21-mavzu: Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish
Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun quyidagilar asos bo‘ladi (FPKning 437-moddasi)
Download 79.53 Kb.
|
Samadov Davrbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ariza uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan
Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun quyidagilar asos bo‘ladi (FPKning 437-moddasi):3.taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudya-larning mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof, asoslantirilmagan yohud adolatsiz sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari; 4.sud hal qiluv qarorining, hukmining, ajrimining yoki qarorining yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi. Xorijiy davlatlar fuqarolik protsessual huquqida ham yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti mavjud bo‘lib, bu institut mazmun-mohiyati bilan ajralib turadi. Xususan, Germaniyada fuqarolik protsessual normalarning buzil-ganligi yoki ishonchsiz dalillar keltirilganligi kabi g‘ayriqonuniy xarakatlar ochilishi munosabati bilan ish yuritish yangidan boshlanishi mumkin. QONUNIY KUCHGA KIRGAN SUD HUJJATLARINING YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA QAYTA KO‘RUVCHI SUDLARQonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan yangidan ko‘riladi. YAngi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oydan oshmagan muddatda sud majlisida, arizachini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘riladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib, uni qanoatlantiradi va hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni bekor qiladi yoxud ishni qayta ko‘rishni rad qiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi Fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida yangi ochilgan holat bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ishlarni qo‘zg‘atish tartibi, qayta ko‘rish haqidagi ariza bilan murojaat qilish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi belgilab qo‘yilgan. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza sudga yozma shaklda yohud elektron hujjat tarzida beriladi. Ariza uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy vorislariga ham beriladi, chunki qonun huquqiy vorislikka protsessning har qanday bosqichida yo‘l qo‘yadi (FPKning 47-moddasi) Download 79.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling