21-mаvzu. Mehnat madaniyati, sanitar – gigienik shartlari va ish joylarni tashkil qilish. Reja


Download 310.17 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi310.17 Kb.
#1281729
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza №21


21-MАVZU. MEHNAT MADANIYATI, SANITAR – GIGIENIK SHARTLARI VA ISH JOYLARNI TASHKIL QILISH.


REJA:
1. Ish o'rnida tebranish va unga qarshi kurash.
2. Texnik va texnologik madaniyat.
3. Ish o'rni va sexni yoritishni tashkil qilish.
4. Ish o'rnida maqbul o'lcham munosabatlarini tashkil qilish.


Mehnat estetikasi tashqaridan kiritiladigan narsa emas, balki inson va texnikaning organik birligi muammolarini yechish asosida yuzaga keladi. Texnika va uning tomonidan yaratiladigan muhit inson organizmi imkoniyatlaridan ortiq talablarni qo'yishi mumkm.
Ishlab chiqarishni estetik tashkil qilishning birinchi vazifasi inson uchun nafaqat zarur, balki eng qulay va foydali bo'lgan muhit va texnikani yaratishdir. Buning uchun ishlab chiqarishda inson organizmining normal funksiyalanishiga nimalar to'siqlik qilishi mumkin, buning oldini olish uchun ergonomika va dizayn nimalar qila olishi mumkinligini bilish zarur.
Tarbiyaviy maqsadi — antisanitariyaga qarshi faol salbiy munosabatni, korxona ma’muriyati tomonidan mehnat sharoit- lariga e’tiborsizlikka qarshi munosabatni shakllantirish, o'z ish o'rniga talabchanlikni, odamning biologik jonzot sifatida imkoni- yatlariga zid sharoitlarda mehnat qilishi va uning sifatidan qoniqib bo'lmasligini tushuntirish kabilardan iborat.
Ish o'rnidagi fiziologik qulay sharoitlarga quyidagilar kiradi:
Mehnatning sanitar-gigienik sharoitlari. Ular ishlab chiqarish muhitining fizik-kimyoviy parametrlarini me’yor- lashtirish bilan vujudga keltiriladi. Bunday sharoitlar arxitektura- qurilish va muhandis-texnik qurilmalar, tashkiliy tadbirlar, dizay- nerlik yechimlari va h.k.lar yig'ish bilan ta’minlanadi.
Ish o'mi kengligining mos keladigan o'lqhamlari, ya’ni ishchi harakatlar erkinligi. Bu yerda ish о'mini ergonomik loyi- halashtirish va dizaynerlik modelizatsiyalash elementlari asosiy rol o'ynaydi.
Ishchining organizmiga ta’sir qiladigan fizik omillar quyida­gilar:
harorat-namlik rejimi (ish joyidagi havo harorati, issiqlik radiatsiyasi, havoning nisbiy namligi);
havo tezligining fizikaviy va kimyoviy tavsifi (masalan, havodagi chang, kimyoviy moddalar miqdori);
ishlab chiqarish binolaridagi shovqin;
mashina, mexanizm, asboblaming tebranishi;
insolatsiya (to'g'ridan-to'g'ri quyoshdan radiatsiyalanish);
yoritish-tabiiy (kunduzi) va sun’iy (elektr chirog'i).
jadvalda yuqoridagi parametrlar va ularning me’yor- lashtirilgan darajalari ko'rsatilgan. Insonlarning muhim parametr- lari, ularning darajalari bilan tanishish kerak bo'ladi.
jadvalda berilgan parametrlardan, kelgusi bo'limlarda, tebranish, ishlab chiqarish akustikasi va yoritilishi haqida to'laroq ma’lumotlar beriladi. Sanoatning bir qator sohalariga tegishli bo'lgan boshqa parametrlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Metallurgiya va boshqa qator sexlar uchun xarakterli bo'lgan harorat-namlik rejimlarini noqulay sharoitlari insonning ish qo- biliyatiga sezilarli ta’sir o'tkazadi. Shuning uchun sanitariya me’yorlarida harakatning maqbul darajasi 16—22°C va nisbiy namlik darajasi 40—80° С belgilanadi.
Insonga past harorat ta’sir qilishi natijasida undan issiqlik ajrab chiqishi ortib, tananing tabiiy issiqlikka moslashuvi buzi- ladi. Ekstremal hollarda esa tananing alohida qismlari juda sovib ketishi yoki muzlab kolishi ham mumkin. Bunday hollarda issiq kiyim va sovugni bartaraf qilishning texnik vositalaridan tashqari jismoniy mehnatning qulay rejimi ham muhim.
Yuqori harorat ta’sirini kamaytirish uchun issiqlik manbalari izolatsiyalanadi, issiqlik radiatsiyalaridan suvli to'siqlar va g'ilof- ekranlar yordamida himoyalanadi, ventilator va maxsus kiyimlar- dan foydalaniladi. Himoya kiyimlarini loyihalashda dizayner- modelerning qatnashuvi maqsadga muvofiq bo'ladi. U himoya kiyimlarini qulay va chiroyli yaratilishini ta’minlaydi.
Ishchi binodagi havo tozaligi, asosan, uning texnologik changishdan yaxshi himoyalanganligiga bog'liq. Bu esa texnolog va muhandis-konstruktorlarning muhim topshirig'idir, lekin uni saqlanib qolishi ishchilarga ham bog'lik bo'ladi.
Harorat-namlik rejimini maqbullashtirish va havo tozaligi uchun kurashish texnik vositalariga isitish, shamollatish va ha- voni kondensionerlash kiradi. Ishlab chiqarish binolarida havo- ning harakatlanishi issiqlik regulatsiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Havoning yetarli darajada harakatlanmasligi va issiqlikning yuqori harorat tufayli odam psixologiyasida issiqlikdan dimiqish hissi paydo bo'ldi, havoning o'ta tez harakatlanishi esa elvizak hosil qiladi. Shuning uchun xonalardagi havo almashinuvi haro- ratdan kelib chiqib me’yorlanadi. Me’yoriy haroratda (18—20° C) havo tezligi 1 — 15 m/sekdan ortmasligi lozim. Sexdagi havo al- mashinuvini hisoblashda solishtirma shamollatish m3 /soat odam bilan hisoblanadi, maksimal ruxsat etilgan absolyut namlik (gin3), shamollatilayotgan havoning absolyut namligi (gin3) da va boshqa omillar hisobga olinadi.
Ayrim mashinasozlik korxonalarida radiatsiya fonlari bo'lishi mumkin (ular muhandislik himoya vositalari bilan izolatsiyala- nadi). Ionlanuvchi nurlanishlar berlarda o'lchanadi. Ber — nur- lanish ekvivalent dozasining tizimdan tashqari birligi bo'lib, 1 rentgen nurlanish ekspozitsion dozasida kuzatiladigan biologik effektga mos keladi. Me’yorlar 1 yilga 0,5 dan 5 bergacha bo'lgan minimal radiatsion fonni belgilaydi.
Ishlab chiqarish muhitida havoning texnologik manbalari ifloslanishdan tashqari yana bir muhim manbayi bo'lib, u sani- tariyaga zid omildir. Bu xonalarni sanitariya talablariga javob bermasligidan kelib chiqadi. Ifloslik xonani xunuk qilibgina qol- may, balki chang, infeksiya, lat yeyish va ba’zi kasb kasalliklarini keltirib chiqaradigan manba hamdir. Shuning uchun xonalarni mexanik vositalar bilan tozalab, tartibga keltirish — ishlab chiqar­ish madaniyati sharoitlaridan va mehnat estetikasi asoslaridan biridir.
Mehnat qilishning qulay sharoitlarini yaratish va tutib turish ko'p tomonlama ishchining o'ziga va uning u yoki bu operatsi- yalarini to'g'ri va maqsadli amalga oshira olishiga, ish o'mini tashkil qila olishiga, toza tuta bilishiga, jihozlarni to'g'ri qo'llay olishiga bog'liq bo'ladi.
Mehnatning ruxsat etilgan sanitar-gigienik shartlari kompleksi

Sanitar-gigienik shartlar komponentlari

Sanitar-gigienik shartlar komponentlari

Haroratda, 5 С da
Qulay noqulay 10-24 18-1
Issiqlik radiatsiyasi, kkal soat 1 kishi
Qulay noqulay 21 -460 > 460

Yoritilganlik, luksda
Qulay noqulay 500 500 - 20 Shovqin, desibalda
Qulay noqulay 0-85 > 120
jadvalninq davomi

Havoning nisbiy namligi, % da
Qulay noqulay
40 - 60 > 20

Tebranish, mm da
Qulay noqulay 0,2 0,2 - 1,3

Havo almashinish, m3o’kishi
Qulay noqulay 34 - 22 > 8,5

Radioaktivlik, ber/yil da
Qulay noqulay 0-0,5 >5

qo‘lni

parvarish qilish




Qulay noqulay quruq ho‘l

Qulay noqulay Pardoz mahsulot- Pardoz mahsu- lotlardan foy- lotlardan dalanish Foydalanmaslik







Qulay Noqulay –qirindilaming pastqa tush;
jadvalda keltirilgan parametrlar insonning ko'rish, eshi- tish, terining haroratga ta’sirchanligiga asosiy sezgi organlariga ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida terming bosim va og'riqqa ta’sirchanligini ham hisobga olish muhimdir.
Bosimni sezish terining qisilishi yoki tortilishi tufayli yuzaga keladi. Mehnat qilish davomida terining biror-bir qismiga doimiy bosim berilishidan u yerda qalinlashuv yuzaga kelishi, qadoq paydo bo'lishi yoki teri qoplamasida boshqa o'zgarishlar paydo bo'lishi mumkin.
Ergonomist va dizaynerlar asboblarni va mashinaning bosh- qarish organlarini konstruksiyalashda, ish o'rnilarni tashkil et- ishda shunday effektlarning oldini olish yoki i'oji boricha kamay- tirishga harakat qiladilar.
Bosimning ma’lum fiziologik bosqichlarida terining bezillashi bilan bog'lik og'riqlar yuzaga keladi. Og'riq kimyoviy va issiqlik ta’siri ostida ham yuzaga keladi.
Muhitning ushbu omili qator texnologik jarayonlarida va ishchi operatsiyalarda ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ish o'rnilami yaratishda ishlab chiqarish kiyimlarini va himoya vosi- talarini yaratishda bu omilni hisobga olish zarur.
Ish o‘rnida tebranish va unga qarshi kurash texnologik va texnik madaniyati
Biron-bir tananing tebranishi deb, uning og'irlik markazining muvozanat holatdan davriy ravishda siljib turishiga aytiladi.
Tebranishning eng oddiy shakli garmonik tebranishdir. Umumiy holatda tebranish amplituda va chastota (gerslarda ifodalanadi) to‘la tebranish sikli bilan (vaqt birligida) xarakterla- nadi.
Tebranishning odam qabul qiladigan eng kam amplitudasi 0,2 mm ga teng. U 1,3 mm ga yetganda fiziologik chegaraga yetadi. Chastotaga kelsak, uning 18 Гс gacha boigan kattalik- dagi tebranishlar alohida tebranish sifatida qabul qilinadi. Qobul qilish mumkin bo'lgan eng yuqori bosqich — 1500 Гс. Agar teb­ranishlar katta chastotali bo'lsa, ular ma’lum kuchning ravon ta’sir qilishi kabi qabul qilinadi.
Sanoat, transport va qurilishlarda ishchilar tebranishlarga ko'p uchraydilar. Tebranishlar qo'lda ishlatiladigan tebranish as- boblaridan qo'lga uzatilishi mumkin. Butun bir ish o‘mi tebran­ishi ham kuzatilishi mumkin.
Tebranishga qarshi kurashning asosiy usullari tebranish izolatsiyasi va tebranishni so'ndirishdir.
Tebranish izolyatsasi — tebranma energiya manbaidan ke- layotgan tebranishlar yo'lida yo'qotishlarni yuzaga keltiruvchi sharoitlarni yaratishdir.
jadvalda ko'rsatilganidek, tebranishni mashinalarni amartizasiyalovchi qurilmalarga yoki suzuvchi asoslarga o'rnatish, shuningdek tebranishni izolyatsiyalovchi materiallardan foydalan­ish yo'li bilan bartaraf etish mumkin. Ishlab chiqarishni estetik tashkil qilishga bu ham tegishli. Chunki, konstruktor tebranish nugtayi nazaridan noqulay mashinani loyihalamaydi, u tebranish xavfi bor qurilmalarni izolyasiyalashga bor imkoniyatlarini qo'l- lashlari shart.
Tebranishni so'ndirish — bu usulda tebranishlar qayishqoq materiallar yordamida so'ndiriladi. Bu materiallar mashinaning tebranuvchan elementlaridan chiqayotgan tebranma energiyani o'ziga singdirib qolish qobiliyatiga ega. Bunday material te- branuvchi yuzaga mahkamlanadi. Dastaki asboblarning tebran- ishini so‘ndirish uchun tebranishdan himoyalovchi vositalarni qo'llab, ularning konstruksiyalarini takomillashtirish zarur. Te­branishdan himoyalovchi vosita sifatida
t ebranishni so'ndiruvchi sopli (dastakli) qurilmalardan keng foydalaniladi. Ular dastakni asbob tanasidan ajratib turadi. Bundan tashqari, dastakka te­branishni so'ndiruvchi yumshoq materiallar qoplash bilan ham pasaytirish mumkin (rezina, plastik, voylok va h.k.).
Tebranishdan saqlanishning shaxsiy vositalariga maxsus qo'lqoplar, masalan, kapronda tikilgan rezina kaftli, penoplastli qo'lqoplar, tebranishni so'ndiruvchi oyoq kiyimlarni (16.2-jadval) misol qilish mumkin.





Download 310.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling