Serqirra ijodkor
Qovushtiruv, demak, senga fojia!
Download 19.54 Kb.
|
Mustafaqulov ustoz
Qovushtiruv, demak, senga fojia!..
.. IKki o’tni qovushtiruv balki, Mening zimmamdagi farzu qarzimdir… Shunday fojia qismatni mardona tanlagan Prometey tag’in ham murakkab yechib bo’lmaydigan ziddiyatlarga yo’liqtiriladi. U o’zining barcha insonlarga ular qatori Agoziyaga yaxshilik “Mangulik umri boqiylik ” keltirish niyatiga sodiq qolib, Samoviy o’tdan yerda ham yoqishga ahd qiladi va deydi: “ Meni azm etdim, Zevsning olovini yerdagi o’t bilan qovushtiraylik, o’zgarsin zamonlar mohiyati ”. o’z azmu qaroridan qaytmagach, Zevsning xizmatkorlaridan Hokimlik, Zo’rlik va Gefest Prometeyni Kof tog’lari qoyasiga zanjirband etishadi. U insonlarni sevgani, ularga murivat ko’rsatishga ahdu qaror qilganligi sabali uch yuz asrlik dahshatli jabrga jigarini bahaybat, temir tumshuqli Burgut timsol qush cho’qib tortqilashiga mahkum bo’ladi. Aslo ortga qaytmaydi, pushaymon bo’lmaydi va chinakam tragik qahramon timsolida gavdalanadi. Lekin Prometey azob-uqubatlarga bardosh beradi, dushmanlarining aysh-ishrati quyida nazoratni bo’shashtirganliklaridan foydalanib Zevs o’chog’idan qamish nay ichiga uchqun- chog’ solib, inson mehriga erishish niyatida yer sari parvoz etadi. Prometey somondan, o’z qovmillari safidan yashab, ko’ngli yerga, odamlar bag’riga talpinganidan ikki orada qolib azob cheksa, Agoziya ham shu yanglig’ fojiaviy ziddiyatga ro’bora bo’ladi. U yo Prometey olovidan yoki hayotidan voz kechishi, ikkovidan birini tanlashi zarur. Agoziya bo’lsa “ o’t yo hayot! Birga, menga” degan ahdidan qaytmaydi. Bir biriga shunday ideal asosida intilish- Prometeyning Samoviy olamdan voz kechib, qo’lidagi cho’g’ni Agoziya qalbida yona boshlagan olovga tutashtirish. Har ikkala qahramonni alanga oldiradi va ular yonib kulga aylanishadi. Prometey kulga aylansa-da, insonlar bag’rida tuproqqa qorishib ketganidan ko’ngli bir ko’tarilsa, alanga otashdan yorug’likdan va qorang’ulikka intilgan badbashara, mayib, ko’r kabi natovon kishilarning xushbichim, ko’hlik, bo’lib qayta olamga kelishlaridan ikki bor mamnun bo’ladi. Chunki insonlar bag’riga qaytishdan umidvor. Download 19.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling