22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli
Inflyatsiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish
Download 102.37 Kb.
|
22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar
Inflyatsiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyo- sat eng awalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o‘matish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo‘llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilishi zarur. Chun- ki xarid qilish uchun mollar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib ke- tishiga, oxir- oqibatda inqirozlarga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlaming ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o‘z navba- tida, milliy ishlab chiqarishning izidan chiqishi, aholi keng tabaqa- larining qashshoqlashuvi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. 2015-yilda qat’iy pul-kredit siyosati yuritilganligi inflyatsiyani jilovlashda muhim ahamiyat kasb etdi. 2015-yil yakuni bo‘yicha iste’mol baholari indeksi asosida hisob- lanadigan inflyatsiya darajasi 2014-yilga nisbatan 0,5 foizga pasayib, 5,6 foizni tashkil etdi. Bunda iste’mol baholari indeksining o‘sishi asosan nomonetar omillar hisobiga yuz berdi. Jumladan, o‘tgan yilda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi 1,3 foiz- ga o‘sib, uning inflyatsiyaga ta’siri 0,6 foizni, nooziq-ovqat mahsu- lotlari narxi 8,8 foizga o‘sib, inflyatsiya darajasiga ta’siri 2,9 foizni tashkil etdi. Xizmatlar narxi esa 10,7 foizga o‘sib, iste’mol baholari indeksiga ta’siri 2,1 foizni tashkil qildi16.
Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o‘z navbatida import narxlaming barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining bar- cha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona al- mashuv kursini belgilash valyuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining 95 foizga yaqini AQSH dollarida amalga oshirilishini inobatga olib, so‘mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo‘ljal sifatida so'mning AQSH dollariga nis- batan almashuv kursidan foydalanildi. Shunga muvofiq, so‘mning AQSH dollaridan boshqa xorijiy valyu- talarga nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalaming tashqi valyu- ta bozorlaridagi AQSH dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so‘mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi ta'siri ostida shakllandi. Mazkur davrda so‘mning Buyuk Britaniya funt sterlingiga nis- batan almashuv kursi 11 foizga, Yevroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 15,8 foizga, Yaponiya ienasiga nisbatan 17 foizgava Janubiy Koreya voniga nisbatan 8,7 foizga pasaydi17. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlaming muvaffaqiyatli amal- ga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashu- viga, uning xarid qilish quwatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Pul-kredit sohasida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlariga muvofiq iqtisodiyotning oshib borayo’lgan pulga bo‘lgan tala- bini to‘liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan prognoz ko‘rsatkichidan oshirmaslik maqsadlariga qaratilgan chora-tadbir- lar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha hara- katlar strategiyasining ishlab chiqilishi natijasida undagi ko‘rsatilgan bir qator vazifalar ham mamlakatimizdagi milliy valyutani mustahkam- lash siyosatida o‘ziga xos samara beradi. Jumladan: ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foy- dalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shu- ningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmla- rini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklaming kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ulaming moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustah- kamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xu- susiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish.18 O‘z navbatida, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan pul bozoridagi operatsiyalari muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga qaratildi. Xulosalar Pulning iqtisodiyotda o‘z vazifalarini bajarish jarayonida to‘xtovsiz harakatda bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi pul muomalasi deyi- ladi. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomoni- dan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul birligi; naqd pul muomala- sida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshirila- di. Naqd pul muomalasiga bank biJetlari va metall tangalar (pul belgi- lari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkredi'ivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bulaming hammasi birgalikda pul agregati deb yuritiladi. Muomalani ta’minlash uchun zamr bo‘lgan pul miqdori muay- yan davr davomida so’lilishi va so’lib olinishi lozim bo‘lgan tovariar summasi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog‘oz pul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o‘sishida ifodalanadi. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra talab inflyatsiyasi va taldif inflyat- siyasi farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiq- cha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi. Taklif inflyatsi- yasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar- ning ko‘payishi hisobiga narxlaming oshishi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o‘sish sur’atiga ko‘ra inflyatsiyaning o‘rmalab bomvchi, jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayot- gan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi. Kredit bo‘sh turgan pul mablagTarini ssuda fondi shaklida to‘plash va ulami pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun nia’lum mud- datga, foiz toTovlari bilan qaytarisn shartida qarzga berish munosa- batlarini ifodalaydi. Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalaming amorti- zatsiya ajratmalari; mahsulot so’lishdan olingan pul tushumlari; kor- xonalaming ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi byud- jet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilot- laming joriy pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablagTaridan iborat. Banklar pul mablagTarini to‘plash, joylashtirish va ulaming ha- rakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o‘z ichiga olib, kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklaming tarmoq o’lgan shaxobchalarini oladi. Asosiy tayanch tushunchalar Download 102.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling