Chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti tarix yo‘nalishi 3-bosqich 19/1 guruh talabasi


Download 282.5 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi282.5 Kb.
#1550904
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUSHTARIY kurs ishi tarix

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI GUMANITAR FANLAR FAKULTETI

TARIX YO‘NALISHI 3-BOSQICH 19/1 GURUH TALABASI

YUNUSOVA MUSHTARIYNING

“O‘ZBEKISTON TARIXI” fanidan

“Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi”

Mavzusi asosida bajargan

KURS ISHI

Ilmiy rahbar: :___________________________

Bajardi: :___________________________

TOSHKENT 2022




MUNDARIJA


KIRISH………………………………………………………………………….....3


I BOB.
Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining yuzaga kelishi
1.1 Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltirgan ijtimoiy-siyosiy sharoitlar…………………………….……………………………….......................7
1.2 Muxtoriyatchilarning milliy davlat tuzish yo’lidagi harakatlari………….....19


II BOB.
Turkiston muxtoriyati! Ozodlik va milliy davlatchilikning
tiklanishi uchun kurash
2.1 Ozodlik va milliy davlatchilikning tiklanishi uchun kurashlar……………....31
2.2 Muxtoriyatchilar harakatining yemirila borishi……………………………....41
2.3 Mustaqillik va milliy davlatchilik……………………………………...…....48


Xulosa………………...……………………………..……………………………54


Tavsiyalar…….………..…………………………………………...…………….57


Adabiyotlar ro’yxati……..…………..…………………………………………..58


Ilova........................................................................................................................60


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu – tabiiy hol.Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini,o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi.1
Ozodlik, mustaqillik, bugungi tinch-osuda hayot o’z-o’zidan kelmagani, ularning barchasi qanday tinimsiz kurashlar, qiyinchilik va yo’qotishlar, uyqusiz tunlar, munozara va muhokamalar, izlanish va yaratishlar, ba’zan o’ta iztirobli, ba’zida quvonchli intilishlar mahsuli ekanini qalbimizdan, yuragimizdan o’tkazamiz. El-yurtimiz O’zbekiston deb atalgan bu betakror va ozod diyor, mustaqil davlatni haqiqatan ham o’z mehnati, o’z aql-zakovati va salohiyati, irodasi bilan barpo etganidan ko’nglimiz tog’dek ko’tariladi.2
O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yo’liga qadam qo’yishi ota-bobolarimizning mustaqillik va erk uchun uzoq kurashi tarixini qayta idrok etishga milliy-ozodlik harakati mafkurasining shakllanish jarayoniga davlat mustaqilligiga erishishni ta’minlagan omillar sifatida katta ijtimoiy qiziqish uyg’otmoqda. Tarixiy haqiqatni qayta tiklash imkonoyati paydo bo’lgan bugungi tub o’zgarishlar sharoitida butun milliy-ozodlik harakati jarayoni, shuningdek, ayrim ijtimoiy-siyosiy oqimlarning o’rni va ahamiyati haqidagi eski qarashlarni butunlay qayta ko’rib chiqish zaruriyati yuzaga keldi.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xalqimiz tarixini xolisona o’rganish zarurligini ta’kidlab shunday degan edi. “Biz tariximizni yoritishda uni davr muayyan siyosiy gurunlar yoki ayrim shaxslar manfaatiga moslab talqin etishni qoralaymiz. G’oyat murakkab va ziddiyatli tariximizni xolisona va ilmiy o’rganish – tarixchi olimlarimizning ma’suliyatli va oliyjanob vazifasi deb hisoblaymiz”. Ozodlik va mustaqillik g’oyalarini o’zida mujassamlantirgan va o’zbek xalqi tarixida o’chmas iz qoldirgan muhim voqealardan biri Turkiston muxtoriyatidir.
Bugungi kunda Turkiston muxtoriyati uchun kurash tarixini o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi.Ilmiy jamoatchilik e'tiborini ko'pdan o'ziga jalb etib kelayotgan Muxtoriyat tarixida hozirda nafaqat ilmiy, balki amaliy va hatto siyosiy nuqtai-nazardan qiziqish uyg’otishi tabiiy, chunki davr o’sha yillar voqealariga qayta baho berishni taqozo etmoqda. Shunisi ham borki, Turkistonda Muxtoriyat ushun kurash jarayonida demokratik milliy davlatchilikni barpo etish mafkurasi ham shakllana bordi.

Download 282.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling