21-seminar topshirig’i


Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko‘rib chiqishda, zarur axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik qilmoqda


Download 24.36 Kb.
bet10/10
Sana02.01.2022
Hajmi24.36 Kb.
#196218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21-seminar MIG'

Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko‘rib chiqishda, zarur axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik qilmoqda

Qonun qabul qilingunga qadar ham Inson huquqlari bo‘yicha vakil mamlakat Konstitutsiyasi doirasida faoliyat ko‘rsatib keldi. Jumladan, birgina 1996-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zolari 700 dan ortiq murojaatni ko‘rib chiqdi. Ana shunday arizalarning tegishli qismidagi dalillar o‘z tasdig‘ini topgan va zarur choralar ko‘rilgan.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil BMTning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining Jenevada bo‘lib o‘tgan 52-sessiyasining majlisida qatnashdi va so‘zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari davomida Inson huquqlari bo‘yicha vakil BMT seminarida, BMTning Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlaridagi vakillarining mintaqaviy uchrashuvida so‘zga chiqdi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning bir qator kengashlari hamda seminarlari ishida qatnashdi.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda huquqiy, insonparvarlik, demokratik va fuqarolik jamiyat qurilishi uchun mustahkam poydevor qo‘yildi

Oliy Majlis “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” qonunlarni, Mehnat kodeksi (1995), “Fuqarolik Kodeksi”ning (1996) (birinchi va ikkinchi qismlari) kabi ko‘plab qonunlar va qarorlar qabul qildi.

1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga saylovlar bo‘lib, saylangan deputatlardan O‘zbekiston Parlamentining yangi tarkibi shakllandi.

3. Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huqukdariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquklari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquklari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.

4. Jamiyat va madaniyat taraqqiyotida vorisiylik alohida o‘rin tutadi. Vorisiy deganda oldingi avlod tomonidan yaratilgan turmush tarzi, rasm-rusum va an’analar, moddiy va ma’naviy madaniyat yutuqlarning keyingi avlodga o‘tishi va o‘zlashtirilishi tushuniladi.

Madaniyatshunoslik fanida vorisiylik muhim kategoriya hisoblanadi. Vorisiylik negizida hayotiylik yotadi. Kishilar o‘zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangi-liklarni yaratadilar. Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo‘lmaganida edi, «biz uchun o‘tmish sovuq, befoyda, o‘lik va qiziqarsiz bo‘lib qola-verardi», deb ta’kidlaydi J.Neru. Sharqshunos olim Maks Myuller Hind sivilizatsiyasi haqida fikr yuritar ekan «eng zamonaviy va eng qadimiy hind sivilizatsiyasi o‘rtasida uzluksiz vorisiylik mavjud», deb yozadi. Vori-siylik barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotiga xos uzluksiz jarayondir.

Jamiyat, madaniyat rivojida ma’naviy-madaniy meros katta ahami-yatga ega.

Xo‘sh madaniy-ma’naviy meros nima?

Madaniy-ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy-ma’naviy boyliklar – siyo-siy, iqtisodiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari va boshqa milliy qad-riyatlar majmuyidir. Bunday boyliklar, qadriyatlar bir yilda, bir asrda hosil qilinadigan hodisa emas, ular jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichla-rida uning ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. Ular jamiyat siyosiy tuzumi ji-hatidan o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun me-ros bo‘lib qoladi. Madaniy-ma’naviy meros insonni yuksalishga da’vat etadigan, ichki olamini boyitadigan, irodasini, e’tiqodini mustahkam-laydigan qudratli kuchdir.

Har bir avlod o‘zidan oldingi avloddan ma’naviy-madaniy qadriyat-larni, moddiy va ma’naviy sohada erishilgan yutuqlarni meros qilib oladi va yanada rivojlantiradi. Insoniyat hayotini ramziy ma’noda uzoq yo‘l deb faraz qilsak, har bir avlod yo‘ldagi ko‘prik ustida turganga o‘xshaydi. Ko‘prikning bir tomonida oldingi zamonlarda yashab o‘tgan qancha-qancha avlod-ajdodlar hayoti, ular yaratgan moddiy va madaniy-ma’na-viy yutuqlar, qadriyatlar yaqqol namoyon bo‘lib turadi. Ko‘prik ustida turgan yangi avlod esa ota-bobolaridan qolgan moddiy va ma’naviy boy-liklarni meros tariqasida qabul qilib oladi, o‘zlashtiradi, yangilaydi, bo-yitadi. Ko‘prikning ikkinchi tomoni esa hayotga kirib kelayotgan kelajak avlod o‘rnidir. Vaqti kelib, ko‘prik ustidagilar o‘z o‘rnini kelajak avlod-ga bo‘shatadi, o‘zi o‘zlashtirgan, yangilagan, boyitgan moddiy va ma’naviy madaniyatni ularga meros qilib qoldiradi. Shu tariqa avlodlar almashi-nuvi barobarida jamiyat yangilanib, rivojlanib boradi, inson uchun zarur bo‘lgan jismoniy va ma’naviy-madaniy qulayliklar yaxshilanib, takomil-lashib boradi. Bu jarayon jamiyat va madaniyat taraqqiyotiga xos beti-nim amal qiluvchi qonuniyatdir.



Download 24.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling