21-modda. Soliq to‘lovchilarning huquqlari


-modda. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari


Download 23.11 Kb.
bet2/7
Sana01.04.2023
Hajmi23.11 Kb.
#1315019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
soliq to\'lovchilarning xuquqlari

22-modda. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari
Soliq to‘lovchilar:
belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va to‘lashi;
hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to‘g‘risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi;
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi;
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi;
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, ko‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi;
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi;
o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart.
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida alohida bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.
Ushbu Kodeks bilan zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi kerak.
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish obyekti deb e’tirof etiladigan ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ko‘chmas mulk obyekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan holatlarda o‘z muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda ko‘rsatilgan bir nechta mol-mulk obyekti mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga ko‘ra, xabar mol-mulk obyektlarining biri turgan erdagi soliq organiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan soliqlar to‘laydigan soliq to‘lovchilar zimmasida O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bo‘ladi.
Soliq to‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.


Download 23.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling