Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida


Download 49.25 Kb.
bet1/9
Sana02.01.2023
Hajmi49.25 Kb.
#1075560
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bank huquqi


20- variant
1. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, uning maqsadi va ahamiyati. 2. Bank huquqi fanining mazmuni va mohiyati. 3. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish. Xalqaro talablar va maxalliy amaliyot
Javoblar:
1. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini yoxud pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir.
Terrorizmni moliyalashtirish terrorchilik faoliyatini pul mablag‘lari, moddiy-texnika vositalari va boshqa vositalar bilan ta’minlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir.
II. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShIShNI TAShKIL ETISh
4-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
majburiy nazorat;
ichki nazorat;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash.
5-modda. Majburiy nazorat
Majburiy nazorat ushbu Qonunga muvofiq taqdim etiladigan axborot (hujjatlar) asosida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.
6-modda. Ichki nazorat
Ichki nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning qonun hujjatlariga muvofiq majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir.
Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning maxfiyligini ta’minlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir malaka talablari, shuningdek pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi.
Ichki nazorat qoidalari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda belgilanadi.
7-modda. Identifikatsiyalash
Identifikatsiyalash pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan majburiy nazoratni amalga oshirish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular taqdim etgan hujjatlar asosida aniqlashdir.
Identifikatsiyalash quyidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi:
jismoniy shaxsga nisbatan — familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy va vaqtinchalik yashash joyi, pasportining (tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining) seriyasi va tartib raqami;
yuridik shaxsga nisbatan — firma nomi, joylashgan eri (pochta manzili), shuningdek pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyada uning nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyalashga oid ma’lumotlar.
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organi
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar o‘tkazilishi ustidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi:
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlarning ishini muvofiqlashtiradi;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha ushbu Qonunga muvofiq ravishda olinadigan axborotlar tahlil qilinishini amalga oshiradi;
majburiy nazoratni amalga oshiradi;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
yetarlicha asoslar bo‘lgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar haqidagi materiallarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tegishli organlarga yuboradi hamda shu bilan bir vaqtda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga ushbu Qonunning 13 va 14-moddalarida ko‘rsatilgan operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yo‘llaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10-modda. Maxsus vakolatli davlat organi qarorlarining majburiyligi
Maxsus vakolatli davlat organining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Download 49.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling