212-guruh talabasi Fayzullayeva Mohiraning Umumiy psixodiagnostikasi fanidan tayyorlagan TAQDIMOT ISHI Mavzu: R.B.Kettellning «Shaxsni 16 omil yordamida o‘rganish so‘rovnomasi» - 1. Yo’riqnoma
- 2. So’rovnoma faktorlari
- 3. xulosa
R.B.Kettellning «Shaxsni 16 omil yordamida o‘rganish so‘rovnomasi» - Yo‘riqnoma: Qo‘lingizda sizning qarash va qiziqishlaringizni aniqlovchi savollar turibdi. Har bir savolga javob bera turib, javoblar blankasining mos keluvchi katakchasiga berilgan 3ta javobdan: “a” (ha), “?” (bilmayman), “b” (yo‘q) birini ko‘rsating. Javob uchun vaqt sarflamang, miyangizga kelgan birinchi tabiiy javobni belgilang.
- Haqqoniy va aniq javob bering. Bunda “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” javoblar yo‘qligini, har bir odam o‘zining shaxsiy fikriga ega ekanligini esda tuting.
- So‘rovnoma faktorlari (omillari tahlili)
- 1. Muloqotga moyillik.
- Ballar yig‘indisi: 1, 11, 21, 31, 41, 51, 61, 71, 81, 91
- 1-3 ball- moslashuvchan emassiz, atrofingizdagi hodisalarga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qaraysiz, odamovisiz, odamlarga nisbatan qog‘ozlar bilan qiziqibroq ishlaysiz, yolg‘izlikda ishlashni yoqtirasiz, kompromissiv qarashlar, nuqtai nazarlar, hukmlardan qochasiz Bunday shaxslar muloqotga moyillik sezmaydi va o‘z faoliyatida avtoritar uslubida ish tutadi.
- 4-7 ball. Bunday shaxslar boshqalar bilan hamkorlik qilishga tayyor, diqqat e’tiborli, qattiq g‘azablanish yoki xursand bo‘lish holatlariga (ichki hayajonlanish, ehtiros) tushmaydilar, hulqini boshqara olish qobiliyatiga ega, rahmdil va samimiy, lekin talabchandir.
- 8-10 ball (7.5 ball) –Sizdagi muloqotga moyillik yuqori darajada. Siz hislaringizin yorqinligi bilan harakterlanasiz. Tez qaror qabul qilasiz, kun mobaynida kayfiyatingiz tez o‘zgarib turadi. Siz odamlarga diqqat etiborlisiz, rahmdilsiz, jonkuyarsiz. Shuningdek, yumshoq tabiatlisiz, bu xususiyatingizdan hammadan ham o‘zingiz jabrlanasiz. Yana istaqlaringiz va intilishlaringiz o‘rtasidagi qarama-qarshilikni keskinlashib ketishidan ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Shu bilan birga, muvaffaqiyatga bo‘lgan intilishingizni susaytirmang, shuningdek, jamoat ishlarida faol qatnashishni davom ettiring, chunki odamlar sizga to‘la ishonishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |