21-Mavzu: Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish,ortish va tushirish frontlari hamda vagonlarni aylanish muddati Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish
Yuklarni ortish va tushirish muddati
Download 25.3 Kb.
|
21-Mavzu.Tovar yuk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuklarni ortish va tushirish muddatlari
Yuklarni ortish va tushirish muddati. Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida vagonlardan samarali foydalanishning boshqa muhim shartlaridan biri ortish-tushirish ishlarini bajarish muddatlariga rioya qilishdir. Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga temir yo‘lining lokomotivida xizmat ko‘rsatilganida, vagonlarni temir yo‘li bevosita ortish va tushirish frontiga joylashtirib chiqadi va bu holatda ortish va tushirish muddatlari aniqlanadi.
Yuk operatsiyalari muddatlarini aniqlashning umumiy tamoyillari Ustavining 56-moddasida belgilangan. Unda “Yuk jo‘natuvchilar (yuk oluvchilar) yuklarni ortish va tushirishni belgilangan muddatlarda amalga oshirishlari shart (majbur). Umumiy foydalanish va noumumiy foydalanish joylarida yuk jo‘natuvchilarning va yuk oluvchilarning vositalarida yuklarni ortish va tushirish muddatlarini temir yo‘li belgilaydi: a) mexanizatsiyalashgan usulda ortishda va tushirishda – ortish va tushirish uchun mo‘ljallangan mexanizatsiya, qurilma va inshoot vositalari qo‘llanilishi va ulardan maksimal foydalanishni inobatga olgan holda, hisoblash yo‘li bilan b) mexanizatsiyalashmagan usulda ortishda va tushirishda – yuklarni tashish Qoidalarda belgilangan muddatlarda. Oraliq stansiyalarda yuklarni ortish va tushirish muddatlari ushbu uchastkada manyovr ishlarini tashkil etishni inobatga olib belgilanadi”- deb ko‘rsatilgan. Yuklarni tashish Qoidalarining 6-bo‘limi “Yuklarni ortish va tushirish muddatlari” ning 1-, 2-, 3-, va 4 - ilovalarida yuklarni ortish va tushirish muddatlari berilgan. Agar tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar ilovada nomlari keltirilmagan mashina va mexanizmlarni ishlatsalar yoki mexanizatsiyalashgan usul shu ilovada ko‘rsatilmagan yuklar uchun qo‘llanilsa, unda tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar temir yo‘li bilan birgalikda “Mexanizatsiyalashgan ortish va tushirish muddatlari hisoblash tartibi haqidagi Uslubiy qo‘llanma” asosida (yuklarni tashish Qoidalarining 6-bo‘limi “Yuklarni ortish va tushirish muddatlari” ning 5-sonli ilova) ortish va tushirish muddatlarini ishlab chiqadilar. Vagonlarni mexanizatsiyalashgan usulda ortish va tushirish muddatlari mexanizmlarning unumdorligidan eng samarali foydalanish va yuklarni ortish va tushirish operatsiyalarini bajarishning mavjud o‘ziga xos shart-sharoitlarini inobatga olgan holda ortish va tushirish ishlarini samarali tashkil qilishni nazarda tutilgan hisoblari asosida aniqlanadi. Vagonlarni ortish-tushirish muddatlarini aniqlashda ba’zi bir ish operatsiyalarini birgalikda bajarilishini maksimal ta’minlash hisobga olinadi. Download 25.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling