Farzandlikka olish
Download 15.57 Kb.
|
farzandlikka olish deganda nimani tushunasiz
Farzandlikka olish deganda nimani tushunasiz ? Farzandlikka olish - ota ona sining homiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyaga olish va farzandlikka olinuvchi bilan farzandlikka oluvchi oʻrtasidagi, otaona bilan bolalar oʻrtasidagi mavjud huquqiy (shaxsiy va mulkiy) munosabatlarni belgilash. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida otaona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar, ayni vaqtda, faqat voyaga yetmagan bolalarnigina ularning manfaatlarini koʻzlab farzandlikka olinishi koʻrsatilgan. Farzandlikka olish bolani Farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik va homiylik organi (xalq taʼlimi, sogliqni saklash, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari, vasiylik va xomiylik organlari) tavsiyasiga koʻra, tuman (shahar) hokimi qarori bilan rasmiylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171sonli karori bilan tasdiklangan "Fukarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"da belgilanishicha, FXDYO organi qabul qilingan hujjatlar asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartishlarni kiritadi va tugʻilganlik haqida yangi guvohnoma beradi. Farzandlikka oluvchilar bolaning tugʻilishi qayd etilgan daftarga uning otaonasi deb yozilishi kerak. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tugʻilgan sanasi ham bir yildan ortiq boʻlmagan farq bilan oʻzgartirilishi mumkin. Agar bola 10 yoshdan oshmagan boʻlsa, tugʻilgan joyi ham Oʻzbekiston Respublikasi doirasida oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin. Quyidagi shaxslar farzandlikka oluvchilar boʻlmaydilar; otaonalik huquqidan mahrum qilingan yoki otaonalik huquqi cheklanganlar; qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganlar; asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar; farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar; qasddan sodir qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar. Qonun oʻgay ota va oʻgay ona tomonidan Farzandlikka olish hollaridan tashqari holatlarda farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq 15 yoshdan kam boʻlmasligini shart qilib qoʻyadi. Farzandlikka olinuvchining qarindoshlari, farzandlikka olinuvchi oilasida yashayotgan shaxs, akauka, opasingillarni ular oʻrtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar, oʻgay ota va oʻgay ona, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga egadirlar. Qoida tariqasida, 10 yoshga toʻlgan bolani Farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi. Bolaning roziligi vasiylik va homiylik organi tomonidan anikdanadi. Bolani Farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola otaonasining roziligi talab etiladi. Ammo quyidagi hollarda otaonaning roziligisiz Farzandlikka olishga yoʻl qoʻyiladi: otaonaning kimligi nomaʼlum boʻlsa; otaona otaonalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa; otaona muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan boʻlsa; otaona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan boʻlsa. Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining oʻz bolalariga tenglashtiriladi. Ayni vaqtda farzandlikka olinganlar va ularning otaonasi (shuningdek, qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yoʻqotadilar xamda oʻzaro majburiyatlardan ozod boʻladilar. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish tegishli ravishda jinoiy javobgarlikka olib keladi. Oila kodeksining 151-moddasiga asosan, farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yo‘l qo‘yilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno. Oila kodeksining 152-moddasiga asosan, voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno: ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar; Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar: o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan bo‘lsalar, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilayotgan bo‘lsalar, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lsalar, muttasil ichkilikbozlikka yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsalar bekor qilinishi lozim. qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar. Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasnodir. Oila kodeksining 153-moddasida farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi. Oila kodeksining 154-moddasiga muvofiq, farzandlikka olishda turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari, farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs, aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar, o‘gay ota va o‘gay ona, kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar. Download 15.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling