I umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Download 24 Kb.
bet1/11
Sana30.04.2023
Hajmi24 Kb.
#1414237
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA, TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA VA OMMAVIY QIRG‘IN QUROLINI TARQATISHNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
11-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
Ushbu Qonunning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, yuridik shaxslarga, ularning filiallari hamda vakolatxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling