22-laboratoriy mаshg‘ulоti. Ko‘ptukli halqali chuvalchanglarni asosiy tuzilish xususiyatlari va rivojlanishi


V 43-rasm. Nereisning tashqi tuzilishi. Nereisning oldingi (A) va keyingi (B) tomoni


Download 0.56 Mb.
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1349930
1   2   3
Bog'liq
НЕРЕИС-НИНГ ТУЗИЛИШИ.

V

43-rasm. Nereisning tashqi tuzilishi. Nereisning oldingi (A) va keyingi (B) tomoni: 1-paypaslagichlari (antennalari), 2-palpi, 3-og‘iz yoni mo‘ylovlari, 4-ko‘zlari, 5-boshining oldingi bo’g’imi (prostomiumi), 6-hidlash chuqurchasi, 7-boshining keyingi bo’g’imi (peristomiumi), 8-parapodiylar, 9-qillari, 10-orqa mo‘ylovi, 11-pigidiysi, 12-anal mo‘ylovlari, 13-orqa qon tomiri; V-parapodiysi: 1-orqa mo’ylovi, 2-parapodiyning orqa shoxi, 3-qillar tutami, 4,6-parapodiyning qorin shoxlari, 5-parapodiyning qorin mo’ylovi, 6-tayanch qillar.
Nereisning bosh qismini tashkil qiladigan ikki bo‘g‘nidan tashqari hamma segmentlarining yon tomonida bir juftdan parapodiylari bor. Bular harakatlanish organidir. Parapodiy ikkita bo‘lakchadan iborat bo‘lib, uning yelka bo‘lagi natopodiy, qorin tomon bo‘lagi esa nevropodiy deb ataladi.
Bu bo‘lakchalarning har birida bittadan uzun mo‘ylovchalar va tutam-tutam bo‘lib joylashgan tukchalar bor (shu sababli bularni ko‘ptukli halqali chuvalchanglar deyiladi). Har bir bo‘lakchadagi qillar orasida bittadan ancha yo‘g‘on va parapodiyning asosidan chiqadigan tukcha bo‘lib, uni tayanch tukcha-atsikula deb ataladi. Parapodiylar chuvalchang suv ostida harakatlanganda tayanch, suvda suzib yurganda esa eshkak vazifasini bajaradi.

2-ish. Qum chuvalchangining tuzilishi va rivojlanishi


Qum chuvalchangining sistematik o‘rni
Tip. Halqali chuvalchanglar-Annelides
Kenja tip. Belbog‘sizlar-Aclitellata
Sinf. Ko‘ptukli halqali chuvalchanglar-Polychaeta
Kenja sinf. Otroq yashovchi ko‘ptukli halqali chuvalchanglar-Sedentaria
Vakil. Qum chuvalchangi-Arenicola marina
Ishning mаzmuni. Qum chuvalchangi ham Barens va Oq dengizlarda, qum-tuproqdan tashkil topgan sohil zonalarida yoysimon inda yashaydi. Inning ikkala tomonida ham tashqariga ochiladigan og‘izchasi bo‘ladi (44-rasm).


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling