
3-masala. Guruh sardori F.Xafizova guruhning kundalik hayoti bilan bog’liq masalalar haqida to’xtalib, guruh talabalarining 2014-2015-yilning o’quv yilining ikkinchi yaramidan shu kunga qadar joriy va oraliq nazorat ishlari bo’yicha to’plagan ballari xususida guruh talabalarini yana bir bor tanishtirib o’tdi.
Guruh rahbari M.Hamidova va sardor o’rinbosari M.Obidovalar mazkur masala yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tdilar.
YIG’ILISH QAROR QILADI:

1.Boshlang’ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi, 101-guruh rahbari, f.f.n., dotsent M.Hamidovaning hamda talaba Rustamova Dilfuzaning “Yoshlar tarbiyasida Vatanga muhabbat tuyg’ularining shakllanishi” mavzusida qilgan axborotlari ma`lumot uchun qabul qilinsin.


2. “Yoshlar tarbiyasida Vatanga muhabbat tuyg’ularining shakllanishi” mavzusiga oid qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishib chiqish va konspektlashtirish guruh talabalarining zimmasiga yuklatilsin.
3.Talaba Rustamova Dilfuzaning Respublikada va xalqaro ahvolga oid yangiliklari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
4.Guruh talabalarining Respublika va xalqaro ahvolga doir yangiliklardan doimo xabardor bo`lib borishlari uqtirilsin.
5. Guruh sardori F.Xafizovaning guruhning kundalik hayoti bilan bog’liq masalalar yuzasidan qilgan axboroti ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Guruh rahbari: f.f.n., dotsent M.Hamidova


Guruh sardori: F. Xafizova
Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling