22-§. Genlarning o‘zaro ta’siri
Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri. Pleyotropiya
Download 1.35 Mb.
|
Genlarning o‘z
Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri. Pleyotropiya. Biz yuqorida bitta belgining rivojlanishiga bir qancha genlarning ta’sirini ko‘rib chiqdik. Shu bilan birga bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga ta’siri ham aniqlangan. Bu hodisa pleyotropiya deb ataladi. Pleyotropiya hodi sasi tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, katta ahamiyatga ega. Bu hodisa o‘simliklar bilan hayvon larning ko‘p genida uchraydi.
Gulli o‘simliklarda gullarning to‘q qizil rangda bo‘lishini ta’min etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham to‘q qizil rangda bo‘lishiga daxldordir. Tovuqlarda masalan, jingalak patli zotlar uchraydi. Bunday pat tovuq tanasiga yopishib turmaydi, ko‘pincha sinib ketadi. Bu bilan tovuq tanasidan tashqi muhitga ko‘p issiqlik tarqaladi, ovqat hazm qilish, yuraktomir faoliyatining ishi buziladi. Bular esa tovuqning nasl qoldirish xususiyatiga va hayotchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi bir genlarning pleyotrop ta’sirida organizmdagi turli organlarning rivojlanishida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, natijada ular nobud bo‘ladi. Bun day genlarletal, ya’ni halokatga olib keluvchi genlar deb ataladi. Masa lan: sichqonlarda jun rangining sariq va qora bo‘lishi bir juft allel genlarga (Aa) bog‘liq. Bu gen retsessiv gomozigotali (aa) holatda bo‘lsa, sichqon juni ning ran gi qora bo‘ladi. Juni sariq rangda bo‘lgan sichqonlar doimo geterozi got a (Aa) hol atda bo‘ladi. Sariq sichqonlar orasida dominant gomozigotali (AA) for malari butunlay uchramaydi. Buning sababi junning sariqliligini ta’min etuvchi gen dominant gomozigotali holatida organizmning nobud bo‘lishiga olib keladi. Quyidagi tajribaning natijasi buning isboti bo‘ladi. Tajribada sariq, genotipli (Aa) otaona sichqonlar o‘zaro chatishtirilgan. Ularning avlodida sariq va qora rangli sichqonlar hosil bo‘ldi. Lekin ularning miqdoriy nisbati odatdagicha 3:1 emas, balki 2:1 holatida bo‘ldi. Buning sababi dominant gomozi gotali (AA) sichqonlar embrional rivojlanish davridayoq nobud bo‘ladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling