4. Eng yaxshi futbolchi ilovasi. Yangi obyektlardan foydalanishni o‘rganish uchun eng yaxshi futbolchi tanlovi ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga bitta ListBox, bitta ComboBox, bitta
SpinEdit va bitta Button obyektlarini rasmda ko‘rsatilgandek joylaymiz. ListBox ning Items xossasini ikki marta bosib, hosil bo‘lgan muloqot
darchasida yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan 8 ta futbolchi ro‘yxatini kiritamiz. SpinEdit obyektini tanlab, Object Inspector oynasida uning MaxValue xossasini 5, MinValue xossasini 1, MinValue xossasini 1, Value xossasini 5 ga teng qilib o‘rnatamiz.
Button1 obyektini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va Button1Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); var i,j:integer;
begin
i:=ListBox1.ItemIndex; if i>=0 then begin j:=StrToInt(ComboBox1.Items[i]); ComboBox1.Items[i]:=IntToStr(j+SpinEdit1.Value); end; end;
Protseduraning birinchi, uchinchi va o‘ninchi satrlari oynada borligini unutmang. Ikkinchi satrda ikkita yangi o‘zgaruvchi yaratiladi. To‘rtinchi satrida ulardan birinchisi: i ga tanlangan futbolchining ro‘yxatdagi raqami beriladi. Beshinchi satrda bu raqamning nomanfiyligi tekshiriladi (aks holda futbolchi tanlanmagan bo‘ladi). Yettinchi satrda ikkinchi o‘zgaruvchi: j ga ComboBox1 ro‘yxatining i-satridagi son (dastlab u 0 ga teng) beriladi. Sakkizinchi qatorda bu songa SpinEdit1 da son (futbolchiga berilgan baho) qo‘shiladi va u matn satriga aylantirilib, ComboBox1 ro‘yxatining i-satriga yozib qo‘yiladi.
Ilovani F9 tugmasini bosib ishga tushiramiz. Unda birinchi ro‘yxatdan futbolchini tanlab, ikkinchi maydonchada unga berilgan bahoni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz (chapdagi rasm). Bir necha marta futbolchilarga ovoz berib, natijani ko‘rish uchun uchinchi maydonchaning o‘ng tomonidagi uchburchak tugmani bosamiz (o‘ngdagi rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |