21-variant Risklarning tasniflanishi. Asosiy daromadlar mdni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga bo‘linadi? Moliyaviy hisobotning mazmuni. Risklarning tasniflanishi


Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski


Download 28.22 Kb.
bet3/5
Sana23.12.2022
Hajmi28.22 Kb.
#1048179
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliya BHA 92-2 Urolov Chori

Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski.
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro`y beradi.
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish riskidir.
Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:

  1. kredit riski;

  2. valyuta riski;

  3. foiz stavkasini o`zgarish riskidir.

Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo`yicha to`lov majburiyatlarini to`liq yoki umuman to`lay olmaslik riski.
Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo`ladi.
Foiz stavkasining o`zgarish riski- bu risk kredit resurslari o`zgaruvchan stavkada qo`llanilganda ro`y beradi.
Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo`lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.
Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to`xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog`liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo`llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni o`zgartirishi bilan bog`liq.
Ma`muriy risklar- loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog`liq.
Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma`muriy va boshqaruv risklari bilan bog`liq.
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo`lmagan tashqi risklardan biri bo`lib, unga yer silkinishi, yong`inlar, suv toshqini, bo`ronlar va boshqa tabiiy hodisalar.


Download 28.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling