21-m a’ruza: Oltingugurt uch oksidi absorbtsiyasi va klassik tizim qarama qarshi jarayonlari reja
Download 482.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Maruza №3.pdf nmkt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21.1.Sulfat angidridni absorbsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari
- 21.2. Nam kataliz usuli bilan sulfat kislota olish jarayoni
- Nazorat savollari
21-M A’RUZA: Oltingugurt uch oksidi absorbtsiyasi va klassik tizim qarama qarshi jarayonlari REJA: 21.1.Sulfat angidridni absorbsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari. 21.2. Nam kataliz usuli bilan sulfat kislota olish jarayoni
21.1.Sulfat angidridni absorbsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari.
Kontakt usulida sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonining oxirgi bosqichi gazli aralashmadan sulfat angidridni ajratib olish va uni sulfat kislotaga aylantirish hisoblanadi. Kontakt jihoziga kelishdan oldin gazni quritish lozimligi yoki quritilmasligiga qarab sulfat angidridni ajratib olish jarayoni farqlanadi: birinchi holatda SO 3 sulfat kislota bilan absorbsiyalanadi, ikkinchi holda esa sulfat kislota kondensatsiyalanadi. Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida gaz quritiladi va sulfat angidrid sulfat kislota bilan minoralar (absorberlar) da absorbsiya- lanadi. Sulfat angidrid sulfat kislotada eriydi, so‘ngra undagi suv bilan birikadi: nSO 3
2 O = H
2 SO 4 + (n—1)SO 3
Suv va sulfat angidrid miqdoriy nisbatiga bog‘liq holda turli xil konsentratsiyadagi sulfat kislota hosil bo‘ladi. n>1 da oleum, n = 1 (monogidrat)da 100% li sulfat kislota, n<1 da esa sulfat kislotaning suvli eritmasi, ya’ni suyultirilgan sulfat kislota hosil bo‘ladi. Absorbsiyalashdan so‘ng gazlar aralashmasi yutilmagan sulfat angidrid bilan atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu gazlar aralashmasi tarkibidagi yo‘qotiladigan SO 3 miqdorini kamaytirish uchun absorbsiya bo‘linmasida sulfat angidrid absorbsiyasini yetarlicha to‘la amalga oshirilishini ta’minlash lozim. Kontakt ishlab chiqarish korxonalarida barcha mahsulotlar (yuvuvchi kislotadan tashqari) oleum tarzida ishlab chiqariladi. Oleum sulfat kislotaning boshqa texnik navlaridan farqlanib, qimmatbaho mahsulot hisoblanadi. Agar oleumga talab bo‘lmasa, uni 93—95% li sulfat kislotagacha suyutiriladi. Oleum olish uchun tarkibida SO 3 tutgan gaz oleum sachratila- digan minora (oleumli absorber) orqali o‘tkaziladi. U yerda sulfat angidridning bir qismi yutiladi, uning qolgan qismi esa ikkinchi absorber, ya’ni monogidrat sachratiladigan minora (monogidratli absorber)da absorbsiyalanadi. Oleumning konsentratsiyasi ortib borishi bilan (SO 3 yutilishi hisobiga) unga monogidratli absorberdan uzatiladigan kislota qo‘shiladi. Hosil bo‘ladigan oleumning ortiqcha miqdori omborga uzatiladi. Shunday qilib barcha mahsulotni oleum tarzida ishlab chiqarish ta’minlanadi. Mahsulot sifatidagi oleum tarkibida 18,5% dan kam bo‘lmagan SO 3 (erkin) bo‘lishi kerak, bunday oleumdan oleumli absorberda foydalaniladi. Monogidratli absorberda sachratiluvchi sulfat kislotaning konsentratsiyasi 98,3% ni tashkil etadi. Bunday konsentratsiyali kislota sulfat angidridni juda yaxshi absorbsiyalaydi, chunki bu eritma ustidagi SO 3 ning bug‘ bosimi juda ham kam bo‘ladi. 98,3% H 2 SO 4 dan past konsentratsiyali kislota ustida gazli aralashmada suv, yuqori konsentratsiyali kislotada sulfat angidrid bo‘ladi. Bu holatlarda sulfat angidridning absorbsiyalanishi yomonlashadi. SO 3 ning to‘liq absorbsiyalanishi ma’lum darajada sulfat kislota haroratiga ham bog‘liq: harorat qanchalik past bo‘lsa, absorbsiyalanish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Tarkibida sulfat angidrid bo‘lgan kontaktli gaz aralashmani konsentratsiyasi 98,3% H 2 SO 4 dan past bo‘lgan kislota bilan qayta ishlashda sulfat angidridning bir qismi suv bug‘i bilan birikib, sulfat kislota bulutini hosil qiladi. Uni oddiy absorbsiya qurilmalari bilan tutib 1.26-rasm. Monogidratli absorberda turli haroratda sulfat angidridning absorbsiyalanish darajasi: 1—60°C da; 2—80°C da; 3—100°C da; 4—120°C da.
u yerda: P i va p'i — absorbsiyadan oldingi va keyingi gazdagi SO 3 ning parsial bosimi, n/m 2
(mm.sim.ust.); p' 2 va P 2 — gazning absorberga kirishda va undan chiqishda oleum ustidagi SO 3 muvozantli bosimi, n/m 2 (mm.sim.ust.). rasmda 20% li oleum sachratiladigan oleumli absorberda sulfat angidrid absorbsiyasining haroratga bog‘liqligi keltirilgan. Bu tasvirdan ko‘rinadiki, haroratning ortishi bilan SO 3 absorbsiyalanish darajasi keskin kamayadi va ma’lum harorat (7,5% SO 3 da 84°C, 5% SO 3 da 76°C) da absorbsiyalanish to‘la to‘xtaydi. 60°C haroratda 33% SO 3
3 (erkin) bo‘lgan oleum olish mumkin.
Nam kataliz usuli bilan sulfat kislota olishda kontakt bo‘linmasidan chiqadigan gaz tarkibidagi suv H 2 SO 4 hosil bo‘lishi uchun
40 50 60 70 80 90 100 Chiqishda oleumning harorati, °C
1.27- rasm. Oleumli absorberda gazdagi SO 3 miqdoriga bog‘liq holdagi sulfat angidridning absorbsiyasi: 1-5% li SO 3 da; 2-7,5% li SO 3 da; 3-10% li SO 3 da; 4-15% li SO 3 da.
kerak bo‘ladigan suvdan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun kontakt gazini sovitilganda sulfat angidrid suv bug‘i bilan sulfat kislota bug‘iga aylanadi, so‘ngra u minorada kondensatsiyalanadi. Shunday qilib, nam kataliz jarayonida SO 3 ning absorbsiyalanishi emas, balki sulfat kislota bug‘larining kondensatsiyalanishi sodir bo‘ladi. Agar gazdagi suv bug‘ining miqdori oz bo‘lsa, kondensatsiyalanish va absorbsiyalanish jarayonlari bir paytda sodir bo‘ladi. Gazning harorati 400°C dan yuqori va undagi SO 3 va H
2 O birgalikda bo‘lganda (masalan, nam kataliz usuli bilan sulfat kislota olishdagi kabi) gaz tarkibida sulfat kislota bug‘lari bo‘lmaydi, chunki bunday sharoitda ular amalda to‘la dissotsillanadi. Gaz sovitilganda: H 2
4
→ H 2 O + SO
3
muvozanat sulfat kislota bug‘lari hosil bo‘lish tomonga siljiydi, u esa keyingi bosqichda sovitilganda kondensatsiyalanadi. Sulfat kislota buglarining kondensatsiyasi suyuqlik taqsimlana- digan to‘ldirgichli minoralarda (skrubberlarda), quvurli kondensatorlarda, barbotajli jihozlarda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan barcha jihozlardagi bu jarayonning mexanizmi bir xildir va bu tarkibida bug‘ tutgan gazli aralashmaning sovuq suyuqlik yoki kondensat plyonkasi bilan bevosita to‘qnashishidan iboratdir. Shu bilan bir paytda bug‘ning bir qismi kondensatsiyalanadi va bo‘shliqda tuman hosil qiladi. Masalan, nam kataliz usuli bo‘yicha sulfat kislota ishlab chiqarishda sulfat kislota bug‘larining 35% qismi tumanga aylanadi. Minorali quritgichdan so‘ng gaz tarkibida 0,01% suv bug‘i qoladi, kontakt jihozidan so‘ng esa ko‘p miqdordagi SO 3 bo‘ladi, shuning uchun gaz sovitilganda barcha suv bug‘i H 2 SO 4 bug‘lariga aylanadi, uning konsentratsiyasi 0,01% yoki 5,75 q (q — gazdagi suv bug‘ining tarkibi, g/m 3 ) ni tashkil etadi. Sulfat kislota bug‘lari absorberning to‘ldirgichlari sirtida kondensatsiyalanadi. Absorber to‘ldirgichlari sirtida taqsimlanuvchi kislota konsentratsiyasi juda past yoki gazning namligi yuqori bo‘lganda sulfat kislota bug‘larining bir qismi bo‘shliqda tuman hosil qilib kondensatsiyalanadi, u esa absorberlarda to‘la cho‘kmaydi va atmosferaga chiqib ketadi. Tayanch so‘zlar: Absorbsiya, gazlar aralashmasi, sulfat angidrid, atmosfera, absorbsiya bo‘linmasi, oleum, texnik navlar, qimmatbaho mahsulot, minorali quritgich, kontakt jihozi.
1. YUvish bo‘limida o‘choq gazi nimalardan va qanday tozalanadi? 2. Oltingugurt 3 oksidi absorbsiyasiga qanday omillar ta’sir etadi? 3. SO 3
4. SO 3 absoryusiyasiga ta’sir etuvchi omillar. 5. Oltingugurt uch oksidi absorbsiyasi turlari. 6. Kontakt apparatining qanday turlarini bilasiz? 7. Kontakt usuli bilan klassik tizim bo’yicha sulfat kislota olish qanday asosiy bo’limlardan iborat? Download 482.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling