24
Rasm 3.1
Ushbu panellar zaruriy parametrlar bo’lib, ular yordamida o’quv kursining
2D modellashtirishga oid topshiriqlarini bajarish mumkin.
AutoCADda ob’yekt tushunchasi.
AutoCAD dasturi bilan ishlashda ob’yekt tushunchasini to’g’ri aniqlab,
tushunib olish lozim. Aytaylik Chizish asboblar panelidagi «Прямоугольник» -
To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilgan shaklni dastur bitta
ob’yekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl «Отрезок» - Kesma buyrug’i asosida
bajarilsa dastur ushbu shaklni to’rtta ob’yekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi
usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa to’rt marta to’g’ri
chiziq chizish buyrug’i ketma – ket takrorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |