21-mavzu. Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va
-chizma. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli
Download 146.55 Kb.
|
21-MAVZU S
1-chizma. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
CHizmadan ko‘rinadiki, yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tenglik ushbu ko‘rsatkichlar joylashgan o‘qlarning o‘rtasidan 45 burchak ostida o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan ham bu to‘g‘ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo‘nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni ko‘rsatadi. S chizig‘i esa iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o‘sib boradi. YAlpi sarflar (S+In) chizig‘ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar (In) miqdori qo‘shib boriladi. Bu o‘rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi daromad darajasiga bog‘liq emas, deb qabul qilinadi. SHu sababli yalpi sarflar chizig‘i iste’mol sarflari chizig‘idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi. CHizmada iqtisodiy muvozanatga E nuqtada erishiladi, ya’ni aynan shu nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMME) iste’mol qilingan mahsulot hajmiga (S+In)E teng keladi. To‘la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflyasion farq ko‘rinishida ifodalangan. YAlpi sarflarning SMM hajmidan kam bo‘lgan miqdori retsession farq, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori inflyasion farq deyiladi. Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg‘armaga qo‘yishi mumkin. Jamg‘arma “sarflar — daromadlar” oqimidan potensial sarflarni olib qo‘yish hisoblanadi. Bunda jamg‘armaga qo‘yilgan mablag‘ investitsiyalar bilan to‘liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘ladi (2-chizma). Jamg‘arma (S) va investitsiya (In) S In SMME Real ishlab chiqarish hajmi, SMM Download 146.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling