21-variant Risklarning tasniflanishi. Asosiy daromadlar mdni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga bo‘linadi? Moliyaviy hisobotning mazmuni. Risklarning tasniflanishi
Download 28.22 Kb.
|
Moliya BHA 92-2 Urolov Chori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Risklarning tasniflanishi
Urolov Chori Ismatillayevich Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi BHA 92-2 guruh Moliya fanidan oraliq nazorat ishi 21-variant Risklarning tasniflanishi. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga bo‘linadi? Moliyaviy hisobotning mazmuni. 1. Risklarning tasniflanishi Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma`lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir. Risklarini turli belgilar bo`yicha tasniflash mumkin: Tarkibi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar; muddati bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar; olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta`sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta`sirida nolga teng bo`lgan zarar (foyda) ko`rish mumkin; loyihaga ta`sir etish darajasi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi: mumkin bo`lgan risklar - ular ta`sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari. Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o`ziga xos risklar bilan bog`liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko`proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta`sirchan bo`ladi. Investitsiya bosqichida ko`proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o`z ta`sirini ko`rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo`lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko`p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o`zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog`liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma`qul ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon`yunkturasining, ya`ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o`zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o`zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to`xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro`si haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi va boshqalar. Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo`lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo`linadi: Download 28.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling