Sud qarorini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- ariza berilayotgan sudning nomi;
- ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi), ularning yashash joyi (joylashgan eri) va pochta manzili;
- arizachi yangi ochilgan holatlar bo‘yicha kayta ko‘rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana;
- arizachining fikriga ko‘ra, sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘layotgan yangi ochilgan holatlar, ularni tasdiqlovchi hujjatlar;
- ariza berayotgan shaxsning talabi;
- ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
- SHuningdek, arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
- yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chir-ma nusxalari;
- arizachi qayta ko‘rilishini talab etayotgan sud hujjatining ko‘chirma nusxasi;
- ariza vakil tomonidan imzolangan takdirda, vakilning uni imzolashga bo‘lgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Arizani arizachi yoki uning vakili imzolashi lozim. YAngi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish uchun berilayotgan arizalardan davlat boji undirilmaydi - Sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib, uni qanoatlantiradi va hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni bekor qiladi yoxud ishni qayta ko‘rishni rad qiladi. YAngi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha sud chiqaradigan ajrim ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi (FPKning 443-moddasi).
- FPKga asosan sud hujjatlari yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga asosan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni jalb etgan holda sud majlisida ko‘rib chiqadi. Biroq ushbu shaxslarning sud majlisiga kelmasligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |