217 korxona pul mablagʻlari harakati tahlili va pul mablagʻlarini buxgalteriya hisobida turkumlanishi


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS


Download 117.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana25.10.2023
Hajmi117.8 Kb.
#1721704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
217-227

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–28_Issue-1_May_2023 
224 
bermaydi. Bozor munosabatlarining vujudga kelishi faqatgina korxonalarga eskport va 
import operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 52 "Valyuta schoti"ni 
kiritishni ta’minlaydi. 
2 Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo‘jalik subyektlarining pul mablag‘lari 
harakatini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari. 
Turli-tuman 
mulk 
shakllarining 
paydo 
bo‘lishi, 
davlat 
mulkining 
xususiylashtirilishi, hissadorlik jamiyatlari, hamkorlikdagi qo‘shma korxonalar, kichik 
korxonalarning vujudga kelishi o‘tish jarayoniga xos xususiyatlardandir. Bunday 
sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida haqiqiy raqobat hukm surishiga
korxonalar mustaqil ravishda chet el korxonalari bilan aloqa o‘rnatishga, mahsulot 
sotishning yangi zamonaviy usullarini rivojlantirishga, tijorat banklari, xususiy 
banklar, birjalar, kim oshdi savdolari faoliyatini rivojlantirishga imkoniyatlar paydo 
bo‘la boshladi. 
Hozirda mulkiy birlik va munosabatlarning shunday tizimini shakllantirish 
lozimki, bu harakat avvalo faoliyat yakunida yuqori unum va natijaviylikni, butlik va 
manfaat uyg‘unligini, eng muhimi bozor to‘kin-sochinligi va jamiyatimiz farovonligini 
ta’minlasin. Moliyaviy axborot bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil 
qilishdir. Tahlil qilishda xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda 
asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Korxona moliyaviy ahvolini 
tahlil qilish bilan shug‘ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu 
jumladan, "Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot" shaklini erkin o‘qiy olishi, uning 
moddalarini tushunishi, shuningdek xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishlari 
kerak. Moliyaviy hisobot moddalaridan foydalanib, korxona to‘g‘risida katta hajmda 
ma’lumot olish, uning moliyaviy ahvolini xizmat va bozor faolligini tahlil qilish 
mumkin. 
"Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot"da korxona moliyaviy resurslaridagi barcha 
o‘zgarishlar pul mablag‘lari nuqtai-nazaridan aks ettiriladi: 
- Xo‘jalik faoliyatida olingan pullar harakati; 
- olingan hamda to‘langan foizlar va dividendlar; 
- to‘langan soliqlar; 
- olingan va qo‘yilgan investitsiyalar; 
- aksiyalar va zayomlar, shuningdek ijara majburiyatlari bo‘yicha tushumlar va 
to‘lovlar. 
Kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘laridagi barcha 
o‘zgarishlar shunday tartibda aks ettiriladiki, u pul mablag‘lari qoldig‘i bilan ularga 
ekvivalent bo‘lganlar o‘rtasida, ya’ni, qisqa muddatli yuqori likvid investitsiyalar, 
erkin ayirboshlanadigan pul mablag‘lari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash 
imkonini beradi. 4-son shaklga "Valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risida 
ma’lumotnoma" ilova qilinib, unda davr boshi va oxiriga bo‘lgan qoldiqlar, valyuta 



Download 117.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling