Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida


Download 49.25 Kb.
bet4/9
Sana02.01.2023
Hajmi49.25 Kb.
#1075560
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bank huquqi

V. YAKUNLOVChI QOIDALAR
22-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
23-modda. Nizolarni hal qilish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
24-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
2. Bank xuquqi deganda bir necha xuquq tarmoqlarining tutash chegaralarida yuzaga keladigan, moliya-kredit, pul muomalasi, xisob-kitob amaliyoti va bank hamda kredit muassasalari faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa iqtisodiy ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tartibga soluvchi xuquq normalari tizimi tushuniladi. Har qanday davlat va jamiyatning iqtisodiy, xo‘jalik tizimida bank muassasalari, xamda ular tomonidan amalga oshiriladigan bank faoliyati muhim o‘rin tutadi, zeroki jamiyatdagi pul massasi oqimlarining samarali va maqsadli aylanishi, o‘zaro xisob-kitoblarning bir maromda amalga oshirilishi, bo‘sh moliyaviy mablag‘larni ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi, xullas moliyaviy barqarorlikni ta’minlanishi ularsiz mumkin emas. SHu sababli xar bir davlat eng avvalo mukammal va samarali ishlovchi bank-moliya tizimlari barpo etilishidan juda manfaatdordir. Tarixiy burilishlar, jamiyat hayotida chuqur o‘zgarishlar bo‘layotgan davrlarda ayniqsa aniq va samarali ishlaydigan bank-moliya tizimlarining mavjud bo‘lishi ijtimoiy-iqtisodiy falokatlarga yo‘l qo‘ymaslikning muhim shartlaridan bo‘lib sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ma’muriy buyruqbozlik va davlat yakka xokimligi tuzumidan erkin bozor munosabatlariga o‘tish davri ham ana shunday tarixiy burilish davrlaridan sanaladi. Bank-moliya muassasalarining o‘tish davridagi ahamiyatini chuqur tushunilgani holda bank-moliya va kredit sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri – erkin bozor tamoyillari va talablariga to‘la mos keluvchi tijorat bank muassasalari tizimi barpo etilishini ta’minlashdan iborat. Bugungi kunda ana shu maqsadga erishish soxasida muayyan yutuqlarga erishilganligi qayd etib o‘tilishi lozim. Jumladan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank va 29 ta tijorat banklari (5 ta davlat banki, 13 ta aksiyadorlik, 6 ta xususiy banklar, 5 ta chet el kapitali ishtirokidagi banklar) faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sanaluvchi bank tizimi faoliyatining samarali natijalari ko‘p jihatdan uning qonunchilik asoslarining mukammalligiga va rivojlanish vazifalariga qay darajada mos kelishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bank soxasidagi xuquqiy islohotlar bank isloxotlarining asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi. Mamlakatimizda bank faoliyatini xuquqiy jihatdan ta’minlashda va bankka oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga solinishida O‘zbekiston milliy xuquq tizimining tarmoqlaridan biri bo‘lgan bank xuquqi muhim o‘rin tutadi. Bank xuquqining xuquq soxasi, qonunchilik tarmog‘i sifatidagi tushunchasi va uning predmetiga yuridik adabiyotlarda turlicha yondoshuvlar, xar hil ta’riflar mavjudligini kuzatish mumkin. Uning tushunchasi va predmeti doirasini to‘g‘ri aniqlash muhim nazariy xamda amaliy ahamiyatiga egadir. CHunki faqat shu yo‘l bilangina uning boshqa xuquq soxalaridan tub farqlarini aniqlash, o‘ziga xos vazifalari xamda muammolarini belgilash mumkin bo‘ladi. Bank xuquqi tarmog‘i predmetini aniqlash chog‘ida bu soxada tadqiqotlar olib boruvchi olimlar ikki xil yondoshuvni namoyish etadilar. Ulardan bir guruxi bank xuquqi sobiq ittifoq davlati davrida ommaviy xuquq soxalaridan bo‘lgan davlat xuquqi, ma’muriy xuquq, moliya xuquqi tarkibiy qismlaridan iborat ekanligini e’tiborga olib yondoshsalar, ikkinchisi, bank faoliyati erkin va mustaqil bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bank xizmati ko‘rsatishga, bunda asosan shartnomaviylik tamoillariga amal qilishlik, ya’ni xususiy xuquqiy asoslar etakchi o‘rin tutishiga ko‘proq e’tibor beradilar. Biroq, bizning nazarimizda bank xuquqiga ta’rif berish va uning predmeti doirasini aniqlashda faqat bir tomonlama xamda yuzaki yondoshuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. CHunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek xar qanday huquq soxasini, jumladan, bank huquqi tarmog‘ining predmeti doirasini to‘g‘ri va aniq belgilanishi, shu soxadagi xuquqiy munosabatlar barqarorligini, samarali tartibga solinishini ta’minlashning, xuquqiy munosabat ishtirokchilari xuquqlari va manfaatlarini tezkor ximoya etilishini ta’minlash yo‘li bilan qonuniylik, hamda ijtimoiy adolat qaror topdirilishining asosiy omillaridan bo‘lib sanaladi. Bank xuquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasini aniqlash chog‘ida bank faoliyati bir tomondan, Markaziy bank orqali tijorat banklarini boshqarish xamda nazorat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan davlatning ommaviy xuquqiy faoliyati ekanligi, ikkinchi tomondan, Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi ma’muriy, boshqaruv munosabatlaridan iborat ekanligi, uchinchidan esa, bank faoliyatining bosh maqsadi – tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy xuquqiy qoidalar va prinsiplar asosida ko‘rsatiladigan erkin bank xizmatidan iboratligi nazarda tutilmog‘i lozim. Bank xuquqi soxasi bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ob’ekti bo‘lib, o‘ziga xos ijtimoiy aloqalar, predmeti jismoniy va yuridik shaxslarga, o‘zga ishtirokchilarga bank xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq faoliyat sanaladi. SHuningdek, bugungi kunda bankdan tashqari turli kredit muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ham bank xuquqi soxasi predmeti jumlasiga kiritilmoqda. Banklarning moliyaviy va iqtisodiy munosabatlardagi asosiy funksiyalari ushbu xuquq soxasi predmeti doirasini yanada aniqroq tasavvur qilishga imkon beradi. Bank huquqi vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini jalb etish va qaytarilishi sharti bilan, xaq evaziga, muddatli va maqsadli foydalanish sharti bilan ularni joylashtirish (kredit sifatida berish, investitsiya qilish va xokazo)ning huquiy asoslarini shakllantirish; - xisob-kitoblarni amalga oshirish, O‘zbekistonda to‘lov tizimlarini shakllantirishning huquqiy asoslari; - pul va qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan shug‘ullanish; - qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etish; - tegishli asoslarda valyutaga oid munosabatlarni amalga oshirish; - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bozor talablariga asoslangan xolda boshqa turli xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslarini shakllantirish va boshqalar kiradi.YUqoridagilarni barchasi bank xuquqi soxasi predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosabatlar tabiati va mazmunini anglab etishga yordam beradi. Bank xuquqi predmetini aniqlash chog‘ida uning o‘zida bir necha xuquq soxalariga xos bo‘lgan xususiyatlarni jamlaganligi e’tiborga olinmog‘i kerak. Bank xuquqi tijorat banklari bilan ularning mijozlari bo‘lgan yuridik xamda jismoniy shaxslar o‘rtasida fuqarolik qonunchiligi tamoyillariga ko‘ra (ixtiyoriylik, tenglik, foyda olishga intilish) va odatda fuqarolik xuquqiy shartnomalar asosida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi. Ayni paytda bank va uning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar moliya xuquqi, ma’muriy xuquqqa va boshqa xuquq sohalariga xos bo‘lgan elementlari ham tez-tez uchraydi. Masalan, xisobotlar taqdim etish tartibini buzgan mijozlarga nisbatan jarimalar qo‘llanilishi va boshqalar.

Download 49.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling