Serqirra ijodkor


Download 19.54 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi19.54 Kb.
#217941
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustafaqulov ustoz


SERQIRRA IJODKOR

Kundalik matbuotda biror yaxshi asar haqida fikr bildirish uchun unga bahona- sabab bo’lishi tabiiy hol. Ezgulik ishining erta- kechi yo’q, dedi dono xalqimiz. Boshqird dramaturgi Mustay Karimning qalamiga mansub “ Olovni tashlama Prometey ” tragediyasi haqida matbuotda chiqishni ko’pdan orzu qilib yurar edim. Bu tragediyani o’zbek tiliga o’girib o’quvchilar hukmiga havola etib, ularga g’urur va faxr baxsh etgan tarjimon Asqad Muxtordir. A. Muxtor milliy adabiyotimizning o’nqir-o’nqir, alg’ov-dalg’ov so’qmoqli yo’llaridan dadil o’tib ketgan serqirra ijodkorlardan biri edi. U 70 yil bexalovat uyqusiz tunlar qa’rida ijod qildi. Adibning asarlari jumhuriyatimizning barcha tillariga, hatto o’nlab chet tillarga ham o’girilgan. A. Muxtor ham o’zbek xalqini qardosh va chet el adabiyoti vakillari adabiyoti durdonalaridan bahramand qilgan ijodkor tarjimonlar safida turadi.

O’zbek adabiyotshunosligida tragediya janri namunalarini ilmiy negizida yoritish ancha munozarali soha hisoblanib kelinadi. Ijodkorlarimiz ham bu janrning tipologik ko’rinishlarini o’z asarlarida talab darajasida namoyish etishga kata mehnat sarfladilar. Tarjima sohasining bilimdoni Asqad Muxtordir. Asqad Muxtorning tarjima asarlaridan biri “ Olovni tashlama Prometey ” tragediyasidir. U faqat ijod ahligagina emas, balki keng o’quvchi-kitobxonlarga ham ma’naviy ozuqani boyitishda oldingi saflardadir. Ushbu asarda ezgulik yo’lida, insonlarga naf keltirish yo’lida, chin ishq-muhabbat yo’lida o’limdan ham qaytmaslik, fidoiylik g’oyasi olg’a suriladi. Asar gumanizmni ta’minlovchi bu g’oya persaojlarning tragik qismatlarga yo’liqishlari nihoyasida amalga oshadi. Jangda, dushmanlarni, alplarni mag’lub etgan xudolar ularning boshlig’i ZEvs o’gay qizi Afroditaga qayliq tanlab unashtirmoqchi. Hamma bazm kayfiyatida, faqat Prometey o’ychan, g’amnok, ko’kda yulduzlar beorom bezuvta. Buning sababi “ Jangu jadal, nizo qo’zg’ab ” qo’yilmaganidanmikan, degan gumonga boradi. Chunki Zevs urushda g’olib chiqib hukumdor bo’lgan. U do’stona qalbdan mahrum bo’ldi. Negaki, Prometeygacha, “ hukumdorlarning do’sti-oshnalari bo’lmas hech qachon ”. Bosh qahramon qalbidagi ana shu ikkilanish kurtaklari asar harakati davomida bo’rtib, o’sib butoqlashib boraveradi. Bunda Afroditaning boshqalar ishq izxor qilishini rad etishi Prometeyda ko’ngil borligini sezdirish, buning aksicha, Prometeyning ko’ngli yer qizi Agoziyaga tushganligi xarakterni tragizm bilan ta’minlovchi negiziga aylanadi. Bu xol Zevsni norozi etsa, uning ayg’oqchisi Gefestni mamnun etadi. Afrodita oshiq-mashuqlarga homi oltin ma’buda timsolida ikki oshiq – Prometey va Yer qizi muhabbati tantanasiga tilakdoshligini bildiradi. Biroq tragik g’oya taqozosida, konflikt brogan sayin tragik ruh ola boradi. Bunda Prometey xarakteridagi gumanistik nuqtalar yetakchilik qiladi. U jangu jadallar, qatil qilishlar sababli havodan qon tomchilaganidan so’ng bazilar avj olib, biror arzigulik, insonlarga naf keltiradigan bunyodkorlik yuzaga keltirmaganidan Zevs odamlarni “ o’tdan, demak-umid ishonchdan ” mahrum etganidan iztirob chekadi. “ imon ham, vijdon ham men o’zim” deb mag’rurlangan takabbur Zevs javob oladi. Prometey:


Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling