21-mavzu: Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish


YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA ISH KO‘RISHNING APELLYASIYA, KASSATSIYA VA NAZORAT TARTIBIDA QAYTA KO‘RISHDAN FARQI


Download 79.53 Kb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi79.53 Kb.
#1806741
1   2   3   4   5
Bog'liq
Samadov Davrbek

YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA ISH KO‘RISHNING APELLYASIYA, KASSATSIYA VA NAZORAT TARTIBIDA QAYTA KO‘RISHDAN FARQI

  • Sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari bir qator umumiy belgilarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

Birinchidan, yangi ochilgan holatlar fuqarolik ishlari hal kilinayotgan vaqtdagi mavjud yuridik faktlardir. Sud qarori qabul qilinganidan keyin paydo bo‘lgan holat yangi ochilgan holatga kirmaydi. Xususan, ish holatlarining sud qarori chiqarilganidan keyin o‘zgarganligi uning noto‘g‘riligidan dalolat bermaydi, balki yangi da'vo uchun asos bo‘ladi.
Ikkinchidan, yangi ochilgan holatlar keyinchalik bularning arz qilgan tarafga ma'lum bo‘lmaganligi va ma'lum bo‘lishi mumkin emasligi talab etiladi. Bu esa mazkur holatlar sudga ham ma'lum bo‘lmaganligini bildiradi.
Uchinchidan, yangi ochilgan holatlar ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi, ya'ni hal qiluv qarorining mazmunini o‘zgartirishga olib kelishi lozim. Aks holda sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishga asos bo‘lmaydi.

Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, ish sud tomonidan umumiy asoslarda ko‘riladi.

  • FPKga muvofiq hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani rad qilish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin. SHunisi ham borki, muqaddam amalda bo‘lgan FPKga ko‘ra sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risida sudning chiqargan ajrimi ustidan shikoyat berilmas edi

Biroq FPKga ko‘ra, hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin (FPKning 444-moddasi).

Download 79.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling