21-mavzu. Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va
-§. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirishdagi vazifalar
Download 146.55 Kb.
|
21-MAVZU S
3-§. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirishdagi vazifalar.
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo‘lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini muqarrar qilib qo‘yadi. SHu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo‘lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanishda butunlay inqirozga uchrashga chap berish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o‘zgartirishga, ya’ni tanglik holatlarga barham berishga yo‘naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ldi. SHu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to‘lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondoshuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko‘zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo‘lgan, butun iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan etakchi tarmoq va sohalarga qaratildi. Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo‘lib qoladi. SHu sababli respublikada 90-yillarning o‘rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishini sekinlashtirishga moyillik ko‘zga tashlandi, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa o‘sishga erishildi. Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. O‘z mablag‘larimiz va jalb qilingan sarmoyalar hisobidan yirik sanoat, kommunikatsiya, infratuzilma ob’ektlari va boshqa inshootlar bunyod etildi. Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi iqtisodiyot majmuasining bunyod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi. Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o‘zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi. Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, iqtisodiyotning xom ashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etish va uning eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi. SHu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o‘zgarishlar - respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o‘zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi. Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o‘zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg‘arish fondi o‘rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o‘rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlaщda muhim rol o‘ynaydi. SHu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko‘proq e’tibor berdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o‘tkazish orqali amalga oshirildi. SHu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o‘z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o‘rinli foydalanish ko‘zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi. SHunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish sifatida qaraldi. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo‘l tutilgan hozirgi sharoitda ham «...iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish» iqtisodiyot sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu o‘z navbatida boy tabiiy zahiralarimiz, mineral xom-ashyo, mehnat resurslarimizdan, intellektual hamda ilmiy-texnikaviy salohiyatimizdan to‘liq va samarali foydalanishni taqazo etadi. Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish mahalliy xom-ashyo va tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur. YAngi bosqichda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirishga alohida e’tibor beriladi. CHunki, bu soha yangi ish joylarini yaratishning muhim omili bo‘lish bilan birga, aholi turmush darajasining o‘sishi ham uning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Download 146.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling