21-modda. Soliq to‘lovchilarning huquqlari


Download 23.11 Kb.
bet7/7
Sana01.04.2023
Hajmi23.11 Kb.
#1315019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
soliq to\'lovchilarning xuquqlari

29-modda. Soliq siri
Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq sirini tashkil etadi, quyidagilar bundan mustasno:
1) hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan egasining roziligi bilan shunday foydalanish imkoni yaratilgan ma’lumotlar;
2) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
3) soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlari va bu qoidabuzarliklar uchun javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladigan soliq rejimlari va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5) to‘langan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar;
6) yuridik shaxsning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
7) xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
8) moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Soliq siri davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb etiladigan mutaxassislar va ekspertlar tomonidan oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Soliq sirini oshkor etish jumlasiga, xususan, soliq to‘lovchining tijorat sirini (ishlab chiqarish sirini) tashkil etuvchi va davlat organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan mutaxassisga yoki ekspertga ular o‘z majburiyatlarini bajarishi chog‘ida ma’lum bo‘lib qolgan axborotdan foydalanish yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning soliq organlariga yoki boshqa tegishli organlariga soliq to‘lovchi to‘g‘risida so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etish soliq sirini oshkor etish sirasiga kirmaydi.
Davlat organlariga kelib tushgan soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxsus saqlash va foydalanish rejimiga ega.
Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan mansabdor shaxslar foydalanish huquqiga ega.
Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarning yo‘qotilishi yoki bunday ma’lumotlarning oshkor etilishi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasarrufidagi, soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadigan va ularga ishlov beradigan tashkilotlar tomonidan olingan ma’lumotlarga, shuningdek mazkur tashkilotlarning xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Download 23.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling