Mavzu: Tibbiy xizmat ko’rsatishni rivojlanishi va iqtisodiyoti Reja


Sogʼliqni saqlash tizimining bozor munosabatlariga oʼtishdagi oʼziga xos xususiyatlari


Download 21.97 Kb.
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi21.97 Kb.
#1367342
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy soha 1

2. Sogʼliqni saqlash tizimining bozor munosabatlariga oʼtishdagi oʼziga xos xususiyatlari
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrining dastlabki bosqichlarida sogʼliqni saqlash tizimida resurslarning yetishmasligi, raqobatning oʼta pastligi, byurokratik toʼsiqlarning va boshqa omillarning mavjudligi, bozor munosabatlarining rivojlanishini sekinlashtiradi. Uning ijtimoiy vazifalarning bajarishi eʼtiborga olinsa, ishlab chiqarish sohasidagi bozor munosabatlari tajribasini, yutuqlarini toʼgʼridan-toʼgʼri mazkur tarmoqqa koʼchirib boʼlmaydi. Buni tibbiy xizmatlarning sifatini isteʼmolchilar (bemorlar) tomonidan nazorat qilish qiyinligi bilan tushuntirish mumkin. Sogʼliqni saqlash tizimining bozor munosabatlariga oʼtishi munosabati bilan unda ishlab chivarishning boshqa tarmoqlari singari mulkchilikning turli
koʼrinishlari shakllantirilmoqda. Bu esa tarmoqning turli tashkiliy-huquqiy tarkiblar faoliyatini tartiblashda davlatning rolini yanada oshiradi.
Bozor munosabatlariga oʼtish davrida tibbiy muassasalar mulkchilikning shaklidan, tashkiliy, huquqiy maqomidan qatʼiy nazar, aholiga malakali tibbiy xizmat koʼrsatishni kafolatlashi zarur. Sogʼliqni saqlash tizimi inson faoliyatining turi sifatida xodimlarning bandiligi va resurslarni ishlatish koʼlami boʼyicha (moddiy, moliyaviy, kadrlar) xalq xoʼjaligining yirik tarmogʼiga aylandi. Sogʼliqni saqlash tizimi funktsional va texnologik aloqalari xalq xoʼjaligining boshqa tarmoqlari bilan doimo kengayib bormoqda.
Funktsional aloqalar tarmoqning asosiy maqsadiga erishish–odamlarning sogʼligʼini saqlash va mustahkamlash, texnologik aloqalar esa turli resurslardan oqilona foydalanish zaruriyati bilan aniqlanadi. Xalq xoʼjaligining hamma tarmoqlari kabi sogʼliqni saqlash tizimi turli resurslarni, tibbiy xizmatning yangi turlarini yuzaga kelturuvchi ilgʼor texnologik yutuqlarni birlashtiradi, natijada tarmoqlararo aloqalar kengayadi. Sogʼliqni saqlash tizimi hakida gapirganimizda, faqat xizmatlar haqida emas, balki sogʼliqni ishlab chiqarish omili haqida taʼkidlash asosiy maqsadi boʼlmogʼi lozim. Sogʼliqni saqlash tizimining kompensator vazifasi odatda, iqtisodiy nazariyada va amaliytda birozgina aks etadi. Lekin uning umumiy kasallanishga, oʼlimning kamayishiga, odamlarning mehnatga qobiliyatlik davrini uzaytirishga taʼsirini aniqlash oʼta mushkul.
Sogʼliqni saqlash tizimi ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy qismi boʼlib, u inson hayotining turmush darajasi va farovonligi bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etar ekan, shu bilan birgalikda jamiyatning mehnat salohiyatini shakllantirishi bilan ijtimoiy kafolatlarni amalga oshirib boradi. Sogʼliqni saqlash tizimining rivojlanishi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy boshqaruv taʼsirida yuz beradi, ularning orasida ijtimoiy boshqaruv ustivor hisoblanadi. Chunki, jamiyatning oʼsishi insonga, uning ehtiyojga, farovonligiga oxir-oqibatda – sogʼliqni saqlash imkoniyatlarini roʼyobga chiqarishga qaratilgan. Shuning uchun sogʼliqni saqlash tizimining iqtichodiy-ijtimoiy vazifalari fuqarolarning sogʼligʼini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan muhim dasturlarni amalga oshirib, mufassal oʼrganilishi juda ham muhimdir. Ilgari tibbiyotning insonparvarlik jihati haqida koʼp gapirilar ediyu, ammo uning moliyaviy jihati eʼtibodan chetdan qolar edi. Natijada, ajratilgan mablagʼning baʼzi sohalarda samarasiz sarfdanishi, tizimning moddiy-texnik bazasini nochor ahvolga tushib qolishiga, tibbiy xodimlarning faqat kasb mahoratini emas, balki ularning maʼsuliyatini ham kamaytirishga olib keldi. Lekin sogʼliqni saqlash sohasida chegaralanmagan monetarizm ijtimoiy muvozanatni izdan chiqarish omili boʼlishi mumkin. Shuning uchun islohotlar kontseptsiyasi chegaralangan byudjet xarajatlarini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga oʼynaltirish asosida olib borishni taqozo etadi.
Fuqarolar sogʼligʼini saqlash va mustahkamlashga sarflanadigan xarajatlarning oʼsishi, qator iqtisodiy muammolarni hal etilishini taqozo etadi: jamiyatda sogʼliqni saqlash xizmati narxini belgilash, milliy boylikning muhim qismini tashkil etuvchi va iqtisodiy oʼsishning omili sifatida sogʼliq salohiyatini baholash, hamda sogʼliqni saqlash tizimining resurslar salohiyatini aniqlash va uni shakllantirish yoʼllarini qidirish shular jumlasidga kiradi.
Bozor munosabatlariga oʼtish sogʼliqni saqlash tizimi obʼektlari samaradorligining barcha usullarini ishlab chiqish, tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy dastaklariga asoslanga, fuqarolarning sogʼliqni saqlash sohasida iqtisodiy munosabatlarning moslanuvchan mexanizmini yaratish talab qilinadi. Unda tizimni rivojlantirish iqtisodiy jihatlari tibbiy-biologik va ijtimoiy muammolar bilan bogʼlanishi lozim.
Sogʼliqni saqlash tizimida bozor munosabatlarining qaror topishi eng avvalo tibbiy xizmatlarga erkin narx belgilash uslubiyoti, tartibotini va tartibga solishni birinchi oʼringa qoʼyadi. Qachonki tibbiy xizmat bozori toʼyingan xususiyatga ega boʼlsa, shundagina erkin narx belgilash imkoni mavjud boʼladi. Xizmatlarga belgilangan narxlar naqadar adolatli ekanligi bevosita tibbiy xizmatlar bozori, undagi raqobat va isteʼmolchining oʼzi nazorat qiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, tibbiy xodimlarning xizmatiga isteʼmolchilar tomonidan pul toʼlangan taqdirdagina taklif muvozanati asosida xizmatlar baholanadi, bu esa bozor munosabatlari sharoitida xizmatlarning baholanish qonuniyati yuzaga keladi. Sogʼliqni saqlash tizimining samaradorligini talab qilinadigan darajaga yetkazish faqat sarflanayotgan mablagʼlarni qaytarib olish emas balki anchagina foyda hisobidan koʼrish mumkin. Tibbiyot butun dunyoda moliyaga muhtoj birdan bir soha hisoblanadi. Davlat xalqning barcha talabiga javob beradigan sogʼliqni saqlash tizimini mablagʼ bilan moliyalashtirishga qodir emas, shuning uchun moliyalashtirishning boshqa manbai boʼlib, korxonalar, tashkilotlar, sugʼurta kompaniyalari, fuqarolarning shaxsiy mablagʼlari boʼlishi mumkin.
Bozor munosabatlariga oʼtish tibbiy-profilaktik, reabilitatsiya va sogʼlomlashtirish xizmatlarini birma-bir tahlil etishni talab etadi. Mulkchilikning turli-tuman turlari asosida bir-biri bilan raqobat qiluvchi turli sohalar yuzaga kelishi tizimning ishlariga ijobiy taʼsir koʼrsatadi va kadrlarning kasb mahoratini va ularni daromadlarini koʼpaytiradi va insonlarning kasbiga nisbatan maʼsuliyatini oshirishga sababchi boʼladi.
Sogʼliqni saqlash tizimida bozor munosabatlarining rivojlanishi tibbiy muassasalar tarmogʼida iqtisodiy shaklning oʼzgarishi uni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishda koʼrinadi. Davlat muassasalari bilan bir qatorda, turli mulkchilikka asoslangan tibbiy aktsionerlik sohalari, notijorat yoki xususiy tibbiy muassasalarni shakallanishi taqozo etiladi. Mazkur soha muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun esa, mulkchilikni turli shakllariga asoslangan bir-biri bilan raqobat qiladigan tibbiy muassasalarning vujudga kelishi, tibbiy xizmat bozorini shakllantirish va rivojlantirgan holda xorij investitsiyalari asosida qoʼshma tibbiy muassasalarni tashkil etishni ragʼbatlantirish taqozo etiladi.



Download 21.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling