21-variant Bank aktivlarini daromadligiga ko‘ra guruhlanishi. Tijorat banklarinig valyuta operatsiyalari
Likvid aktivlar uchta xususiyatga ega bo‗lishi lozim
Download 28.05 Kb.
|
банк иши 57,2 мухитдинова И.Ж.
Likvid aktivlar uchta xususiyatga ega bo‗lishi lozim:
-tez pulga aylanishi uchun o‗z bozoriga ega bo‗lishi; -bozorlarda barqaror bahoga ega bo‗lishi ; -sotuvchi minimal risk orqali birlamchi investitsiyani qoplay olish imkoniyatining bo‗lishi lozim. Likvidlilikni boshqarishda bank likvidlilikni boshqarish siyosatini ishlab chiqish va likvidlikni boshqarish bo‗yicha qarorlar bank kengashida doimo muhokama qilib borilishi va zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Tijorat banklarining tarkibiy bo‗linmalari: - bank likvidlik holatining har kunlik kuzatuvi; - rahbariyatga bankning likvidlikka munosabati to‗g‗risida kundalik hisobotlarni tayyorlash, bunda likvidlikni qisqa muddatli rejalashtirish ham hisobga olinishi kerak; - barcha bank bo‗limlaridan kerakli bo‗lgan axborotlarni olish vakolatiga ega bo‗lishi lozim. Kundalik hisobotlar yetti kunlik davr ichida likvidlikning qisqa muddatli kamayishini yoki ortiqchaligini aks yettirish uchun yetarli darajada batafsil bo‗lishi hamda mablag‗larni jalb etish va investitsiyalash bo‗yicha talab qilingan tavsiyanomalar bilan ta‘minlashi lozim. Ushbu bo‗linma ma‘lum davr ichida (oy, chorak, yil yakunlari bo‗yicha) bank boshqaruvi kengashiga bankning likvidlik pozitsiyasi holati to‗g‗risida umumlashgan hisobotlar taqdim etishi kerak. Tijorat banklari likvidliligini baholashda bankning joriy likvidlilik holati va mablag‗larga kelajakda bo‗ladigan ehtiyojini yetarli darajada baholash uchun: -moliyaviy resurslarning eng yirik manbalari, tarmoq va geografik hudud bo‗yicha resurslar manbalarining jamlanganligi; Bank aktivlarining sifati ham bank likvidliligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Chunki bankda muammoli kreditlar, muddati o‗tgan, foyda keltirmaydigan kreditlar salmog‗ining yuqoriligi, pul mablag‗lari harakatining kamligi bank likvidligining tushib ketishiga olib keladi. Bank faoliyatining barqaror va likvid bo‗lishi uning resurslarining manbalari va hajmiga, resurslarni tashkil qilishda diversifikatsiya usulidan foydalanganligiga ham bog‗liq. Agar tijorat banki resurslarining asosiy qismini sanoqli yirik korxonalar mablag‗lari yoki davlatning mablag‗lari hisobidan tashkil qiladigan bo‗lsa, bankning shu subyektlar depozitlariga qaramligini ko‗rsatadi va subyektlar tomonidan turli xil budjet to‗lovlarini amalga oshirish, ish haqi to‗lash bo‗yicha depozitdan mablaglar olishi bankning likvidlilik riski shuncha yoqori bolishiga olib keladi. Download 28.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling