220-Estetik yo’nalish bo’yicha tahsil olgan to’garak a’zolari quyidagilarni bilishi lozim
Estetik yo’nalish bo’yicha tahsil olgan to’garak a’zolari quyidagilarni
bilishi lozim:
- raqs san’atining mashhur namoyandalari hayoti va ijodini;
-kuy tinglash, uning mo h,iyatini tushunib paqc harakatlari orqali
ifodalashni;
-turli millat va elatlar raqslari harakatlarini, uni ijro etishni;
-doiraning yaratilish tari hini, uning keksa namoyandalari ijodiy yo’lini,
doirani ushlash qoidalarini;
Shuningdek, estetik ta’lim tasviriy va halq amaliy san’ati yo’nalishlaridagi
tugaraklar mashg’ulotlari orqali ham talabalar qalbiga singdiriladi. Bu o’rinda
talabalar uylari, saroylarida tashkil etilgan «Tasviriy san’at», «haykaltaroshlik”,
«Kulolchilik”, «Milliy kashtachilik” , «Naqqoshlik», «yog’och o’ymakorligi»,
«Ganch o’ymakorligi», «Yosh ta’mirlovchilar» tugaraklari ayni maqsadni doimiy
va uzluksiz amalga oshiradi.
Sayyohlik to’garaklariga talabalar ularning qiziqishlarini hisobga olgan
holda keng jalb qilinadi.
To’garakka qabul qilinayotgan talaba yoshlar avvalo sayyohlik
tugaraklarining biror bir yunalishiga qiziqqan, sayyohlik ekspeditsiyasi to’g’risida
tasavvurga ega bulgan, sog’lom bo’lishi kerak.
Sayyohlik yo’nalishi bo’yicha qatnashadigan talabalar birinchi o’quv yilidan
keyin quyidagilarni bilishi lozim:
-yurtimiz haqida tasavvurga ega bulishi;
-yurtimizning tari hini, qadimiy obidalarini, ular haqidagi afsona va
rivoyatlarni bilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |