21-mavzu. Sharq adabiy-estetik tafakkur tarixiga doir. Abu Ali ibn Sinoning


Download 11.06 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi11.06 Kb.
#167728
Bog'liq
AN 21


402-guruh talabasi Xoliqova O'g'iloy

21-mavzu. Sharq adabiy-estetik tafakkur tarixiga doir.

1. Abu Ali ibn Sinoning “She’r san’ati” kitobi.

Yunon she’riyati navlaridan yana biri difiramba deb ataladi. Uni ham misoli tragediyaning o’zidek desa bo’ladi. Biroq uning o’ziga xos alohida xususiyati bor, u ham bo’lsa shuki, bu nav she’r muayyan bir inson yo bo’lmasa muayyan bir xalqni maqtashgagina qaratilgan bo’lmay, balki umuman odamlarni kuylaydi.She’riyatning yana boshqa navlaridan biri komediya deb ataladi. She’riyatning bu navida yomonliklar, razilliklar va hajv qilinadiganlar zikr qilinadi. Ba’zan esa unga nag’malar — musiqa yo ashula qo’shilib, she’riyatning bu navida odamlar va turli-tuman hayvonlar qatnashib, qabih odamlarning xulq-atvori zikr etiladi.She’riyatning yana bir turi yamb deb ataladi, unda jamiyatning har bir sohasida mashhur bo’lgan voqealar, elga taniq bo’lgan masalalar zikr qilinadi. Bu nav she’rlar o’zida tortishuvli masalalarni ifodalaydi, unda urush, janjal, g’azablanish, g’ijinish kabi kayfiyatlar tasvirlanadi.She’r navlaridan yana birini drama deb ataladi. Bu nav ham xuddi yambning o’zi, faqat shunisi borki, bu nav — janr vositasida el aro tanilgan bir shaxs yoki ma’lum kishilar haqida hikoya qilinadi.She’riyatning yana bir turi diaqrama deyiladi. Bu qonunshunoslar tomonidan hayotda yomon ishlar bi-lan mashg’ul bo’lgan kishilarni narigi dunyo tushunchasi bilan qo’rkitish uchun ishlatilgan janrdir.She’riyatning yana bir turi efi deb ataladi. U yakka navlardan bo’lib, bu nav o’zida olijanob va odatdan tashqari qiziq hamda quvnoq voqealarni bayon qiladi.Boshqa bir she’r naviga epik-ritorik deyiladi. Bu nav she’r siyosat, qonunshunoslik va podshohlar haqidagi xabarlarni bayon qilishda ishlatiladi.

Yana boshqa bir she’r navi satira (satura) deb ataladi. Buni musiqorlar o’z ritmlari, kuy hamda bu bilan bog’liq bo’lgan narsalarni bir-biriga uyqashtirish uchun maxsus ixtiro qilganlar. Odamlarning aytishlaricha, mana shu navda ashula kuylanganda uni eshitgan hayvonlarda odatdan tashqari bo’lgan harakatlar yuz berar emish.She’r navlaridan yana birini fiyumuta — poema deyishadi. Bunda yaxshi va yomon she’rlar bitiladi. Bu nav she’r ham o’zi hamjins bo’lganlarga o’xshab ketadi.She’r navlaridan yana biri efijonasovus deyi-ladi, buni Empedoqlus (Empedokl) ixtiro qilgan. Bunda tabiiy va boshqa tur ilmlar haqida fikr yuritiladi.She’r navlarining yana biriga akustika deyiladi. Bu nav she’r bilan muzika san’ati o’rgatiladi. Bundan boshqa joylarda uning foydasi tegmaydi.

2. Atoulloh Husayniyning “Badoyeus-sanoyi” kitobi mohiyati haqida.

Navoiyning ham, boshqa zamona fozillarining ham eʼtirofu olqi-shiga sazovor boʻlgan "Badoyiʼ ussa-noyiʼ" asari bilan H. Sharq mumtoz poetikasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan. Bu asar debocha, muqaddima, 3 sanʼat turi va xotimadan iborat: debocha kitobning yozilish sababi, muqaddima aruz vazni va zihoflari xususida boʻlib, 1-bobda 60 ta lafziy sanʼat, 2-bobda 63 ta maʼnaviy sanʼat, 3-bobda 23 ta lafziyu maʼnaviy sanʼat toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Xotima 2 qismdan iborat: birinchisida sheʼrning maʼno bilan bogʻliq illatlari haqida fikr yuritilib, 2-bobda 15 ta atamaga izoh berilgan. H. sanʼatlarni lafziy. maʼnaviy va lafziyu maʼnaviyga ajratadiki, bu oldingi adabiyotshunoslar kitoblarida uchramaydi.

Badiiy sanʼatlarga misol qilib 50 ga yaqin shoir ijodidan namunalar berilgan, oʻz ijodidan esa taxminan 700 bayt sheʼr keltirilgan. H. kitobida 147 ta sanʼat berilgan va shundan 32 tasini olimning oʻzi kashf etgan. U turli munosabat bilan asarda Navoiy nomini tez-tez tilga olgan, unga atab yozgan sheʼrlarini ilova qilgan.

3. Ahmad Taroziyning “Fununul-balogʻa” asari haqida

T.ning alohida sheʼrlar devoni borligi nomaʼlum. Hozircha uning "Funun ulbaloga" ("Badiiylik ilmlari") asari maʼlum boʻlib, bu asar dastlab "Latoyifi Taroziy" ("Taroziy sovgʻalari") nomi bilan yozilgan (1436—37) va Ulugʻbekka bagʻishlangan. Oʻzbek adabiyotshunoslik tarixida sheʼrshunoslikka doyr oʻzbek tilidagi ilk nazariy qoʻllanma boʻlgan "Funun ulbalogʻa" 5 qismdan iborat; 1qismda sheʼrning gʻazal, qasida, qitʼa, ruboiy, masnaviy, musammat, mustazod, fard va boshqa turlariga keng ilmiy izoh beriladi; 2qismda qofiya va radif masalalari oʻrganilib, qofiya sheʼrning asosi ekanligi, qofiyasiz sheʼr boʻlishi mumkin emasligi taʼkidlangan; 3qismda badiiy tasvirning garseʼ, tashbeh, i(y)gʻom, irsol ulmasal, tazmin, istiora, laffu nashr, radd ulmatla singari 97 turi turkiy va forsiyzabon shoirlar asarlaridan olingan parchalar asosida tushuntirib berilgan; 4qism hajm jihatdan asarning asosini tishkil etib, u aruz vazni tahliliga bagishlangan. T. aruzni oʻzbek tilidagi sheʼriyat bilan bogʻlab, bahrlar sonini 40 taga, uning tarmoqlari sonini 366 taga yetkazgan. Aruzning 120 dan ortiq turi izohlangan bu qismning ancha varaqlari urinib, bir qancha soʻzlar oʻchib ketgan; oxirgi, 5qism Sharq sheʼriyatining muammo janriga bagʻishlangan (bu qism yoʻqolgan).

T.ning ushbu asari yana shunisi bilan ahamiyatliki, unda shu paytgacha nomlari bizga nomaʼlum boʻlgan, turkiy tilda ijod qilgan Muhammad Temur Bugʻo, Hoji Aqcha Kindiy, Bu Nasaq, Qutbiddin Saroiy, Bu Siyoqa, Jaloliy, Shams Qisoriy hamda forsiyda yozgan Sayfiddin Isfarangiy, Mavlono Sayfiddin, Imom Umid Kamoliy, Imom Ziyovuddin Forsiy, Jalol Samarqandiy kabi shoirlar eslatilib, ularning asarlaridan parchalar keltirilgan. "Funun ulbalogʻa"ning yagona qoʻlyozma nusxasi Angliyaning Bodlean kutubxonasida saqlanadi.

4. “Majolisun nafois”dan keltirilgan ushbu parcha boʻyicha Navoiyning adabiyotshunoslik mahoratiga baho bering. М а в л о н о Г а д о и й — туркигўйдур, балки машоҳирдиндур. Бобур Мирзо замонида шеъри шуҳрат тутти, бир навъи айтур ва унинг машҳур матлаъларидин бири будурким: Оҳким, девона кўнглум мубтало бўлди яна, Бу кўнгулнинг илгидин жонға бало бўлди яна. Мавлононинг ёши тўқсондин ўтубдур. Бу матлаъ анингдурким: Дилбаро, сенсиз тириклик бир балои жон эмиш Ким, анинг дарди қошпда юз ўлум ҳайрон эмиш.

Alisher Navoiyning barcha shoirlar, ijodkorlar haqida bildirgan fikrlari o'sha davrning haqiqatlaridan namunalardir.Gadoiyning shoir tabiati haqida so'z yuritar ekan, uning muhabbatga ishqqa mubtalo shoir ekanligini ta'kidlaydi. 90 ga kirsada, muhabbatning go'zal sifatlarini yozishdan to'xtamaganligi bayon etilgan.

1. “Mirzo Ulugʻbek” fojiasida toʻqima obrazlar qaysilar?

Sulton Jondor, Said Abbos, Shohruhiy

2. “Buqalamun”- kimning asari?

Anton Chexov
Download 11.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling