21-Oktabr—O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun


Download 462.53 Kb.
Sana06.01.2023
Hajmi462.53 Kb.
#1081073
Bog'liq
21-oktabr O\'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun



21-Oktabr—O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining


4-moddasiga shunday so’zlar bitilgan:

“O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”


“O’zbekiston Respublikasining Davlat tili o’zbek tilidir”
“Davlat tili haqida” gi qonun 1-modda
1989-yil 21-oktabrda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Til millatning o’zligi, demak, til bayrami – millat bayrami, yurt shodiyonasidir. Mana shu shodiyona barchangizga muborak bo’lsin.
1989-yilning 21-oktabrida Respublikamizda “Davlat tili haqida” gi Qonun qabul qilindi. Unga ko’ra, tilimizga davlat tili maqomi berildi. Bu Qonun millatning qismatiga bevosita daxldor edi. U tilimizning ro’yobga chiqishi va imkoniyatlari ochilishiga zamin yaratdi. Tilga ma’naviy-madaniy meros, umummilliy boylik, oliy qadriyat sifatida yondashuv shakllandi.
Tilni milliy ruh va milliy imkoniyatlar asosida ilmiy tadqiq etish harakati kuchaydi, tilning ilmiy , diniy, rasmiy va idoraviy uslublari shakllandi, yangi darsliklar, butun bir atamalar tizimi, bir tillik, ikki tillik, uch tillik lug’atlar yaratildi. Qonun va yurisprudensiya tili, ifodalash uslubi yuzaga keldi.



Hali bashariyat murg’ak uyquda,
Bilmaganda qalam, harfu imloni.
U tog’lar ko’ksiga gul qilib chizdi,
Gul deya anglatni yorug’ dunyoni.

Odamlar qulonlar ortidan quvib,
Jonlig’ keltirganda omoch-molaga.
U buloq suvini uzatdi quyib,
Gul bargini bitib loy piyolaga.

Balki o’sha tasvir, balki o’sha sir
Havvoning Atoga bo’lgan dilidir?
Bilaman, qaysi so’z bo’lmasin o’sha,
U mening yuragim – O’zbek tilidir.

Bobolar tili bu, ey ona tilim,
Sendan kelar olis dala-dasht isi.
Uchar arg’umoqlar qanotida sen,
Qoldirilgan izlarda kurashlar izi.




Til — umumbashariy qadriyat, insoniyatga ado etilganulug’ ne’madir.
Muhtaram Yurtboshimiz “Ona tili bu — millatning ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millati o’zligidan judo bo’lishi muqarrar”, deya ta’kidlaydi. Til — shaxsni shakllantirgan, millatni vujudga keltirgan, uni taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan mo’tabar xilqat.
Download 462.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling