Xulosa.
Demak, yuqoridagi fiklarimni ummumlashtirgan holda bozor iqtisodiyotiga qisqacha ta’rif bersam, uni quyidagicha ifodalash mumkin: Bozor iqtisodiyoti- tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga undovchi demokratik iqtisodiyotdir.
Men shunday xulosaga keldimki bugungi kunda ko’plab davlatlar tajribasida o’zini oqlab kelayotgan, bozor iqtisodiyoti turli xil mulkchilik shakllarini taqozo qilishining sabablari:
Birinchidan bozorda sog’lom raqobat bo’lishi;
Ikkinchidan monopoliyaga yo’l qo’ymaslik;
Uchinchidan rivojlanish davrlaridagi kabi jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish kelib chiqmasligi;
To’rtinchidan tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish
va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |