Iqtisodiyot eks-123 guruh talabasi Matyakubova Shalolaning Iqtisodiyotga kirish fanidan Bozor iqtisodiyotiga o’tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarina taqazo qiladi?
Download 25.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqЭссе Иктисодиётга кириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism.
Iqtisodiyot EKS-123 guruh talabasi Matyakubova Shalolaning Iqtisodiyotga kirish fanidan Bozor iqtisodiyotiga o’tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarina taqazo qiladi? mavzusida yozgan ESSESI BOZOR IQTISODIYOTIGA O'TISH NIMA UCHUN MULKCHILIKNING TURLI SHAKLLARINI TAQOZO QILADI? Kirish. Bozor iqtisodiyotiga o’tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini taqazo qilishi haqida men shuni aytmoqchiman. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko'pchilik mamlakatlari uchun xos va u turli mamlakatlarda turli darajada, o'ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyoti mexanizmi asrlar davomida shakllanib, hozirgi davrda o’zining eng oqil tizimligini namoyon etib, ko'pgina mamlakatlarda asosiy iqtisodiy tizimga aylangan. Bozor iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlagan bo’lardimki, asrlar davomida ko’plab o’garishlarga qaramay, bu tizimning asosiy qoidalari saqlanib qoldi. Shu qoidalar uning turli xil mulkchilik shakllariga asoslangan bo’lishligi bilan demoktarik tizimga aylantirdi. Demak mulkchilikning turli xil shakllari bozor iqtisodiyotining rivojlanishi yoki amal qilishida qanday ahamiyatga egaligini ko’rib chiqamiz. Asosiy qism. Mening fikrimcha, xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro'y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi, mavjud bo'lishining asosiy sharti hisoblanadi. Chunki, xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo'jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, bu esa tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishini, o'z-o'zidan pul muomalasini, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorga oid xususiyatini ko'zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo'lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo'nalishlarini ko'rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Bozor iqtisodiyoti tizimi turli davrlarda, turli xil bosqichlarni bosib o’tib, o’zining turli xil mulkchilik shakllariga asoslangan strukturasini shakllantirgan. Bozor iqtisodiyoti endigina shakllana boshlaganda, bozor munosabatlari, tasodifiy yuz berib, bir tovarni ikkinchi tovarga ayirboshlash orqali yuz bergan. Lekin o’sha davrdayoq bozor katta rol o’ynay boshlagan. Shakllanib borayotgan bozor munosabatlari sababli jamiyat a’zolarining tabaqalanishi, u yoki bu tovarni ishlab chiqarishini rivojlantirish kuzatila boshlangan. Bozor iqtisodiyodi o’zining rivojlanish davrining keying bosqichlarida bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan ular o’rtasida erkin raqobat kurashishakllana boshlangan. Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin bo’lgan. Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajadagi imkoniyati mavjudligi: kapitalning to’sqinliklarsiz ko’chib yurishiga zamin yarata boshlagan. Bundan tashqari dastlabki davrga qaraganda bozordagi o’zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati paydo bo’ldi. Rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti bu davri, dastlabki davrdan ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori, sifati jihatidan talabga mos kelishi yoki kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar belgilangan narx bilan qoplanib, foyda ko’riladimi yoki yo’qmi bozorda aniqlanishi bilan farqlangan. Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar xaridor talabiga moslashish yo’llarini qidirganlar. Ammo rivojlanish davrida bozor munosabatlari faqatgina ijobiy tomonlama rivojlanibgina qolmasdan ba’zibir kamchilik va salbiy oqibatlarga ham uchragan. Shunday rivojlanish bosqichlaridan birida bozor iqtisodiyoti, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar markaziy rejalashtiriladigan tizimli bozor iqtisodiyotiga aylangan. U o’zining quyidagi jihatlari bilan ajralib turgan: 1.Turli mulk shakllariga asoslangan bozor sub’ektlarining yo’qligi. 2.Resurslarni taqsimlash haddan tashqari markazlashtirilib, tijorat faoliyatida mustaqillikning yo’qligi. 3.Ishlab chiqarishda monopoliyalarning hukmronligi. 4.Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari kuchayib borishi. 5.Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi. 6.Tovar-pul munosabatlarining deformatsiyalashuvi, nobozor munosabatlarning ustunligi. 7.Samarali xo’jalik faoliyati yuritishga intilishning yo’qligi, barcha sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining deformatsiyalashuvi va boshqalar bilan xarakterlangan. Natijada tovar taqchilligi kuchayagan, iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklangan. Bozor iqtisodiyotidagi bunday o’zgarishini tugatish orqaligina, bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratish lozim bo’lganligi sababli, kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyotdan so’ng tsivilizatsiyalashgan, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga erishdi. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mehnat va tashabbuskorlikni cheklashga olib kelmasligi kerak. Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari bor: 1.Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi. 2.Ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Marketing muhim rol o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi. 3.Xalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi. 4.Iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy aloqalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi. 5. Davlat iqtisodiy hayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda qatnashishi tufayli chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa ham undan tezda chiqib ketish chora-tadbirlari belgilanadi. 6.Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi, shuning uchun tadbirkorlar faqat boy bo’lish uchun emas, balki obro’-e’tibor qozonish, hurmatga sazovor bo’lish uchun ham harakat qiladilar. 7.Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambag’allarga yordam berish, ommaviy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. 8.Odamlarning iqtisodiy tabaqalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga to’q o’rta hol aholi asosiy qatlamni tashkil qiladi. Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi. Download 25.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling