Mavzu: Tibbiy xizmat ko’rsatishni rivojlanishi va iqtisodiyoti Reja


Download 21.97 Kb.
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi21.97 Kb.
#1367342
  1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy soha 1


Mavzu: Tibbiy xizmat ko’rsatishni rivojlanishi va iqtisodiyoti
Reja:
1. Sog’liqni saqlash tizimini tashkil etishning asoslari
2. Sogʼliqni saqlash tizimining bozor munosabatlariga oʼtishdagi oʼziga xos xususiyatlari
3. Sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilish yoʼllari
1. Sog’liqni saqlash tizimini tashkil etishning asoslari
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 yanvardagi 18-sonli «Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni Saqlash tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida»gi qarorida sogʼliqni saqlashni boshqarish hamda takomillashtirishning yangi sxemasi tasdiqlangan. Vazirlik markaziy apparatida nazorat inspektsiyasi hamda uning joylardagi boʼlinmalari yaratildi. Nazorat inspektsiyasi zimmasiga bir qancha ishlar yuklatilgan.
Vazirlikning markaziy apparatida davolash-profilaktika muassasalari moddiy texnik taʼminlash boʼyicha bosh boshqarma tuzildi. Respublika Sogʼliqni saqlash Vazirligi hamda uning joylardagi boshqaruv organlari haqidagi nizom tasdiqlandi. Respublikada ilgarigidek onalar va bolalar salomatligini saqlash ustivor yoʼnalish boʼlib qolmoqda. Uning ahamiyati ayollar yili deb, 2000 yilni Sogʼlom Аvlod yili, 2001 yilni - Bola va ona yili deb eʼlon qilinishi munosabati bilan yanada ortdi.Sohani moliyalashtirishga yondoshish ham oʼzgartirilmoqda. Аyrim muassasalarni pulli tibbiy yordam koʼrsatish orqali oʼz-oʼzini mablagʼ bilan taʼminlashga oʼtkazish, shuningdek nodavlat sogʼliqni saqlash sektorini Respublika Prezidentining koʼzda tutilgan imtiyozlar asosida rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Tibbiy xizmat koʼrsatilayotgan aholi miqdoridan va shifoxonada davolangan bemorlar sonidan kelib chiqqan holda davolash-profilaktika muassasalarini moliyalashtirishning yangi mexanizmi amaliyotda tatbiq etilmoqda.
Byudjetdan mablagʼlarni jalb etgan holda mablagʼ bilan taʼminlanadigan davolash-profilaktika dori-darmonlarni harid qilish, sotish va ulardan belgilangan maqsadda foydalanish jarayoni ustidan nazoratni tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini va sifatini oshirish maqsadida fundamental va nazariy izlanishlarga ajratilgan mablagʼlarni konkurs asosida taqsimlash hamda ilmiy-tadqiqot institutlarini grant asosida moliyalashtirish amalda tatbiq etilmoqda.
Sogʼlom turmush tarzini shakllantirish hamda barkamol yosh avlodni tarbiyalash aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashning bosh mezoni boʼlib qoladi. Shuning uchun doimiy ravishda aholi oʼrtasida jismoniy tarbiya va sport, sogʼlom turmush tarzini targʼibot qilish, milliy va anʼanaviy sport turlarini, hamda xalq oʼyinlarini rivojlantirish kerak. Respublikadagi barcha sogʼliqni saqlash muassasalari va ilmiy hamda oʼquv yurtlari xodimlari sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturini va uni amalga oshirish toʼgʼrisidagi qarorlarini koʼtarinki ruh bilan qabul qildilar. Oldimizda turgan vazifalarni amalga oshirish uchun kadrlar salohiyatini toʼliq ishga solish, rezervlardan toʼlaqonli foydalanish kerak. Shuningdek qoʼyilgan vazifalarni hal qilish uchun barcha davolash va jamoat tashkilotlari, muassasalari, xoʼjalik hamda xalqimiz bu ishda faol qatnashishga erishmoq darkor. Respublikadagi makroiqtisodiy barqarorlikninng paydo boʼlayotganligi barqaror iqtisodiy oʼsish davlat dasturida qoʼyilgan barcha rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zamin yaratmoqda.
Respublikada sogʼliqni saqlash tizimini tashkil etishni isloh qilishda tibbiy xizmatlarning ijobiy va salbiy jihatlari quyidagilar:
- bozor sharoitida har qanday xizmat yoki tovar mazkur holatda tibbiy-pullik;
-koʼrsatilgan tibbiy xizmat uchun haq toʼlash bevosita yoki bilvosita mijozning - ushbu xizmatlar pirovard isteʼmolchining zimmasiga tushadi;
- mijoz oʼzi xizmatlardan foydalanishi xoxlovchi muassasa va mutaxassisning sifatini toʼliq darajada baxolash imkonini bermaydi.
Bundan tashqari tibbiy xizmatlar isteʼmolchisi Oʼzbekistonning zamonaviy sogʼliqni saqlash tizimida aniq bir shaxs (pirovard isteʼmolchi) emas, balki aniq extiyoj qondirilshidan manfaatdor boʼlgan bir qancha qatnashuvchilar orqali ifodalanganligi tibbiy xizmatlar bozorining oʼziga xos xususiyati hisoblanadi. Tibbiy xizmat qabul qilingan iqtisodiy maʼnoda tovar sifatida oʼz xususiyatlariga ega, eng avvalo, bu tovar sifatida oʼz xususiyatlariga ega, eng avvalo, bu xususiyatlarni sogʼliqni saqlash bozori xususiyatining oʼziga xos mazmunini beligilab beradi va bu sohani tashkil etishni isloh qilishda hisobga olishni taqozo etadi.
Bizning fikrimizcha sogʼliqni saqlash tizimini tashkil etishning loyihalari orasidan quyidagi uch asosiy yoʼnalishni:
- tarmoqni munitsipal boshqarish printsiplarini kuchaytirish;
-markazlashtirilgan davlat boshqarishning ustuvorligi va ushbu sohada mablagʼ bilan taʼminlash bozori mexanizmlarni etishni ajratish muhimdir;
-sogʼliqni saqlashni tashkil etish va mablagʼ bilan taʼminlashning xorijiy tajribasidan keng foydalanish;
-tibbiy sugʼurtani tashkil etishda boshqa mamlakatlarda jamlangan ulkan tajribadan voz kechmasligimiz kerak.
-sogʼliqni saqlashni tartibga solishning printsipal jihatdan yangi usullari va shakllariga aholining ijtimoiy muhofaza qilinmagan qatlamlari uchun tibbiy yordamning soʼzsiz koʼrsatilishi va tekinligi, sogʼlomlashtirish, kasallikning tizimliligi axamiyati saqlanib qoladi va hatto kuchayadi.

Download 21.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling